to’kib tashlanadi. Dvigatelni yurgizishdan oldin tizim issiq suv bilan to’ldiriladi yoki dvigatel isitish
tizimiga ulanadi.
Davriy TXK o’tkazilganda yuritma tasmalarining tarangligi tekshiriladi, lozim bo’lsa
rostlanadi,
shamolparrak radiator hamda jalyuz tekshiriladi va kerak bo’lsa maxkamlanadi. Yuritma tasmalar
tarangligi rostlanadi, suv nasosining hamda shamolparrak tasmasini taranglovchi qurilmaning
podshipniklari moylanadi. Mavsumiy xizmat ko’rsatishda sovitish va isitish tizimining, shuningdek
yurgazib yuborish isitgichining
zichligi tekshiriladi, sovitish tizimi yuviladi, qishki mavsumga
tayyorgarlik ko’rilayotganda yurgazib yuborish isitkichining ishlashi tekshiriladi.
Zichlik nazorat qilinadi, shlanglar yuzalaridagi yoriqlar,shishgan
joylar va qatlamlarda halqob
bo’lmasligi kerak. Bunday tekshirishlar uchun havo nasosi, manometr va radiator bo’g’zi bilan
biriktiriladigan qurilmadan tashkil topgan asbobdan foydalangan ma’qul. Nasos yordamida radiatorning
yuqori qismida 60 kPa atrofida bosim xosil qilinadi Agar tizim zich bo’lsa, u holda kran berkitilgandan
so’ng manometr strelkasi o’rnidan qimirlamaydi, zichlik yuqolgan bo’lsa strelka bosimning pasayishini
ko’rsatadi. Radiator yoki kengaytirish bachogi qopqog’idagi havo va bug’ klapanlari qo’l barmoqlari
bilan bosib ko’rib tekshiriladi.
Sovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi: sovitish suyuqligi to’kiladi;
tizim suv bilan
to’ldiriladi; dvigatel ishga tushiriladi va qizdiriladi; suv to’kib tashlanadi; tizim shu tartibda yana bir
marta yuviladi; so’ng sovitish suyuqligi bilan radiator to’ldiriladi, radiator qopqog’ini o’rniga qo’yib
kengayish bakchasiga, «MIN» belgisidan 30-50 mm balandlikkacha suyuqlik quyiladi.
Konstruktsiyaning o’ziga xos tomonlarini va materiallarning xossalarini
hisobga olgan holda
tayyorlovchi zavodlar o’z ko’rsatmalarida, sovitish tizimini yuvish tartibini hamda yuvish uchun
ishlatiladigan suyuqliklar tarkibini belgilab qo’ygan. Masalan, KamAZ-740 va OTAYO’L dvigatelining
radiatori yechib olinadi va unga 5 foiz kaustik soda hamda 95 foiz suv yoki 2,5 foiz kuchsizlantirilgan
sulьfat kislota hamda 97,5 foiz suvdan iborat eritma quyiladi.
Eritmaning harorati 60-80°S bo’lishi kerak. 30-40 daqiqadan so’ng eritma to’kib tashlanadi va
radiator issiq suv bilan yuviladi. Sovitish suyuqligining yaxlab qolishini va tizimning
zanglab yeyilishi
hamda unda quyqa hosil bo’lishini oldini olish maqsadida, zamonaviy avtomobillarning barchasida
antifrizlardan foydalaniladi. Antifrizning yaxlab qolishini oldini olish maqsadida, uning zichligi nazorat
qilib turiladi. A-40 antifrizining 20
0
S dagi zichligi 1,067-1,072 va Tosol A-40 antifriziniki esa 1,075-
1,085 g/sm3 bo’lishi kerak. Yuqori kontsentratsiyadagi sovitish suyuqliklarini
avtomobilning ishlash
sharoitiga moslashtirish quyidagi 1-jadval bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: