MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR
MAVZULARI
167
21B
Biroq, gudvilga tegishli bo’lgan kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farqlar
bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar, ular gudvilning dastlabki tan olinishidan kelib
chiqmagan darajasida tan olinadi. Masalan, tadbirkorlik sub’ekti biznes birlashuvida 100ga
teng bo’lgan gudvilni tan olsa, va bu qiymat soliq maqsadlarida sotib olish sanasidan
boshlab har yili 20 foiz me’yorda soliq maqsadlarida chegirilib borsa, gudvil dastlabki tan
olinganida uning soliq bazasi 100ga teng va sotib olingan yilning oxirida 80ga teng bo’ladi.
Agar gudvilning balans qiymati sotib olish amalga oshirilgan yilning oxirida o’zgarmasdan
100ga teng bo’lib qolsa, ushbu yilning oxirida 20ga teng kelgusida soliq solinadigan
vaqtinchalik farq paydo bo’ladi. Ushbu kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq
gudvilning dastlabki tan olinishiga tegishli bo’lmagani sababli, uning natijasida kelib
chiqadigan muddati uzaytirilgan soliq majburiyati tan olinadi.
Aktiv yoki majburiyatning dastlabki tan olinishi
22
Aktiv yoki majburiyatning dastlabki tan olinishida vaqtinchalik farq paydo bo’lishi
mumkin, masalan, aktiv tannarxining butun yoki ayrim qismi soliq maqsadlarida chegirilib
tashlanmaydigan bo’lsa. Bunday vaqtinchalik farqni hisobga olish usuli aktiv yoki
majburiyatning dastlabki tan olinishiga olib kelgan operatsiyaning tabiatiga bog’liq bo’ladi:
(a)
biznes birlashuvida, tadbirkorlik sub’ekti har qanday muddati uzaytirilgan soliq
majburiyati yoki aktivni tan oladi va bu u tomonidan tan olinadigan gudvilning yoki
manfaatli xariddan olinadigan foydaning summasiga ta’sir qiladi (19 bandga qarang);
(b)
agar operatsiya buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga yoki soliq solinadigan foydaga
ta’sir qilsa, tadbirkorlik sub’ekti har qanday muddati uzaytirilgan soliq majburiyati yoki
aktivni tan oladi, hamda buning natijasida yuzaga keladigan muddati uzaytirilgan soliq
xarajatini yoki daromadini foyda yoki zarar tarkibida tan oladi (59 bandga qarang);
(v)
agar operatsiya biznes birlashuvi bo’lmasdan, buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga
ham soliq solinadigan foydaga ham ta’sir qilmasa, tadbirkorlik sub’ekti, 15 va 24
bandlarda keltirilgan istisno holatlari mavjud bo’lmaganida, yuzaga keladigan muddati
uzaytirilgan soliq majburiyatini yoki aktivni tan olgan bo’lar edi hamda aktiv yoki
majburiyatning balans qiymatiga xuddi shu summadagi tuzatish kiritgan bo’lar edi. Bunday
tuzatishlar moliyaviy hisobotlarning shaffofligini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun,
mazkur Standart, natijada yuzaga keladigan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatini yoki
aktivni dastlabki tan olish hamda keyinchalik tan olish maqsadida (quyida keltirilgan
misolga qarang) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tan olinishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan
tashqari, tadbirkorlik sub’ekti tan olinmagan muddati uzaytirilgan soliq majburiyati yoki
aktividagi keyinchalik, aktiv eskirishi sari, kelib chiqadigan o’zgarishlarni tan olmaydi.
23
BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” murakkab moliyaviy
instrumentning (masalan, konvertatsiya qilinadigan obligatsiyaning) emitenti ushbu
instrumentning majburiyatga oid qismini majburiyat sifatida va kapitalga oid qismini kapital
sifatida tasniflaydi. Ba’zi mamlakatlarda, uning majburiyat sifatidagi tarkibiy qismining
soliq bazasi, bu instrument dastlabki tan olinganida, majburiyat va kapital sifatidagi tarkibiy
qismlarning boshlang’ich balans qiymatiga teng bo’ladi. Buning oqibatidagi kelgusida soliq
solinadigan vaqtinchalik farq instrumentning kapital bo’lgan tarkibiy qismini majburiyat
bo’lgan tarkibiy qismidan alohida tan olish natijasida kelib chiqadi. Shuning uchun, 15(b)
bandda belgilangan istisno bunga nisbatan qo’llanilmaydi. Natijada, tadbirkorlik sub’ekti
yuzaga keladigan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatini tan oladi. 61A bandiga muvofiq,
muddati uzaytirilgan soliq to’g’ridan-to’g’ri kapital sifatidagi tarkibiy qismning balans
qiymatiga olib boriladi. 58 bandga muvofiq, muddati uzaytirilgan soliq majburiyatidagi
keyingi o’zgarishlar foyda yoki zarar tarkibida muddati uzaytirilgan soliq xarajati
(daromadi) sifatida tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |