9-mavzu. Kolloid sistemalarning elektrokinetik xossalari



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana11.12.2022
Hajmi0,56 Mb.
#883684
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mavzu 9



9-mavzu. Kolloid sistemalarning elektrokinetik xossalari 
Reja: 
1.
Elektroforez va elektroosmos hodisalari.
2.
Oqib chiqish va cho`kish potensiallari.
3.
Elektroforez yordamida dzeta potensialni aniqlash. 
1.Elektroforez va elektroosmos hodisalari. 
Kolloid zarrachalar ma‘lum bir zaryadga ega bo‘lganligi uchun kolloid eritmaga 
tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon harakat qiladi: 
manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrodga tomon boradi. 
Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta‘sirida harakat qilish hodisasi 
elektroforez 
yoki 
katoforez 
deyiladi. 


Bu hodisani 1807 yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo‘lib kashf 
etgan. Reyss bir parcha loyga ikki nayni o‘rnatib, bu naylarga tozalab yuvilgan qum soldi va 
ikkala nayga bir xil balandlikda suv quydi. So‘ngra bu suvga o‘sha vaqtda elektrning birdan bir 
manbai bo‘lgan Volt ustuni elektrodlarini tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o‘tgach, 
musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalanadi: loy zarrachalari sekin asta ko‘tarilib, suvda 
suspenziya hosil qila boshladi. Lekin shu bilan bir vaqtda bu naydagi suv kamaya bordi, manfiy 
elektrod tushirilgan nayda esa suv ko‘tarila boshladi. Reyss bu tajribasi bilan loy zarrachalari 
manfiy zaryadli ekanligini isbotladi. Shu yo‘l bilan elektroforez usulida zarrachalarning 
zaryadlarini aniqlash mumkin bo‘ldi.
Reyss tajribasida biz ikki hodisani ko‘ramiz: bulardan biri loy zarrachalarining musbat 
elektrod tomon harakati bo‘lsa, ikkinchisi suyuqlikning manfiy elektrod tomon harakatlanishidir. 
Suyuqlikning elektr maydonida g‘ovak jism orqali elektrodlar tomon harakat qilishi 
elektroosmos 
deyiladi. Elektroosmos yo‘nalishiga qarab suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash 
mumkin. Rus olimlari 
I.Jukov va B.Nikolskiy elektroosmos hodisasidan foydalanib suvni tozalash usulini 
topdilar. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish