11-mavzu. Avtomobil dvigatelining sovitish va moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Reja:
1. Sovutish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning
alomatlari va kelib chiqish
sabablari.
2. Sovutish tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
3. Moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish
sabablari.
4. Moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
sovutish tizimi,
sovutish suyuqligi, nosozlik, buzilish, termostat, radiator, su
ko’ylaklari,
ventilyator , parrak, qovurg’alar, qopqoq, moy, reduktsion klapan, filtr, kanallar, TXK,
ta’mirlash, diagnostikalash.
Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo’ladi:
-dvigatel uzoq muddatda, zo’riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar ta’minot va o’t
oldirish jihozlari
noto’g’r sozlangan bo’lsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi.
-termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bo’lsa (dvigatel yurgizilgandan keyin)
asta-sekin qiziydi, bordi-yu klapan kech ochilsa, dvigatelь tezroq qizib ketadi.
Sovitish tizimining nosozliklari
:
zichlikning buzilishi, ya’ni suv nasosi salьnigidan, patrubka va
boshqa joylaridan suyuqlikning
sizib oqishi, tasma tarangligining bo’shashib qolishi, uning uzilishi,
termostat qopqog’ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos
parragining sinishi, radiator
qopqog’ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho’kindi (quyqa)si hosil bo’lishi
hisoblanadi. Dvigatel sovitish tizimini diagnostikalashda tizimni qizish holati va zichligini, tasmaning
tarang tortilishi va termostatning ishlashi tekshiriladi. Dvigatel me’yorida
ishlaganda sovitish tizimi
suyuqligining harorati 80-95
0
S chegarasida bo’lishi kerak, radiatorning yuqori va pastki qismidagi
suyuqlik haroratining farqi 8-12
0
S oralig’ida bo’ladi. Sovitish tizimi suyuqligining sizib oqishini suv
nasosining va boshqa birikish joylarining ostki qismlaridagi suyuqlik izlaridan payqash mumkin. Buni
nazorat qilish dvigatelning sovuq holatida bajariladi. Tizimning zichligi, radiatorning
ustki suyuqlik bilan
to’lmagan qismiga kiritilayotgan havo (0,06 Mpa) bosimi bilan tekshiriladi (1-rasm).
Termostat klapanining dastlabki ochilish paytida suyuqlik harorati 65-70
0
S va to’la ochilishida 80-
85
0
S bo’ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur. Echib olingan termostat, qizitilgan suvli vannaga
botirilib, klapanning ochilishidagi boshlang’ich harorat va klapanning ochilish yo’li aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: