3.4. Kichik tadbirkorlik sub’yekti hisobotlarini, yuridik shaxsni tashkil etmaydigan
tadbirkorlarni ham qo’shgan holda audit
Kichik korxonalarda tekshirish o’tkazganda auditorlar ushbu turdagi iqtisodiy sub’ektlar
hisobotlari farqlanishi mumkunligini hisobga olishlari lozim. Kichik korxonalar amaldagi
me’yoriy xujjatlarga mos holda hisobatning qanday turini tuzishi o’zlari tanlaydilar, yo hamma
iqtisodiy sub’ektlar uchun umumqabul qilinganini yoki soddalashtirilganini tanlashadi.
Tekshiruv o’tkazish texnikasi nuqtai nazaridan bu vaqt qandaydir jiddiy o’ziga xoslikni
ko’tarmaydi.
Agar kichik korxonalar umumqabul qilishgan tartibda hisobotning soddalashtirilgan
tizimini tanlagan bo’lsa, auditor tekshiruv paytida O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya
hisobining Milliy standarti №20 “Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan hisoblarni
soddalashtirgan holda yuritish va hisobotlar tuzish tartibi” O’zR. BHMSga va ularda soliq
to’lovlari, hisob va hisobotlarning soddalashtirilgan tizimini qo’llovchi kichik tadbirkorlik
sub’ektlari xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi haqida” dan foydalanish kerak.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun hisobotning soddalashtirilgan tizimi – tashkilotlar va
xususiy tadbirkorlar uchun ham, avval qonunchilikda ko’zga tutilgan va qabul qilingan
hisobotlar tizimlari bilan bir qatorda qo’llaniladi.
Hisobot tizimini tanlash huquqi, soddalashtirilgan tizimga o’tish yoki avval qabul qilingan
tizimga qaytish kichik tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ixtiyoriy va amaldagi qonunlar asosida
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
37
bajariladi. Xususiy tadbirkorlar tomonidan hisobotlarning soddalashtirilgan tizimini qo’llanishi
qonunchilikda ko’zda tutilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadga
soliq to’lovini ushbu faoliyat bilan bandlik paketi qiymati to’loviga almashtirish ko’zda tutadi.
Soliq to’lovi, hisob va hisobotning soddalashtirilgan tizimidan foydalanuvchi
tashkilotlarga, buxgalteriya hisobotlarining dastlabki hujjatlarini rasmiylashtirish va daromadlar
va xarajatlar kitobini soddalashtirilgan shaklda, shu jumladan, ikki yoqlama yozuv usulidan,
buxgalteriya hisobi va hisobatini yuritish haqidagi amaldagi qoidalarda tutilgan hisobraqam
retsalari
va boshqa talablarga rioya qilgan holda yuritish huquqi beriladi.
Soliq to’lovlari, hisob va hisobotlarning soddalashtirilgan tizimining ta’siri (harakatlari)
bajarilayotgan ish turidan qat’iy nazar (pudrat va boshqa fuqarolik – huquqiy xarakterdagi
shartnomalar asosida ishlayotganlarini ham qo’shgan holda), ishchilar soni 10 kishidan kam
bo’lmagan xususiy tadbirkorlar va tashkilotlarga tarqatiladi. Ishlayotganlar soniga tashkilotning
filial va bo’limlarida ishlayotganlar soni ham qo’shiladi.
Soliq to’lovlari, hisob va hisobotlarning soddalashtirilgan tizimi ta’siriga aktsiz osti
mahsulotlari ishlab chiqarayotgan tashkilotlar, amaldagi korxonalarning likvidatsiya qilingan
bo’limalari asosida tashkil etilgan tashkilotlar, shuningdek kredit tashkilotlari, sug’urtachilar,
investitsion fondlar, qimmatli qog’ozlar bozorlarining professional ishtirokchilari, o’yinlar va
ko’ngilochar biznes korxonalari, O’zR. Moliya Vazirligi tomonidan buxgalteriya hisobi va
hisobotini yuritishning alohida tartibi o’rnatilgan boshqa kategoriyalardagi xo’jalik yuritish
sub’ektlari tushmaydi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari qonunlarda ko’zda tutilgan tartibda, agar o’tgan kvartallar
yili davomida soliq to’lovlari, hisob va hisobotlarning soddalashtirilgan tizimiga o’tish haqida
ariza bergan bo’lsa, ushbu soliq to’lovchining yalpi tushumi jamlangan miqdori ----
qonunchiliklarida ariza berilgan sanadagi belgilangan mehnatga haq to’lashning minimal
miqdoridan yuz ming martadan oshmagan bo’lsa, soddalashtirilgan tizimga o’tish huquqiga
egalar.
Soliq to’lovi, hisob va hisobotlarning soddalashtirilgan tizimini qo’llash huquqiga ariza
bergan yangi tashkil qilingan tashkilot yoki yangi ro’yxatdan o’tgan xususiy tadbirkor rasmiy
ro’yxatidan o’tkazilgan kvartaldan boshlab soliq to’lash, hisob va hisobotlarning
soddalashtirilgan tizimi sub’ektlari hisoblanadi.
Soliq to’lovi, hisob va hisobotning soddalashtirilgan tizimida yagona soliq to’lovi tashkilot
ob’ektiga hisobot davrida olingan (kvartal) jamlangan daromadlari belgilanadi, shu davrda
olingan yalpi tushum ham ushbu daromadlarga qo’shiladi.
Jamlangan daromad yalpi tushum va ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tovarlar
(ishlar, xizmatlar), xom ashyo, materiallar, butlovchi maxsulotlar, sotib olingan tovarlar,
yoqilg’i, ekspluatatsiya xarajatlari, joriy ta’mir, ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlarida
foydalaniladigan binolar ijrosi uchun xarajatlar, tarnsport vositalari ijarasi uchun xarajatlar,
bankning kredit resurslaridan foydalanganlik xizmatlar ko’rsatganlik uchun foiz to’lovlari uchun
xarajatlar, shuningdek, ta’minotchilarga to’langan qo’shimcha qiymat to’lovlari, avtotransport
vositalari sotib olishga soliqlar, davlat ijtimoiy byudjetdan tashqari fondlariga ajratmalar
to’langan bojxona to’lovlari, davlat bojlari va litsenziya yig’imlari orasida qiymatlar farqi
sifatida hisoblab chiqiladi.
Yalpi tushum tovarlar (ish, xizmat) realizatsiyasidan olingan tushumlar, hisobot davrida
realizatsiya qilingan mulklarning sotish narxi va realizatsiya qilingaman daromadlar summasi
sifatida hisoblab chiqiladi.
Kichik tabdirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq to’lovlari, hisob va hisobotning
soddalashtirilgan tizimini qo’llash huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjat tashkilot va xususiy
tadbirkorlik soliq hisobotiga olingan joylashgan joyi bo’yicha soliq organlari tomonidan bir yil
muddatga beriladigan patent hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |