Biznes birlashuvi natijasida paydo bo’ladigan muddati uzaytirilgan soliq
66
19 va 26(v) bandlarda ko’rib chiqilganidek, vaqtinchalik farqlar biznes birlashuvida
yuzaga kelishi mumkin. MHXS 3ga muvofiq, tadbirkorlik sub’ekti biznes birlashuvi natijasida
paydo bo’ladigan har qanday muddati uzaytirilgan soliq aktivilarini (24 banddagi tan olish
mezonlariga javob berishi sharti bilan) yoki muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlarini
aniqlanadigan aktivlar va majburiyatlar sifatida sotib olish sanasida tan oladi. Buning
natijasida, ushbu muddati uzaytirilgan soliq aktivlari hamda muddati uzaytirilgan soliq
majburiyatlari tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tan olinadigan gudvil summasi yoki qulay
shartlarda sotib olishdan kelgan foyda summasiga ta’sir qiladi. Biroq, 15(a) bandiga
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR
MAVZULARI
178
muvofiq, tadbirkorlik sub’ekti gudvilni dastlabki tan olishdan yuzaga keladigan muddati
uzaytirilgan soliq majburiyatlarini tan olmaydi.
67
Biznes birlashuvi natijasida, sotib oluvchining sotib olishdan oldingi muddati
uzaytirilgan soliq aktividan foydalani ehtimoli o’zgarishi mumkin. Sotib oluvchi biznes
birlashuvidan oldin tan olinmagan muddati uzaytirilgan soliq aktivi qoplanishi mumkin deb
hisoblashi mumkin. Masalan, sotib oluvchi foydalanilmagan solik zararidan imkoniyatlardan
sotib olingan tadbirkorlik sub’ektining kelgusi soliq solinadigan foydasi hisobiga
foydalanishi mumkin. Muqobil ravishda, biznes birlashuvi natijasida muddati uzaytirilgan
soliq aktivini qoplash uchun etarlicha kelgusi soliq solinadigan foyda mavjud bo’lishining
endi ehtimoli bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda, sotib oluvchi biznes birlashuvi sodir
bo’lgan paytda muddati uzaytirilgan soliq aktividagi o’zgarishni tan oladi, lekin biznes
birlashuvini hisobga olishning bir qismi sifatida emas. Shuning uchun, sotib oluvchi bu soliq
aktivini biznes birlashuvida paydo bo’ladigan gudvil yoki qulay shartlarda sotib olishdan
kelgan foydani baholashda e’tiborga olmaydi.
68
sotib olinadigan tadbirkorlik sub’ektining foyda solig’i bo’yicha zararni kelgusi
davrlarga o’tkazish imkoniyatlari yoki boshqa muddati uzaytirilgan soliq aktivlari tan olish
mezonlariga biznes birlashuvi dastlabki tan olinganida javob bermasligi mumkin, lekin
keyinchalik bu mezonlarga to’g’ri kelishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti sotib olingan va
biznes birlashuvidan keyin foydalaniladigan muddati uzaytirilgan soliq imkoniyatlarini
quyidagicha tan olishi kerak:
(a)
Sotib olish sanasida mavjud bo’lgan shart-sharoitlar to’g’risidagi yangi ma’lumotlar
asosida baholash davrida tan olingan, sotib olingan muddati uzaytirilgan soliq imkoniyatlari
ushbu sotib olishga tegishli bo’lgan gudvilning balans qiymatiga, uni ni kamaytirib, olib
borilishi kerak. Ushbu gudvilning balans qiymati nolga teng bo’lsa, har qanday muddati
uzaytirilgan soliq imkoniyatlarining qolgan qismi foyda yoki zararda tan olinishi kerak.
(b)
Boshqa
barcha
sotib
olingan
muddati
uzaytirilgan
soliq
imkoniyatlari
foydalanilganda foyda va zarar tarkibida (yoki, ushbu Standart shuni talab etsa, foyda yoki
zarar tarkibidan tashqarida) tan olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |