15
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmog‘ini
tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib
berish, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Ular xalq xo‘jaligining
barcha bo‘g‘inlarida xizmat ko‘rsatadi. Yoqilg‘i sanoatining yirik korxonalari
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.
Neft sanoati yoqilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi va
neftni qayta ishlash korxonalaridan tashkil topadi. Hozirgi davrda sanoatning bu
tarmog‘i mamlakat real sektor tarmoqlariva aholining neftga bo‘lgan talabini to‘la
qondirish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. SHu sababdan ham bu tarmoqning ahamiyati
beqiyos.
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg‘ona,
Buxoro neftni qayta
ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg‘ona zavodi surkov moylar va yonilg‘i ishlab
chiqarishga ihtisoslashgan, ishlab chiqarish bo‘yicha 50 ga yaqin texnologik qurilmaga
ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg‘i yo‘nalishida, Ko‘kdumaloq neft-gaz koni
ochilgandan keyin 1993 yildan Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Bu-
xoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi
boshlandi. Uning yiliga 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega
bo‘lgan 1-navbati 1997 yil avgustda ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida
yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga qo‘shilmalar,
engil mashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq
moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan va b.), mazut
kabi 50 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Yangi mahsulot turlari
ishlab chiqarish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda.
Yoqilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri gaz sanoati hisoblanadi. Gaz
yoqilg‘ining juda arzon turi, iqtisodiyotning barcha sohalarida keng foydalanish
mumkinligi hamda ekologik jihatdan ustunligi tufayli unga bo‘lgan talab kundan-
kunga o‘sib bormoqda. Agar 1940 yilda respublikada atigi 0,7 mln. m
3
tabiiy gaz qazib
olingan bo‘lsa, hozirgi paytda u 68 mlrd. m
3
ni tashkil etadi. Gazning respublikada
qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 90,1 foizga teng.
Respublika neft va gaz sanoatini rivojlantirishning uzoq, davrga mo‘ljalangan
konseptsiyasi ishlab chiqilgan va u izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Yoqilg‘i sanoatining yana bir muhim tarmog‘i bu ko‘mir sanoatidir. O‘zbekiston
Respublikasi qidirib topilgan 2 milliard tonna ko‘mir zahiralariga ega. Ko‘mir qazib
olish va yetkazib berish ishlari bilan «Ko‘mir» aktsiyadorlik birlashmasi shug‘ullanadi.
Angren konida qo‘ng‘ir ko‘mir, SHarg‘un va Boysun konlarida toshko‘mir qazib
olinadi. Ko‘mir konlari korxonalar tomonidan turli usullarda o‘zlashtirilayotir: ochiq
usulda, er osti va er ostini gazlashtirish usuli bilan (Nou-Xau). Ko‘mir energetika
maqsadlarida va maishiy yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Ko‘mirni qayta ishlashdan
chiqqan chiqindi organik va mineral o‘g‘itlarga aylantiriladi.
Konlardan chiqqan ko‘mirlar sifatli yonilg‘i, qimmatbaho hamda kamyob
materiallarning turli xillarini olish uchun xom ashyodir.
U masalan, koks briketa,
motor yonilg‘isi, kalsiy karbidi, sorbent qora va rangli metallurgiyada uglerodli
qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi.
Ko‘mir qazib olish jarayonida kaolin, ohak, kvars qumlari, ko‘mir kukuni,
kamyob er elementi (germaniy), shag‘al va boshqa foydali qazilmalar olinadi.
16
Yaxshi
xom ashyo, ko‘pdan sinalgan ekin maydonlarning bisyorligi, suv hamda
elektr va issiqlik energiyasi, temir yo‘llarning mavjudligi, stantsiyalarning yaqinligi va
xalqaro aeroportlar borligi ishlab chiqarish sanoat kompleksini bunyod etishda qo‘l
keladi. SHuningdek, qazib olingan va boyitilgan kaolin, chinni fayans va sopol
buyumlar, o‘tga chidamli va qurilish g‘ishtlari, tom yopqichlar, drenaj va kanalizatsiya
quvurlari, xo‘jalik
va manzarali chinni buyumlar, shisha va shisha idishlar, elektr
izolyatorlari ham bu ishda yordam beradi. Bundan tashqari, kaolin qog‘ozsozlik,
rezina-texnika, plastmassa sanoatida, shuningdek, kosmetika
va boshqa maqsadlarda
ishlatish uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston hududining geologik xususiyatlari qo‘shimcha foydali qazilmalarni
o‘zlashtirish va ularni qayta ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa,
yonuvchi slanets, ohak, bezakli tosh konlarini o‘zlashtirish ko‘pchilikni qiziqtiradi.
Keramzit, absorbent, o‘g‘it va g‘isht ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli loylar
tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: