Avtotransport vositalari servisi asoslari



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Nazorat savollari
1. KSHM da uchraydigan asosiy nosozlik nimalardan iborat?
2. Nosozliklarni alomatlari.
3. Nosozliklarni kelib chiqish sabablari.
4. Dvigateldagi kompressiya nima?
5. Dvigatelga KSHM ni komressiyasi bo’yicha diagnoz qo’yish.
6. GTM da uchraydigan nosozliklar.
7. Nosozliklarni kelib chiqish sabablari.
8. KSHM va GTM bo’yicha TXK ishlari tarkibi.
9. Dvigatelni ta’mirlash ishlari tarkibi
10. Porshen shatun qismlarini guruhlash.
11. Issiqlik tirqishini sozlash ishlari.
12. Kallakni blokka qotirish sxemasini tushintirib bering.


11-mavzu. Avtomobil dvigatelining sovitish va moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Reja:
1. Sovutish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish
sabablari.
2. Sovutish tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
3. Moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish
sabablari.
4. Moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
sovutish tizimi, sovutish suyuqligi, nosozlik, buzilish, termostat, radiator, su
ko’ylaklari, ventilyator , parrak, qovurg’alar, qopqoq, moy, reduktsion klapan, filtr, kanallar, TXK,
ta’mirlash, diagnostikalash.
Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo’ladi:
-dvigatel uzoq muddatda, zo’riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar ta’minot va o’t oldirish jihozlari
noto’g’r sozlangan bo’lsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi.
-termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bo’lsa (dvigatel yurgizilgandan keyin)
asta-sekin qiziydi, bordi-yu klapan kech ochilsa, dvigatelь tezroq qizib ketadi.
Sovitish tizimining nosozliklari
: zichlikning buzilishi, ya’ni suv nasosi salьnigidan, patrubka va
boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining bo’shashib qolishi, uning uzilishi,
termostat qopqog’ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator
qopqog’ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho’kindi (quyqa)si hosil bo’lishi
hisoblanadi. Dvigatel sovitish tizimini diagnostikalashda tizimni qizish holati va zichligini, tasmaning
tarang tortilishi va termostatning ishlashi tekshiriladi. Dvigatel me’yorida ishlaganda sovitish tizimi
suyuqligining harorati 80-95
0
S chegarasida bo’lishi kerak, radiatorning yuqori va pastki qismidagi
suyuqlik haroratining farqi 8-12
0
S oralig’ida bo’ladi. Sovitish tizimi suyuqligining sizib oqishini suv
nasosining va boshqa birikish joylarining ostki qismlaridagi suyuqlik izlaridan payqash mumkin. Buni
nazorat qilish dvigatelning sovuq holatida bajariladi. Tizimning zichligi, radiatorning ustki suyuqlik bilan
to’lmagan qismiga kiritilayotgan havo (0,06 Mpa) bosimi bilan tekshiriladi (1-rasm).
Termostat klapanining dastlabki ochilish paytida suyuqlik harorati 65-70
0
S va to’la ochilishida 80-
85
0
S bo’ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur. Echib olingan termostat, qizitilgan suvli vannaga
botirilib, klapanning ochilishidagi boshlang’ich harorat va klapanning ochilish yo’li aniqlanadi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish