12
1 bob. Fiziologik akustika asoslari
1.1. Odam eshitish a’zosining tuzilishi
Keng doiradagi elektroakustik apparatlar:
telefonlar, mikrofonlar
radiokarnaylar, tovush yozish va qayta eshittirish apparatlariga,
shuningdek tovush kuchaytirish
traktlari apparatlariga, radioeshittirish
va televidenie dasturlari tovush jo‘rligiga bo‘lgan talablar asosan
odamning eshitish a’zosi bilan belgilanadi. Bu talablarni aniqlash, odam
eshitish a’zosining hamda, ko‘zning tuzilishini birgalikda o‘rganish
«eksperimental psixologiya»
yoki
«eshitish psixofiziologiyasi»
deb
ataluvchi fanlar asosini tashkil etadi. Tekshirishlarning asl mohiyati –
odam a’zolarining tovush, yorug‘lik va boshqa ta’sir
qiluvchilarga
nisbatan miqdoriy reaksiya ifodasini topishdan iborat. Faqat eshitish
a’zosining miqdoriy tavsiflari bilangina tovush va musiqalarni uzatish
uchun radiokarnaylarning
chastota diapazonlari, manbalarning tabiiy
eshitilishiga mos bo‘lgan tovushning shiddatliligi diapazoni (musiqa
asboblari ovozlari), nutq xabarlari va konsert dasturlarini eshitishdagi
belgilangan xalaqit beruvchi tovush shiddatliligi va b.q. texnik talablarni
ta’riflash mumkin. Bu tavsiflarni bilish
nutq tovushining qanday
tarkiblari axborot tashuvchi, elektroakustika traktlarida uzatilayotgan
signalning qanday buzilishi sezilarli va u eshittirishning
badiiyligi yoki
aniqligi bilan qanday bog‘langanligini tushunish uchun zarur. Nihoyat,
odamning eshitish a’zosi o‘ta mukammal tuzilgan biologik tizim. Bu
tizimning elementlari sun’iy akustik va elektron - akustik aniqlovchi
tizimlarni tuzishda foydali bo‘lishi mumkin.
Odam eshitish a’zosi axborotlarni o‘ziga xos qabul qilgich bo‘lib,
eshitish tizimining oliy bo‘limlari va pereferik qismlardan tashkil
topgan.
Odam eshitish a’zosining tuzilishi 1.1 rasmda ko‘rsatilgan.
13
1.1-rasm. Odam eshitish a’zosi
Eshitish a’zosi uch qismdan: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat.
Tashqi quloq, quloq chanog‘i 1 dan iborat bo‘lib, undan quloq pardasi 3
bilan tugovchi eshitish yo‘lakchasi kanali 2 ajraladi.
Quloq pardasi
tovushni eshitish jarayonidagi birinchi zveno hisoblanadi. Quloq pardasi
unga yetib kelgan o‘zgaruvchan bosimli tovush to‘lqinlariga mos holda
tebranadi. Atmosfera bosimi pardaning ikki tomonida bir xil
bo‘lgandagina uning normal tebranishi kuzatiladi: parda tashqi va o‘rta
quloqning chegarasi bo‘lib hisoblanadi. Pardaning ikki tomonida tovush
bosimining muvozanatlashuvi o‘rta
quloqdagi maxsus Yevstaxiev
trubkasi 4 deb ataluvchi burun tomoq bilan birlashuvchi kanal hisobiga
erishiladi. Bosim muvozanatining buzilishi natijasida quloqda qattiq
og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday hissini samolyot qo‘nishi vaqtida tashqi
atmosfera bosimining uchish vaqtidagi bosimga nisbatan oshishi tufayli
hammamiz sezamiz. O‘rta quloq uchta katta bo‘lmagan suyakchalardan:
bolg‘acha 5, ichki tog‘ay 6 va eshituv suyakcha 7 dan iborat.
Suyakchalarning
bunday
nomlanishi
ularning
shu
narsalarga
o‘xshashligi tufaylidir. Suyakchalar o‘ziga xos
richag hosil qilib quloq
pardasi tebranishini ichki quloqqa uzatadi. Eshitish suyakchasi ichki
quloqning mo‘jazgina yassi oval darchasiga biriktirilgan bo‘lib, unga
quloq pardasi qabul qilayotgan tebranishlarni uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: