qoplamada boshqa hil plastik deformatsiyalar va buzilishlar yo‘q bo‘lishi, qoplama
yuzasi tekis bo‘lishi kerak); mashina mexanizmlarining ishga tayyorligi.
Eyilish qatlamini qurish paytida:
ishlarning boshlanish paytida havo harorati va avtog‘udronatordagi bitum
harorati o‘lchanadi;
kunlik ish davomida bir marotaba bog‘lovchi materialning sarflanish me’yori
tekshiriladi.
Yo‘lning o‘zida materiallarni organik bog‘lovchi bilan aralashtirish paytida:
har 25 m shablon bilan aralashtirib uyulgan material hajmining bir xilligi;
chaqiq tosh materialining namligi;
tayyorlangan aralashma sifati va hajmining bir xilda yoyilganligi tekshiriladi.
93-rasm.Mustahkamlangan yo‘l asosina koplama yotkizib zichlash
Emirilish qatlami bir vaqtning o‘zida koplama bilan birga kuriladi va tayyor
yoki xizmat muddati tugayotgan koplamaga yotkiziladi. Emirilish hisobiga koplama
qalinligi kamaygandan so‘ng xisoblangan chuqurlikka emirilish qatlami kayta
tiklanadi. Bu qatlam talab etiilayotgan tekislik va gadir-budirlikka ega bo‘lishi
kerak, shuning uchun uni eng chidamli, emirilishga chidamli, kam sillikdanadigan,
suv va sovuqka chidamli materiallardan qilish kerak.
YUzaga ishlov berishda
ko‘rsatilgan operatsiyalar soni kaytariladigan bo‘lsa, ikki va uch martalab kilinishi
kerak. YUzaga bir marotaba ishlov berishda qatlam qalinligi 1,5—2,5 sm,
ikkitalikning qalinligi 3—4sm, uchtalikning qalinligi — 5 sm ga etadi. Ishlov berish
soni yuzaga ishlov berilayotgan qatlam turi va sifatiga hamda uning vazifasiga
bog‘liq.
Yo‘l-iqlim mintaqasini hisobga olgan holda yuzaga ishlov berishda quyidagilar
ko‘llaniladi: BND 200/300 va BN 200/300, BN 130/200 va BND
130/200, BND 90/130 (GOST 22245—90) neftli bog‘lovchili yo‘l bitumlari;
SG 40/70, SG 70/130 i SG 130/200 (GOST 11955—82) neftli suyuk bitumlar:
Mineral material sifatida mayda chaqiqtosh xizmat qiladi ( 25 mm gacha)
yuqori
mustahkamlik tog‘ jinslari ( emirilish bo‘yicha I-1 va kam holatda I- 2), va
shag‘allarning maydalangani ishlatiladi. Material vazifasiga qarab, yirikligi va
yuzaga ishlov berish turi bo‘yicha tanlanadi.
Emirilish qatlamlarini qoplamalar yuzasiga bittalik ishlov berish usuli bilan kurittt
uchun 10-15, 15-20, 20-25 mm li o‘lchamli bir xil chaqiqtosh ko‘llaniladi.
Yirik
donalar eng maydalaridan 5 mm dan ko‘p fark
qilmasligi kerak.
CHegaralovchi o‘lcham bo‘yicha materiallarning bir jinsliliga talablar yuzaga
ishlov berish xizmatining tajribasiga asoslanib olinadi. Bir jinsli chaqiqtoshda bir
qatlam yoyib (3.15 rasm) yotkizilganda bunga eritttittt mumkin. Har xil jinsli
materiallarda xamma vaqt shunday kichik zarrachalar topiladiki ular yuqorida kolib,
bitum bilan kerakli ilasha ola olmaydi.(22.3,6). Avtomobillar g‘ildiragining urinma
kuchi ta’siri ostida bu chaqiqtoshlar ajiralib chikadi va chetga uchib ketadi, koplama
tekisligi bo‘ziladi va yo‘l chekkasidagi yigilib kolgan chaqiqtoshlarni tozalab olish
uchun koshimcha kul mehnati talab etiladi.
YUzaga ishlov berish ishlari quruq, iliq xavoda amalga oshiriladi. Bog‘lovchi
bitumlarni qo‘llashda xavo harorati 15 °S dan past bo‘lmasligi, suyuk bitumlar +10
°S dan past bo‘lmasligi, emulsiyalar +5 °S dan past bo‘lmasligi kerak. Kuzda, xavo
harorati belgilangan haroratdan past bo‘lsa, ishlar yomg‘ir
va sovuq davrlar
boshlanmasdan 15-20 kun oldin tugatiladi.
94-rasm. YUzaga ishlov berish:
1 - bog‘lovchi; 2 - bog‘lovchi ushlab kolmaydigan chaqiqtosh;
3 - bog‘lovchi ushlab koladigan chaqiqtosh
YUzaga ishlov berish bo‘yicha ishlarni tashqil etish, bitum bazalari va
omborlarni tashqil etishni, yo‘llarni tayyorlashni (ishchi zonani panjara bilan urash,
yo‘l belgilarini kuyish va asosni tayyorlash) uz ichiga oladigan tayyorgarlik ishlarini
o‘tqazishni talab etadi. Asosga koplama profili yoki
emirilish qatlamiga mos
keladigan tayyor turdagi bo‘ylama profil beriladi va u changdan tozalanadi.
CHangdan tozalash, uni imkon kadar boshqa tomonga puflaydigan yoki aksincha
“changni yutadigan” qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: