Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
3.3. Iqtisodiy sub’ektlarni qayta shakllantirish va bartaraf etish (likvidatsiya qilish)dagi hisobotlar auditi Qonunchilikda ko’zda tutilgan ayrim hollarda auditorga qayta shakllantirilayotgan yoki
umuman, likvidatsiya qilinayotgan korxonalar hisobotlarini tekshirishga to’g’ri keladi.
Tekshirish o’tkazish texnikasi nuqtai nazaridan bu vaqt qandaydir jiddiy o’ziga xos
xususiyatlarga ega emas. Biroq “Aksionerlik jamiyatlari haqida”gi qonun nuqtai nazaridan
auditor quyidagilarni hisobga olish lozim:
iqtisodiy sub’ektlarni qayta shakllantirishda (qo’shish, birlashtirish, ajratish, ajratib
chiqarish, qayta shakllantirish) ulardan har birining huquq va majburiyatlari berish (taqdim etish)
aktiga mos holda yangi paydo bzlgan yuridik shaxsga (yoki shaxslarga) o’tadi;
qayta tashkil etishni ma’lum hisobot (yil yoki kvartal)ning oxiriga mo’ljallash tavsiya
etiladi;
qayta tashkil qilishda rasmiylashtiriladigan (olib) beriladigan akt va bo’laklanadigan
balans tarkibiga oxirgi hisobot sanasiga (qayta tashkil etish sanasiga) yillik buxgalteriya hisoboti
shakli hajmida buxgalteriya hisoboti qo’shiladi;
alohida yuridik shaxslarni (bo’linmalarni) buxgalteriya balansiga qo’shishda ularning har
biri o’z qabul qiluvchisi istagiga ko’ra ularning balanslari alohida moddalari ishonchliligini
tasdiqlovchi mulklar va majburiyatlar inventarizatsiyasi aktlari ilova qilinishlari mumkun.
Qo’shilishda ishtirok etayotgan jamiyat qo’shilish haqida shartnoma tuzadi, unda qo’shilish
tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyatning aktsiyalardagi va yoki yangi jamiyatning
boshqa qimmatli qog’ozlari va aktsiyalarining konvertatsiyalash tartibi belgilanadi. Jamiyat
Kengashining direktori (kuzatuvchi kengash) qo’shilishda ishtirok etadigan har bir jamiyatning
qo’shilish shaklida qayta tashkil etish, qo’shilish haqidagi shartnomani tasdiqlash va oldi-berdi
aktlarini tasdiqlash haqidagi masalalarni har bir jamiyat aktsionerlarining umumiy yig’ilishiga
olib chiqadi. Jamiyatlar qo’shilganda ularning har birining huquq va majburiyatlari oldi-berdi
aktiga mos holda yangi paydo bo’lgan jamiyatga o’tadi;
yuridik shaxslar (bo’linmalar) qo’shilganda ularning har birining buxgalteriya balansiga
ularni qabul qilayotganlar xohishi bilan ularning balanslari alohida moddalarining ishonchliligini
tasdiqlovchi mulklar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish akti ilova qilinishi mumkun.
Qo’shiladigan jamiyat va uni qo’shib oladigan jamiyat qo’shish tartib va shartlari, shuningdek,
qo’shiladigan jamiyatning aktsiyalarini uni qo’shib oladigan jamiyat aktsiyalari va boshqa
qimmatli qog’ozlarini konvertatsiyalash tartiblari belgilab qo’yilgan qo’shilish haqida shartnoma
tuzadilar. Har bir jamiyatning direktorlar Kengashi (kuzatuvchi kengash) aktsionerlarning
umumiy yig’ilishlariga qo’shilishda ishtirok etadigan o’z jamiyatlarini qo’shilish shaklida qayta
tashkil etish haqida qaror qabul qiladi va qo’shish haqidagi shartnomani tasdiqlaydi.
Qo’shilayotgan jamiyat direktorlar (kuzatuv) Kengash ham aktsionerlarning umum
yig’ilish qaroriga oldi-berdi aktini tasdiqlash haqida masala kiritadi. Ko’rsatilgan jamiyatlarning
birgalikdagi umumiy yig’ilishi Nizomga o’zgarish va ko’shimchalar kiritish, zarurat tug’ilganda
boshqamasalalar bo’yicha ham, qaror qabul qilishadi. Aktsionerlarning birgalikdagi umumiy
yig’ilishlarida ovoz berish tartibi qo’shilish haqidagi shartnoma bilan belgilanadi. Bir
jamiyatning ikkinchisiga qo’shilishida oxirgisiga qo’shilayotgan jamiyatning hamma huquq va
majburiyatlari oldi-berdi aktiga mos holda o’tadi;
yuridik shaxsni ajratib yoki bo’laklab chiqarishda (yuridik shaxsning tarkibidan uning
alohida yoki bir necha bo’linmalarini ajratishda) tarkibiy bo’linma balansi avval amalda bo’lgan
yuridik shaxsning umumiy balansi va har bir yangi tashkil topgan-avvalgi yuridik shaxs
tarkibidagi bo’linmadan chiqib kelgan yuridik shaxsning har birining balansidan tashkil topadi.