8.5. Maxsus auditorlik topshiriqlari bo’yicha auditorlik xulosalari
Maxsus auditorlik topshiriqlari bo’yicha auditorlik xulosasining mohiyati va
tayinlanishi.
Majburiy audit bilan bir qatorda auditorlik faoliyatida maxsus auditorlik
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
115
topshiriqlari bo’yicha tekshirishlar o’tkazish va mazmuni va tuzilish tartibi umumqabul
qilinganidan farqlanuvchi maxsus xulosa berish zarurati ham kelib chiqadi.
Maxsus auditorlik topshirig’i deyilganda auditor va iqtisodiy sub’ekt (yoki boshqa
huquqqa ega yuridik shaxs) orasidagi shartnoma va/yoki topshiriq bilan buxgalteriya
hisobotining alohida moddalarini tekshirish, mulklarning sifat holati, iqtisodiy sub’ektning
moliyaviy-xo’jalik faoliyati bilan bevosita bog’liq kapital va boshqa masalalar, huquqiy-
fuqarolik holatlarini tartibga soluvchi shartnomalar (kontraktlar)ni yuridik va iqtisodiy
ekspertizasi kabilar tushuniladi. Bunday holatlarda audit o’tkazish tartibi «Maxsus auditorlik
topshiri bo’yicha auditorlik tashkilotining xulosalari» qoidalari (standarti) bilan belgilangan.
Rossiya auditi amaliyotida kullaniladigan maxsus topshiriqlar bo’yicha auditorlik
xulosasini tuzish masalalarini kurib chiqamiz. Quyidagilar maxsus auditorlik topshirig’i
buyurtmachilari bo’lishi mumkin:
a) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida bevosita o’rnatilgan (belgilangan) hujjatlar
bilan bo’lgan holatda davlat va huquqni muhofaza qilish idoralari;
b) litsenziya beruvchi idoralar;
v) shartnomaviy majburiyatlar asosida boshqa huquqqa doir yuridik shaxslar.
«a» bandda ko’rsatilgan idoralar deganda surishtiruv va tergov, prokuror, sud, arbitraj sudi,
bojxona organlari, Respublika Moliya vazirligining nazorat va reviziya bo’limlari va b.
tushuniladi.
«b» bandda ko’rsatilgan idoralar deganda O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun litsenziya beradigan idoralar tushuniladi. Boshqa huquqqa oid yuridik va
jismoniy shaxslar deganda («v» band) «a» va «b» bandlar ta’siriga tushmaydigan shaxslar,
aynan: sanoq va nazorat palatalari, iqtisodiy sub’ektning mulk egalari va investorlari, iqtisodiy
sub’ektning yuqori organlari, iqtisodiy sub’ektning tematik topshiriqlar bo’yicha rahbariyati,
sug’urta tashkilotlari, mustaqil baholovchilar, jamoat tashkilotlari, shu jumladan, jamoatchi
auditorlik birlashmalari, yuridik shaxsni tashkil etmaydigan tadbirkorlar va b.dan iborat.
Prokurorning sanktsiyasi (ruxsatnomasi) bo’lganda surishtiruv va tergov idoralari,
prokuror, sud va arbitraj sudi O’zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligiga mos
holda auditorlik tashkilotlariga iqtisodiy sub’ektni, agar ko’rsatilgan organlarda qo’zg’otilgan
jinoyat ishlari (ish qo’zg’otish bilan yangilangan), ish yuritishga qabul qilingan (ish qo’zg’otish
bilan yangilangan) fuqarolik ishlari yoki arbitraj sudida ko’rib chiqiladigan ishlar mavjud
bo’lgan hollarda auditorlik tashkilotlariga iqtisodiy sub’ektni maxsus auditorlik topshirig’i bilan
tekshiruvdan o’tkazish haqida ko’rsatma berilishi mumkin. Bunday topshiriq (ko’rsatma)ning
mazmuni jinoyat ishi qo’zg’otish uchun (ish qo’zg’otish bilan yangilash) fuqarolik ishi yoki
arbitraj sudi yurituvidagi ishlarni qo’zg’otish uchun asos bo’lgan holatlarga mos bo’lishi zarur.
Bunday topshiriqlar bilan auditorlik tekshiruvining muddati auditor bilan (auditorlik firmasi
bilan) kelishuv bo’yicha, lekin, qoidaga ko’ra, ikki oydan ortiq bo’lmagan muddatga belgilanadi.
Agar shartnoma tuzilgandan yoki auditorlik tekshiruvi o’tkazishga topshiriq berilgandan
keyin amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos holda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga yo’l
qo’yilmaydigan holatlar paydo bo’lsa yoki ma’lum bo’lib qolsa, shartnoma bekor qilinadi,
topshiriq esa chaqirib olinadi (bekor qilinadi).
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish va maxsus auditorlik tekshiruvi bo’yicha xulosa tuzishda
auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektdan hamda har qanday uchinchi tomondan,
shu jumladan, ularga tekshiruv o’tkazishni topshirgan davlat organlaridan ham, mustaqildir.
Surishtiruv, prokuror, tergov, sud va arbitraj sudi organlari tomonidan berilgan topshiriq
bo’yicha o’tkazilgan maxsus auditorlik tekshiruvi davomida olingan ma’lumotlar sud (arbitraj
sudi) hukmi (qarori) kuchga kirgunga qadar faqat ko’rsatilgan organlarning ruxsati bilan, ular
mumkin deb topgan hajmda oshkor qilishga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |