Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Sovitish tizimi zichligini tekshirish 1-rasm



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

1-rasm.
Sovitish tizimi zichligini tekshirish
1-rasm.
Termostatni tekshirish chizmasi: 1-
kronshteyn, 2-termometr, 3-indikator, 4-termostat,
5-suvli vanna, 6-Elektr plitka
Dvigatelining termostati quyidagi tartibda tekshiriladi (2-rasm):
1. Termostat olinib, u quyqumlardan tozalanadi va elektr plitkaga (6) qo’yilgan suvli vannaga (5)
tushiriladi.
2. Suvni aralashtirib turgan holda qizdiriladi va uning holati, bo’linmasining qiymati 1
0
S dan katta
bo’lmagan simobli termometr yordamida nazorat qilib turiladi.
3. Indikator (3) bilan klapan ochilishining boshlanishi tekshiriladi, ya’ni klapan 0,1mm ga
ochiladigan harorat (80±2)°S aniqlanadi. Qaynayotgan suvda klapan kamida 8,5 mm ga to’liq ochiladi.
Texnik xizmat ko’rsatish
. Kundalik xizmat ko’rsatishga, tizimni zichligini ko’rish va sovitish
suyukligining sathini me’yoriga keltirish kiradi. Agar sovitish tizimi suv bilan to’ldirmagan bo’lsa, u
holda qishki vaqtda avtomobil garajdan tashqarida, ya’ni ochiqlikda saqlanganda sovitish tizimidagi,
yurgizib yuborish isitkichidagi, shuningdek peshoynani yuvish uchun mo’ljallangan bakchadagi suv


to’kib tashlanadi. Dvigatelni yurgizishdan oldin tizim issiq suv bilan to’ldiriladi yoki dvigatel isitish
tizimiga ulanadi.
Davriy TXK o’tkazilganda yuritma tasmalarining tarangligi tekshiriladi, lozim bo’lsa rostlanadi,
shamolparrak radiator hamda jalyuz tekshiriladi va kerak bo’lsa maxkamlanadi. Yuritma tasmalar
tarangligi rostlanadi, suv nasosining hamda shamolparrak tasmasini taranglovchi qurilmaning
podshipniklari moylanadi. Mavsumiy xizmat ko’rsatishda sovitish va isitish tizimining, shuningdek
yurgazib yuborish isitgichining zichligi tekshiriladi, sovitish tizimi yuviladi, qishki mavsumga
tayyorgarlik ko’rilayotganda yurgazib yuborish isitkichining ishlashi tekshiriladi.
Zichlik nazorat qilinadi, shlanglar yuzalaridagi yoriqlar,shishgan joylar va qatlamlarda halqob
bo’lmasligi kerak. Bunday tekshirishlar uchun havo nasosi, manometr va radiator bo’g’zi bilan
biriktiriladigan qurilmadan tashkil topgan asbobdan foydalangan ma’qul. Nasos yordamida radiatorning
yuqori qismida 60 kPa atrofida bosim xosil qilinadi Agar tizim zich bo’lsa, u holda kran berkitilgandan
so’ng manometr strelkasi o’rnidan qimirlamaydi, zichlik yuqolgan bo’lsa strelka bosimning pasayishini
ko’rsatadi. Radiator yoki kengaytirish bachogi qopqog’idagi havo va bug’ klapanlari qo’l barmoqlari
bilan bosib ko’rib tekshiriladi.
Sovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi: sovitish suyuqligi to’kiladi; tizim suv bilan
to’ldiriladi; dvigatel ishga tushiriladi va qizdiriladi; suv to’kib tashlanadi; tizim shu tartibda yana bir
marta yuviladi; so’ng sovitish suyuqligi bilan radiator to’ldiriladi, radiator qopqog’ini o’rniga qo’yib
kengayish bakchasiga, «MIN» belgisidan 30-50 mm balandlikkacha suyuqlik quyiladi.
Konstruktsiyaning o’ziga xos tomonlarini va materiallarning xossalarini hisobga olgan holda
tayyorlovchi zavodlar o’z ko’rsatmalarida, sovitish tizimini yuvish tartibini hamda yuvish uchun
ishlatiladigan suyuqliklar tarkibini belgilab qo’ygan. Masalan, KamAZ-740 va OTAYO’L dvigatelining
radiatori yechib olinadi va unga 5 foiz kaustik soda hamda 95 foiz suv yoki 2,5 foiz kuchsizlantirilgan
sulьfat kislota hamda 97,5 foiz suvdan iborat eritma quyiladi.
Eritmaning harorati 60-80°S bo’lishi kerak. 30-40 daqiqadan so’ng eritma to’kib tashlanadi va
radiator issiq suv bilan yuviladi. Sovitish suyuqligining yaxlab qolishini va tizimning zanglab yeyilishi
hamda unda quyqa hosil bo’lishini oldini olish maqsadida, zamonaviy avtomobillarning barchasida
antifrizlardan foydalaniladi. Antifrizning yaxlab qolishini oldini olish maqsadida, uning zichligi nazorat
qilib turiladi. A-40 antifrizining 20
0
S dagi zichligi 1,067-1,072 va Tosol A-40 antifriziniki esa 1,075-
1,085 g/sm3 bo’lishi kerak. Yuqori kontsentratsiyadagi sovitish suyuqliklarini avtomobilning ishlash
sharoitiga moslashtirish quyidagi 1-jadval bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
1-jadval.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish