Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR 
MAVZULARI
168 
Kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar
24 
Muddati uzaytirilgan soliq aktivi barcha kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik 
farqlar bo’yicha tan olinishi kerak, agar kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqni 
chegirib tashlash uchun etarli soliq solinadigan foyda bo’lishi ehtimoli mavjud bo’lsa, 
bundan muddati uzaytirilgan aktiv majburiyatning yoki aktivning quyidagi kabi 
operatsiyada dastlabki tan olinishidan kelib chiqadigan holatlar mustasno:
(a)
 
biznes birlashuvi bo’lmagan holat; va
 
(b)
 
operatsiya paytida, buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga ham soliq solinadigan 
foydaga (soliq zarariga) ham ta’sir qilmaydigan holat.
 
Biroq, shu’ba tadbirkorlik sub’ektlariga, filiallarga, qaram tadbirkorlik sub’ektlariga 
investitsiyalar hamda birgalikdagi faoliyatdagi ulushlar bilan bog’liq bo’lgan kelgusida 
chegiriladigan vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan soliq aktivi 44 bandga 
muvofiq tan olinishi kerak.
 
25 
Majburiyatni tan olishda, tabiiyki, uning balans qiymati kelgusi davrlarda iqtisodiy 
nafni mujassamlashtirgan resurslarning tadbirkorlik sub’ektidan chiqib ketishi orqali 
to’lanadi (so’ndiriladi). Resurslar tadbirkorlik sub’ektidan chiqib ketishida, ular qiymatining 
butun yoki ayrim qismi majburiyat tan olingan davrdan keyin keladigan davrda soliq 
solinadigan foydani hisoblashda chegiriladigan bo’lishi mumkin. Bunday hollarda, 
majburiyatning balans qiymati va uning soliq bazasi o’rtasida vaqtinchalik farq mavjud 
bo’ladi. Mos ravishda, majburiyatning qismi soliq solinadigan foydani hisoblashda 
chegirilishi mumkin bo’lgan kelgusi davrlarda qoplanadigan foyda solig’i bo’yicha muddati 
uzaytirilgan soliq aktivini yuzaga keltiradi. Shunga o’xshash, aktivning balans qiymati uning 
soliq bazasidan kamroq bo’lsa, buning natijasida paydo bo’ladigan farq kelgusi davrlarda 
qoplanadigan foyda soliqlari bo’yicha muddati uzaytirilgan soliq aktivini keltirib chiqaradi.
26 
Quyida muddati uzaytirilgan soliq aktivini keltirib chiqaradigan kelgusida 
chegiriladigan vaqtinchalik farqlarning misollari keltirilgan:
(a) 
pensiyalar bo’yicha xarajatlar buxgalteriya hisobi bo’yicha foydani hisoblashda 
xodimlar tomonidan xizmatlar ko’rsatilishi (ular ishlayotgani) sari chegirilishi mumkin, 
biroq soliq solinadigan foydani aniqlashda ular yoki pensiya jamg’armasiga to’lovlar 
amalga oshirilganida yoqi pensiyalar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan to’langanida 
chegiriladi. Vaqtinchalik farq majburiyatning balans qiymati bilan soliq bazasi o’rtasida 
paydo bo’ladi; majburiyatning soliq bazasi odatda nolga teng. Bunday kelgusida 
chegiriladigan vaqtinchalik farq, pensiya jamg’armasiga badallar to’langanida yoki 
pensiyalar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan to’langanida, tadbirkorlik sub’ektiga iqtisodiy naf 
soliq solinadigan foydadan chegiriladigan summa ko’rinishida kelib tushishi bilan, muddati 
uzaytirilgan soliq aktivini keltirib chiqaradi; 
(b) 
tadqiqot xarajatlari ular paydo bo’lgan davrda buxgalteriya hisobi bo’yicha foydani 
hisoblashda xarajat sifatida tan olinadi, biroq keyinroq keladigan davrgacha soliq 
solinadigan foydani (soliq zararini) aniqlashda chegirilib tashlanishiga yo’l qo’ilmasligi 
mumkin. Tadqiqot bo’yicha xarajatlarning soliq bazasi, ya’ni soliq idoralari tomonidan 
kelgusi davrlarda chegirib tashlanishiga ruxsat beriladigan qiymat, bilan nolga teng balans 
qiymati o’rtasidagi farq – kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farq bo’lib, uning natijasida 
muddati uzaytirilgan soliq aktivi paydo bo’ladi; 
(v) 
chegaralangan istisnolarni hisobga olgan holda, tadbirkorlik sub’ekti biznes 
birlashuvida aniqlanadigan sotib olingan aktivlarni va qabul qilingan majburiyatlarni 
ularning sotib olish sanasidagi bo’lgan haqqoniy qiymati bo’yicha tan oladi. Qabul qilingan 
majburiyat sotib olish sanasida tan olinganida, lekin unga tegishli xarajatlar keyinchalik 
keladigan davrgacha soliq solinadigan foydani hisoblashda chegirib tashlanmaganida, 
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farq paydo bo’ladi, va u muddati uzaytirilgan soliq 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish