SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF - sof foyda;
DS - daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga
bog‘liq bo‘ladi. Ichki omillar, bu - korxonada zamonaviy texnika va
texnologiyalarni
joriy qilish, xo‘jalik yuritish darajasi, rahbariyat va
menedjmentning mashuliyati, mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi
omillar qatoriga esa, bozor konhyunkturasi, istehmol qilinuvchi modiy-texnik
resurslarning bahosi, amortizatsiya normasi, soliq tizimi kabilar kiradi.
Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lsada,
uning
samaradorligini to‘la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini
aniqlash uchun natijalarni (foydani) harajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun
sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitlarida rentabellikning ahamiyati
va o‘rni o‘sib bormoqda. U korxona faoliyati va ka’ital qo‘yilmalar iqtisodiy
samaradorligining asosiy mezoni, korxona va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarni
baholashning sintetik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi sharoitlarda korxonalarning faoliyatlarida
yuqori moliyaviy
natijalarga erishishga intilishi sezilarli darajada ortib bormoqda.
Har qanday xo‘jalik mexanizmi uchun asos bo‘lib korxona faoliyatini
rejalashtirish va unga obhektiv baho berish, tahlim olish, mehnatga haq to‘lash va
iqtisodiy rag‘batlantirish fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining
turli bosqichlarida harajat va natijalarni solishtirish ko‘rsatkichlari xizmat qiladi.
Rentabellik va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlariga ta’sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish
zahiralarini izlab to‘ish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish
mexanizmini yaratish mumkin.
Rentabellik va foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko‘ra
tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo‘lishi mumkin.
Ichki
omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan hamda korxona faoliyatining turli
yo‘nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo‘ladi. Tashqi omillarga korxona
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning
o‘sish surhatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Tahlil
jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko‘rsatkichlarini tashqi
ta’sirlardan “tozalash” imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini obhektiv
baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida
ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o‘z
harajatlarini
qo‘lashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini
ko‘rsatadi.
Bu
ko‘rsatkichlar
moliyaviy
hisobotning
ichki
va
tashqi
foydalanuvchilarda
qiziqish
uyg‘otib,
korxona resurslaridan
foydalanish
samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi.
Xususiy yoki qarzga olinuvchi ka’italning rentabelligi korxonaga mablag‘lar
kiritishning
rentabelligini
tavsiflovchi
asosiy
ko‘rsatkichlardir.
Bu
ko‘rsatkichlarning iqtisodiy turlanishi (inter’retatsiyasi) yaqqol ko‘zga tashlanadi:
sarflangan har bir so‘m qarzga olingan (xususiy) ka’italga necha so‘m foyda to‘g‘ri
keladi (hisob-kitoblarda korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish
mumkin).
Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko‘ra tahlil qilishda asosli
xulosalarga kelish uchun zarur bo‘ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.
Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jihati bilan bog‘liq. Masalan,
mahsulotni sotish rentabelligi koeffitsienti hisobot davridagi faoliyat natijalari
orqali aniqlanadi; uzoq muddatli investitsiyalarning
yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan va rejalashtirilayotgan samarasi inkor qilinmaydi. Agar korxona katta
miqdordagi investitsiyalar talab qiluvchi yangi texnologiyalar va yangi mahsulot
turlarini ishlab chiqarishga o‘tadigan bo‘lsa, u holda rentabellik ko‘rsatkichlari
vaqtinchalik ‘asayishi mumkin.
Ikkinchi xususiyat tavakkalchilik muammosi bilan bog‘liq bo‘lib,
tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan loyihalar ba’zida katta foyda keltirishi ham
mumkin.
Uchinchi xususiyat baholash muammosi bilan bog‘liq. Masalan, xususiy
ka’italning rentabellik ko‘rsatkichi surhati va maxraji turli xil harid qobiliyatiga
ega bo‘lgan ‘ul birligida keltiriladi. Ko‘rsatkichning surhati, yahni foyda
o‘zgaruvchan (dinamik) bo‘lib, faoliyat natijalarini hamda tovar va xizmatlarning
asosan o‘tgan yilda yuzaga kelgan bahosini aks ettiradi. Ko‘rsatkichning maxraji,
yahni xususiy ka’ital bir qator yillar davomida shakllanadi. U joriy bahodan ancha
farq qilishi mumkin bo‘lgan, hisobga olish bahosida aks ettiriladi. Demak, xususiy
ka’ital rentabellik koeffitsientining katta bo‘lishi, doim ham korxonaga
kiritilayotgan ka’ital
qaytimiga mos kelavermaydi; moliyaviy qarorlarni qabul
qilishda bu ko‘rsatkichni e’tiborga olishdan tashqari, korxonaning bozordagi
bahosini (bozor ka’italizatsiyasi) ham inobatga olish zarur.
Korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy
ko‘rsatkichlari quyidagicha:
1. Aktivlar rentabelligi. (
Ra
):
u yerda: SF – sof foyda;
JAyk – korxona jami aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati.
Korxonaning
jami
aktivlari
rentabeligi
korxona
aktivlariga
qo‘yilgan
mablag‘larning bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sof foyda, aktivlardan qanchalik
darajada foydalanilganligini ifoda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: