MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
30
Buxgalteriya hisobotlari buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot
va ularga izohlarning o’zaro bog’liqligini yagona maqsadini tashkil etuvchilardan tarkib topgan.
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va ularga izohlarning
shakli va mazmuni bir hisobot davridan boshqasigacha izchillik bilan qo’llaniladi.
Birinchi hisobot davrida tuzilgan hisobotlardan tashqari, hisobotlarda ko’rsatilgan har
bir sana bo’yicha joriy, o’tgan davr hisobotlari ma’lumotlari keltirilgan bo’lishi kerak. Agar
joriy, o’tgan davr hisobotlari ma’lumotlari hozirgi davr hisobotlari ma’lumotlari bilan
solishtirilmasa, unda aytilgan ma’lumotlarga O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini
tartibga soluvchi normativlar tizimi qonunidan kelib chiqib karrektirovka qilish kerak. Har bir
karrektirovka uning sabablari ko’rsatmalari o’rniga, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va
buxgalteriya balansidagi tushuntirishlarni ochib bergan bo’lishi kerak.
Aktivlar,passivlar moliyaviy natijalar va ularning ko’rsatkichlarida raqamli belgilar
mavjud bo’lmagan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va boshqa
buxgalteriya hisobotlari moddalari ahamyatlidir.
Har bir buxgalteriya hisobotidagi mavjud qismlar qo’yidagi ma’lumotlardan tarkib
topgan bo’lishi kerak:tarkibiy qismning nomi, buxgalteriya hisobotlari tuzilgan hisobot kuni yoki
hisobot davri,tashkiliy-huquqiy shaklini o’z ichiga olgan tashkilot nomi, buxgalteriya hisoboti
raqamli ko’rsatkichlarini taqdim etish shakli.
Balans aktivlari va passivlari muomalalar muddati uzoq muddatli ( bir yildan ko’p) va
qisqa muddatli (bir yini o’z ichiga oluvchi)larga bo’g’liq bo’limlarni ko’rsatishi kerak.
Balans izohlari va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tashkilot hisob siyosatini
ochib berishi va foydalanuvchilarni hisobot ko’rsatkichlari o’zgarganligi to’g’risidagi
qo’shimcha ma’lumotlar hisobotlari bilan ta’minlashlari kerak.
Hisobotlarda buxgalteriya hisoboti bo’yicha mavjud vaziyatlar deb qaraladigan
vaziyatlardan tashqari, aktivlar va passivlar moddalari, daromadlar va zararlar moddalari
o’rtasidagi nomuvofiqlikka yo’l qo’yilmaydi.
Balans, buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlarni ochib
berishi kerak bo’lgan salbiy tartibga solinadigan kattalik uchun, netto-baho, h.k lardagi raqamli
ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi kerak.
Hisobot yilidan tarkib topgan hisobot moddalari mol-mulk va moliyaviy majburiyatlar
inventarizatsiya natijalarini tasdiqlashi kerak.
Hisobot yili uchun iqtisodiy subyekt hisobotlari O’zbekiston Respublikasi qonunlarini
bajaruvchi organlar(boshqaruv,direktorlar va h.k)bilan muvofiqlikga vujudga kelgan hisobotlarni
birgalikda olib borishlari kerak.
Iqtisodiy subyektlarda buxgalteriya hisobotlari hisob jarayonining yakunlovchi
bosqichi hisoblanadi. Unda hisobot davri(oy, chorak,yil) uchun mol-mulki va moliyaviy holati
xo’jalik faoliyati natijasi o’sib boruvchi yakun bilan aks ettiriladi.
Iqtisodiy subyektlar ishlab chiqarish xo’jalik, uning bo’linmalari tarkibi shuningdek,
filiallar va alohida balans yurituvchi va yuridek shaxs hisoblanmaydigan vakolatxonalar mol-
mulkini o’ziga oluvchi mol-mulk tarkibi va uning shakllanishi manbalarini aks ettiruvchi
buxgalteriya hisobotlarini shakllantiradi.
Iqtisodiy subyektlarda mavjud qaram va tobe jamiyatlar ,undan tashqari xususiy
buxgalteriya hisobotlari bunday jamiyatlar hisobotlari ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi
shunday erkin buxgalteriya hisobotlarini shakllantirishadi.
O’z xohishi bilan tashkilot (ittifoq, asatsatsiya) boshlashni shakllantirgan yuridek
shaxslar birlashmasi ushbu birlashmalarning ta’sis hujjatlari bilan o’rnatilgan tartibda erkin
buxgalteriya hisobotlarini shakllantirishadi.
Barcha iqtisodiy subyektlar uchun hisobot yili 1- yanvardan 31-dekabrgachani o’z
ichiga oluvchi muddat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |