(i)
biznes birlashuvi bo’lmagan operatsiyalarda; va
(ii)
operatsiya sodir bo’lishi paytida buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga ham soliq
solinadigan foydaga (soliq zarariga) ham ta’sir qilmaydigan operatsiyalarda.
Biroq, shu’ba tadbirkorlik sub’ektlariga, filiallarga, qaram tadbirkorlik sub’ektlariga
investitsiyalar hamda birgalikdagi faoliyatdagi ulushlar bilan bog’liq bo’lgan kelgusida
soliq solinadigan vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan soliq majburiyati 39
bandga muvofiq tan olinishi kerak.
16
Aktivni tan olishda, tabiiyki, uning balans qiymati tadbirkorlik sub’ektiga kelgusi
davrlarda kelib tushadigan iqtisodiy naf ko’rinishida qoplanadi. Aktivning balans qiymati
uning soliq bazasidan oshiqcha bo’lsa, soliq solinadigan iqtisodiy nafning summasi soliq
maqsadlarida chegirib tashlanishi mumkin bo’lgan summadan oshib ketadi. Ushbu farq
kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq bo’lib hisoblanadi, hamda uning natijasida
kelgusi davrlarda foyda soliqlarini to’lash bo’yicha kelib chiqadigan majburiyat, muddati
uzaytirilgan soliq majburiyati bo’lib hisoblanadi. Tadbirkorlik sub’ekti aktivning balans
qiymatini qoplab olishi sari, kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq tiklanadi va
tadbirkorlik sub’ektining soliq solinadigan foydasi paydo bo’ladi. Buning natijasida,
iqtisodiy naf soliq to’lovlari ko’rinishida tadbirkorlik sub’ektidan chiqib ketishi ehtimoli
vujudga keladi. Shuning uchun, ushbu Standart hamma muddati uzaytirilgan soliq
majburiyatlari tan olinishini talab etadi, bundan 15 va 39 bandlarda izohlangan ayrim
vaziyatlar mustasno.
17
Ba’zi vaqtinchalik farqlar, daromad va xarajatlarning buxgalteriya hisobi bo’yicha
foyda tarkibida bir davrda aks ettirilganida, lekin soliq solinadigan foydaga boshqa davrda
kiritilganida paydo bo’ladi. Bunday vaqtinchalik farqlar ko’pincha vaqtga bog’liq farqlar
deb tavsiflanadi. Quyida bunday turdagi vaqtinchalik farqlarning misollari ko’rsatilgan, ular
vaqtinchalik farqlar bo’lib hisoblanadi va muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlarini yuzaga
keltiradi:
(a)
foizli daromad buxgalteriya hisobi bo’yicha foyda tarkibiga vaqtga mutanosib
ravishda kiritilib boradi, biroq, ba’zi mamlakatlarda, soliq solinadigan foydaga foizlar pul
mablag’lari ko’rinishida olinganida kiritiladi. Moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda bu
kabi daromadlar bo’yicha tan olingan har qanday debitorlik qarzdorlikning soliq bazasi
nolga teng, chunki daromadlar soliq solinadigan foydaga, pul mablag’lari olinmaguncha,
ta’sir qilmaydi;
(b)
soliq solinadigan foydani (soliq zararini) hisoblashda chegriladigan eskirish summasi
buxgalteriya hisobi bo’yicha foydani aniqlashda chegiriladigan eskirish summasidan farq
qilishi mumkin. Vaqtinchalik farq – bu aktivning balans qiymati bilan uning soliq bazasi
orasidagi farqdir; bunda aktivning soliq bazasi - bu joriy yoki oldingi davrlar uchun soliq
solinadigan foydani (soliq zararini) aniqlashda ushbu aktivga nisbatan soliq idoralari
tomonidan chegirilishi ruxsat etilgan hamma summalar ayirilgandagi boshlang’ich
qiymatdir. Soliq qoidalariga ko’ra aniqlanadigan eskirish jaddalashtirilgan bo’lganida
kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq paydo bo’ladi, va u muddati uzaytirilgan soliq
majburiyatini yuzaga keltiradi (agar soliq maqsadlarida eskirish buxgalteriya hisobi
maqsadlaridagi eskirishdan kamroq summalarda hisoblansa, kelgusida chegiriladigan
vaqtinchalik farq paydo bo’ladi va muddati uzaytirilgan soliq aktivini yuzaga keltiradi); va
(v)
tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish xarajatlari buxgalteriya hisobi bo’yicha foydani
aniqlashda kapitalizatsiya qilinishi va kelgusi davrlarda xarajatlarga olib borilishi mumkin,
biroq soliq solinadigan foydani aniqlashda ular yuzaga kelgan davrda chegirilishi mumkin.
Bunday tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish xarajatlarining soliq bazasi nolga teng, chunki
Do'stlaringiz bilan baham: |