Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR 
MAVZULARI
177 
tegishli joriy va muddati uzaytirilgan soliq summasini aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Bu, 
masalan, quyidagi holatlar:
(a) 
foyda solig’ining tabaqalashgan stavkalari mavjud va soliq solinadigan foyda (soliq 
zarari)ning muayyan tarkibiy qismiga tegishli bo’lgan stavkani aniqlab bo’lmasligi; 
(b) 
soliq stavkasi yoki soliq qonunchiligidagi o’zgarish oldin foyda va zarar tarkibida tan 
olinmagan moddaga tegishli muddati uzaytirilgan soliq aktivi yoki majburiyatiga ta’sir qiladi 
(butunligicha yoki qisman); yoki
(v) 
tadbirkorlik sub’ekti muddati uzaytirilgan soliq aktivi tan olinishi yoki bundan buyon 
butunligicha tan olinmasligi kerak deb qaror qilsa, va muddati uzaytirilgan soliq aktivi 
(butunligicha yoki qisman) oldin foyda yoki zarar tarkibida tan olinmagan moddaga tegishli 
bo’lsa. 
Bunday holatlarda, foyda yoki zarar tarkibida tan olinmagan moddalarga tegishli joriy va 
muddati uzaytirilgan soliq tadbirkorlik sub’ektining joriy va muddati uzaytirilgan soliqning 
ma’lum soliq qonunchiligiga muvofiq mutanosib ravishda oqilona taqsimlanishiga, yoki 
berilgan sharoitlarda to’g’riroq bo’ladigan taqsimlashning boshqa usuliga asoslanadi. 
64 
BHXS 16da tadbirkorlik sub’ekti asosiy vositalarni asosiy vositaning qayta 
baholashdan keyingi eksirish summasi bilan uning qayta baholashgacha bo’lgan 
boshlang’ich qiymatining eksirish summasi o’rtasidagi farqni, qayta baholash natijasida 
shakllangan boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (qayta 
baholash bo’yicha rezerv)dan taksimlanmagan foydaga har yili o’tkazish kerak yoki kerak 
emasligini belgilamaydi. Tadbirkorlik sub’ekti bunday o’tkazishni amalaga oshiradigan 
bo’lsa, o’tkaziladigan summa unga tegishli bo’lgan har qanday muddati uzaytirilgan soliq 
chegirib tashlanganidagi sof summaga teng bo’lishi kerak. Bu kabi yondashuv asosiy vosita 
chiqib ketishida qilinadigan o’tkazishlarga ham tegishli. 
65 
Aktiv soliq maqsadlarida qayta baholanganida va bu qayta baholash oldinroq davrda 
amalga oshirilgan, yoki kelgusi davrda amalga oshirilishi kutilayotgan, hisoblab chiqilgan 
baho bilan bog’liq bo’lganida, aktivning qayta baholanishi va uning soliq bazasining 
o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan soliq oqibatlari (soliqqa ta’sir) ular paydo bo’lgan 
davrlardagi boshqa umumlashgan daromad tarkibida tan olinadi. Biroq, soliq maqsadlarida 
qayta baholash oldingi davrda amalga oshirilgan yoki kelgusida amalga oshirilishi 
kutilayotgan buxgalteriya hisobi maqsadidagi qayta baholash bilan bog’liq bo’lmasa, 
aktivning soliq bazasidagi o’zgarishning soliq oqibatlari foyda yoki zararda tan olinadi. 
65A 
Tadbirkorlik sub’ekti o’z hissadorlariga dividendlarni to’laganida, dividendlarning 
bir qismini hissadorlar nomidan soliq idoralariga o’tkazib berishi talab etilishi mumkin. 
Ko’pgina mamlakatlarda, bu summa ushlab qolinadigan soliq deb nomlanadi. Soliq 
organlariga to’langan yoki to’lanadigan bunday summa dividendlarning bir qismi sifatida 
kapitalga olib boriladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish