Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
124 
(b) Tegishli vakolatlarga ega bo’lgan shaxslar mazkur moliyaviy hisobotlar uchun 
javobgarlikni o’z bo’yniga olganini tasdiqlagan. 
A
UDITORNING MANZILI 
 
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da auditor yurisdiktsiyada u o’z amaliyoti bilan 
shug’ullanadigan joy hisoblanadigan manzilni ko’rsatishi lozim.
Qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda talab etilgan auditorlik hisoboti (xulosasi) shakli
Agar muayyan yurisdiktsiya qonunchiligi yoki me’yoriy hujjatlariga muvofiq auditor 
auditorlik hisoboti (xulosasi)ning muayyan ta’rifi yoki tartibini qo’llashi lozim bo’lsa, bunday 
hisobot (xulosa)da Auditning Xalqaro standartlariga faqat mazkur hisobot (xulosa) hech 
bo’lmasa quyidagi elementlardan har birini o’z ichiga olgan holda havola etilishi lozim:
(a) Nom; 
(b) Kelishuv shartlariga muvofiq, adresat;
(v) Audit qilingan moliyaviy hisobotlarni ta’riflovchi kirish paragrafi; 
(g) Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining (yoki boshqa tegishli atamani qo’llang, 24-
bandga qarang) moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish uchun javobgarligi tavsifi; 
(d) Auditorning moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirish va audit ko’lami uchun 
javobgarligi tavsifi, shu jumladan: 

Auditning Xalqaro Standartlari hamda qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga ishora; va 

Mazkur standartlarga muvofiq audit tavsifi; 
(e) Auditor fikri ifodalangan, moliyaviy hisobotlar bo’yicha bildirilgan fikr aks ettirilgan, 
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun qo’llanilgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun 
qo’llaniladigan asosi ko’rsatilgan (shu jumladan, agar Buxgalteriya hisobining xalqaro 
standartlari bo’yicha Kengash tomonidan chiqarilgan Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari yoki Davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qo’llanilgan 
bo’lmasa, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosi mansub bo’lgan yurisdiktsiya ko’rsatilgan, 
37-bandga qarang) band; 
(j) Auditorning imzosi; 
(z) Auditorlik hisoboti (xulosasi) sanasi; va 
(i) Auditorning manzili.
Muayyan yurisdiktsiyaning audit standartlari va Auditning Xalqaro Standartlariga 
muvofiq o’tkazilgan audit bo’yicha auditorlik hisoboti (xulosasi)
Auditor auditni muayyan yurisdiktsiyaning (“milliy audit standartlari” deb ataladigan) 
audit standartlariga muvofiq o’tkazish majburiyatini olishi, bunda ularga rioya etish jarayonida 
u audit o’tkazishda qo’shimcha ravishda AXS talablarini ham bajargan bo’lishi mumkin. Bunday 
hollarda auditorlik hisoboti (xulosasi)da milliy audit standartlariga qo’shimcha ravishda 
Auditning Xalqaro standartlariga ham qayd etilishi mumkin, biroq auditor bunday ishoradan 
faqat quyidagi hollarda foydalanish huquqiga ega:
(a) Agar milliy audit standartlari talablari va AXS talablari o’rtasida auditor (i) 
boshqacha fikr hosil qilishiga yoki (ii) muayyan vaziyatlarda AXS ga muvofiq talab etiladigan 
tushuntirish paragrafni kiritmasligiga olib kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlar mavjud bo’lmasa; 
va 
(b) Agar auditor milliy audit standartlarida amr etilgan tartib yoki ta’rifni qo’llayotgan 
bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi) hech bo’lmasa 34(a)(i) bandida nazarda tutilgan 
elementlardan har birini o’z ichiga olishi lozim. 43(d) bandidagi qonunchilik yoki me’yoriy 
hujjatlarga havola milliy audit standartlariga havola bo’lishi lozim. Auditorlik hisoboti 
(xulosasi) mazkur milliy audit standartlarini identifikatsiya qilishi lozim. 
Agar auditorlik hisoboti (xulosasi)da ham milliy audit standartlari, ham Auditning Xalqaro 
standartlariga ishora qilingan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi) milliy audit standartlari 
mansub bo’lgan yurisdiktsiyani identifikatsiya qilishi lozim. 
Moliyaviy hisobotlar bilan birga taqdim etilgan qo’shimcha ma’lumotlar

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish