Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI 118
iqtisodiy sub’ekt tomonidan faoliyatning yangi yo’nalishi boshlanishi munosabati bilan
tayyorlangan ko’chmas mulkka pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar qo’yish va b. bo’yicha
shartnomalarning moliyaviy va huquqiy oqibatlari haqida xulosa tuzish;
yuridik shaxslar tomonidan ma’lum shartnomalarga, masalan, kredit shartnomalari yoki
qarz shartnomalariga rioya qilinishi haqida shartnoma tuzish. Bunday shartnomalarga mos holda
tashkilot shartnomadan kelib chiquvchi turli holatlarga ham (foizlar to’lovi, mos keluvchi
moliyaviy munosabatlarga rioya qilish (saqlab qolish), dividend to’lovlari va mulklar
realizatsiyasidan daromadlardan foydalanishni man qilish va b.) amal qilishlari kerak.
Auditor, faqat buxgalteriya hisobi va shartnomaning hamma bosqichlarida soliqqa tortish
tomonlarini to’liq ko’rib chiqqandan keyingina, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga
soluvchi shartnomalarga nisbatan o’z fikrini bildirishi mumkin. Agar maxsus auditorlik
topshirig’ini bajarish bo’yicha topshiriqlarda auditorning vakolatiga kirmaydigan va fan, texnika,
san’at va boshqa sohalarda bilimlar talab qiluvchi maxsus sohalar bo’lsa, ularga javob berish
uchun auditor ekspert jalb qilishi lozim bo’ladi.
Maxsus auditorlik topshirig’i bo’yicha auditor xulosasida iqsodiy sub’ekt tomonidan
shartnomaning aniq shartlariga rioya qilingan-qilinmaganligi haqidagi fikr aks ettirilgan bo’lishi
kerak.
Maxsus auditorlik topshirig’i bo’yicha buxgalteriya hisobotining Rossiya buxgalteriya
hisobi qoidalaridan farqli printsiplarga mos tarzda tuzilgan buxgalteriya hisobotlariga xulosalar.
Buxgalteriya hisobotining amaldagi printsiplari barcha mavjud elementlarda qo’llanuvchi va
umumqabul qilingan hisoblanuvchi buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash uchun foydalanuvchi
mezonlar yig’indisidan iborat. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobining Rossiya va xalqaro
standartlardan boshqa standartlarga mos holda (masalan, milliy) maxsus maqsadlar uchun
tayyorlangan bo’lishi mumkin. Bunday moliyaviy hisobotlarga qandaydir o’ziga xos maqsadlar
uchun shakllantirilgan buxgalteriya hisobi bo’yicha kelishuvlar kirmaydi. Moliyaviy hisobotning
boshqa shakllariga soliq deklaratsiyalari, kassaga kirim va chiqimga asoslangan hisob sxemasi,
davlatning qaysidir boshqaruv organi tomonidan belgilangan moliyaviy hisobot kabilar kirishi
mumkin.
Auditor moliyaviy hisobotning nomidan yoki eslatmasidan bu hisobot Rossiya
buxgalteriya hisoboti standartlariga mos holda tayyorlanmaganini bilishi lozim. Agar bunday
buxgalteriya hisobot nomida mos keluvchi ko’rsatkichlar yoki havolalar yo’q bo’lsa, auditor o’z
xulosasida bu haqda yozishi kerak.
Rossiya yoki xalqaro printsiplardan farqli ravishdagi buxgalteriya hisobotlari printsipiga
mos holda tayyorlangan moliyaviy ma’lumotlarni tekshirishdan maxsus auditorlik topshirig’i
bo’yicha xulosalarda qo’llanilgan hisob printsiplari yoki ana shunday havola mavjud bo’lgan
hisobot (hisobdorlik) punkti mazmuni ko’rsatilishi lozim. Xulosada moliyaviy hisobot bu
printsiplarga mos holda uning hamma jiddiy tomonlaridan tayyorlanganmi-yo’qmiligi
ko’rsatilishi kerak.
Qator aralash yillar uchun tayyorlangan hisobot bo’yicha maxsus auditorlik topshirig’i
bo’yicha xulosa. Iqtisodiy sub’ekt tashkilot faoliyatining asosiy ma’lumotlari va ularning
natijalari bilan qiziquvchi foydalanuvchilarga ma’lumot berish maqsadida bir necha aralash
(qo’shilgan) yillar uchun yillik buxgalteriya hisobotlarining umumlashtirilgan ma’lumotlarini
ko’rsatuvchi maxsus hisobotlar tayyorlashi mumkin.
Umumlashtirilgan hisobot auditor tomonidan tasdiqlanadigan yillik hisobotlarga nisbatan
kamroq detallashtirilgan. Binobarin, bunday hisobotlarda u qisqartirilganligi aniq bildirilgan
bo’lishi va shuning uchun hisobotdan foydalanuvchi tashkilotning moliyaviy holati va uning
faoliyati natijalarini yaxshiroq tushunishi uchun auditor tomonidan tasdiqlangan va hisobning
ushbu tizimi doirasidagi hamma talab qilinadigan informatsiyalarni qamrab olingan buxgalteriya
hisoboti bilan umumlashtirilgan hisobot zarur.