Elektroakustika


 Akustik tebranish tizimi



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

4.5. Akustik tebranish tizimi 
 
Mexanik 
tebranish 
tizimlaridan 
tashqari 
elektroakustik 
o‘zgartkichlarda 
akustik tebranish tizimlari
deb ataluvchi tizimlar 
qo‘llaniladi. Ulardagi ayrim elementlar gazsimon muhitdan iborat. 
Akustik tizimlar bo‘shliq, kanallar, hajm rezonatorlari turida bo‘lib, 
birgalikda murakkab qurilmalarni tashkil etadi, o‘zining harakati bilan 
rezonans konturlari, filtrlar va b.q. o‘xshaydi. Akustik tebranish 
tizimining oddiy misoli sifatida kolba shaklidagi 
Gelmgols rezonatori
ni 
aytish mumkin (4.5-rasm). 
Rezonator 
parametrlari tarqalgan tizimni
ifodalaydi. Ammo, 
rezonatorning o‘lchamlari unga ta’sir etayotgan to‘lqin uzunligidan 
kichik bo‘lganda, unda bunday tizimni, 
parametrlari mujassamlangan 
tizim
deb qarash mumkin. 


96 
4.5-rasm. Gelmgols rezonatori a) va 
b)-uning elektr - ekvivalent sxemasi 
Rezonator hajmi V va ko‘ndalang kesimi S teng, bo‘g‘iz uzunligi l 
bo‘lgan kolba idishdan iborat. Kolbadagi havo shartli ravishda ikki 
bo‘lakka bo‘linadi: bir qismi idish tubida, qolgan qismi esa rezonator 
bo‘g‘izida deb faraz etiladi.
Rezonatorning barcha havo massasi m kolbaning bo‘g‘izida, 
elastikligi esa uning tubida mujassamlangan, kolba bo‘g‘izidagi havo 
massasi amalda siqilmaydi va qattiq porshen kabi harakatlanadi deb 
faraz qilamiz. Bunday porshenning harakatlanishida uning devori bilan 
havo zarrachalari o‘rtasida ishqalanish r paydo bo‘ladi. Rezonatorning 
tubida joylashgan havo elastiklik hususiyatiga ega, ya’ni egiluvchanlik 
C
v
rolini bajaradi. Bunday taqsimlash faqat taxminiydir, chunki 
rezonator tubidagi havoning bir qismi inersial qarshilikka ega. Ammo, 
S
S
1
nisbat katta bo‘lgandagina bunday taxmin qoniqarlidir, chunki 
tebranish kinetik energiyasining asosiy qismi rezonator bo‘g‘izida 
bo‘ladi. 
Shuning uchun olingan oldingi natijalar akustik tebranish tizimlari 
uchun ham haqlidir. Masalan, rezonatornint mexanik rezonans chastotasi 
v
a
0
c
m
1


teng. 
Rezonatorlar amalda ko‘p qo‘llaniladi. Uning aktiv qarshiligi 
qiymati va xarakteriga qarab qo‘llanilishi turlicha bo‘lishi mumkin. 
Agar aktiv qarshiligini inobatga olmasak, unda rezonator tovush 
kuchaytirgich vazifasini bajaradi. Ishqalanish qarshiligi sun’iy ravishda 
oshirilsa, unda rezonator tovush energiyasini yutuvchi xususiyatga ega 
bo‘ladi, ulardagi ishqalanish rezonator bo‘g‘izini berkituvchi mato 
hisobiga oshadi. 


97 
Radioeshittirish va televidenie studiyalarida, arxitektura va qurilish 
inshoatlarda, konsert zallarida keng qo‘llaniladigan rezonansli tovush 
so‘ndirgichlarning ishlashi shu prinsipga asoslangan.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish