Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Noqulay vaziyatlardan chiqishda uzr so‘rash hamda xushomadning o‘rni



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/184
Sana09.12.2022
Hajmi2,49 Mb.
#882723
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Noqulay vaziyatlardan chiqishda uzr so‘rash hamda xushomadning o‘rni 
 
Kimnidir bezovta qilsangiz, yonidan o‘tib ketayotib 
«Iltimos, uzr», «Kechirasiz»
deb uzr so‘rashingiz mumkin, ammo uning qisqa shakli 
«Uzr»
so‘zi bunday 
holatlarga unchalik mos emas. Odamlarni turtib o‘tish noqulay vaziyatga solib 
qo‘yishi mumkin. Ayniqsa, teatr yoki san’at saroylarida qatorlaridagi o‘rindiqlardan 
o‘tayotganda oldin ruxsat so‘rab, sizga yo‘l berishga ulgurmay qolgan odamlarning 
oyoqlarini bosmasdan o‘tishga harakat qilmoq lozim. 
 
Xushomad
– insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, hatti-harakatidan 
ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis shaklga 
o‘rangan bu ifodadan hammamiz zavqlanamiz – har birimizda ozgina miqdorda 
bo‘lsa ham o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud. Xushomadlar 
jamoatda yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Xushomad yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. Agar 
xushomadlarni kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga ajib 
bir tarovat qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, ta’ma, 
oshirib yuborishlik bo‘lsa, ular kulgilik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. 
Qo‘pol xushomad doimo o‘rinsizdir va uni ifodalovchi odam yaxshi 
ko‘rsatmasligi aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‘z vaqtida 
va joyida qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday nazokatga ko‘milgan xushomad 
hamisha odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq 


72 
bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik 
xushomadlarni qanchalik joyida va mos kelishi haqida o‘ylamay mulozamat qilishga 
odatlanib qolishgan.
Ayol kishiga nisbatan tez-tez: 
«Bugun juda chiroylisiz?»
yoki 
“Bugun juda 
ochilib ketibsiz?”
degan xushomadni eshitamiz. Endi tasavvur qiling, xushomadga 
javoban takalluf qilishni o‘rniga ayol kishi: 
«Kecha mening ko‘rinishim yomonmidi?»
degan tabiiy savolni javob bersa

chi?! 
«Bugun juda chiroylisiz?»
degan xushomadni 
aslida xushomad qatoriga kiritmasa ham bo‘ladi. Chunki u yuqorida aytganimizdek, 
ikki xil ma’noga egadir. Ammo 
«Bugun juda yasanibsiz!»
degan so‘zlar ikki xil 
ma’noga ega emas. Xushomadda yorqin ko‘rinuvchi maqtov bo‘lmasligi lozim. 
Xushomad qilayotganingizda oshirib yuborishlar hamda ortiqcha hayratdan 
o‘zingizni tiying. Xushomadda aql o‘rgatadigan so‘zlardan saqlaning: 
«Bu ko‘ylak 
sizga yarashibdi, ko‘proq shuni kiying». 
Qanday qilib xushomadni ifodalash mumkin? Ishonchli ohangda, jilmayib, 
ko‘ngilochiqlik bilan izhor qiling. Imo va ishoralar so‘zlarga mutanosib bo‘lmog‘i 
kerak. Xushomadda kinoyaga hatto ishora ham bo‘lmasligi lozim. Yo‘l–yo‘lakay va 
ish orasida xushomadni aytib ketmang. Xushomadga tayyorlanar ekansiz, unga 
bo‘lgan ta’sirni hisobga olish darkor. Agar siz aytmoqchi bo‘lgan narsada aksil ta’sir 
holati bo‘lishi ham mumkinligini bilsangiz, o‘ylagan fikringizdan qayting. Bir ayolga 
xushomad qilar ekansiz, ikkinchisining eshitish imkoni borligini bilsangiz, ehtiyot 
bo‘lgan ma’qul. Ba’zi vaziyatlarda bu oxirgi ayolni, ayniqsa u agar yolg‘iz yoki 
notanish davrada bo‘lsa kayfiyatini buzib qo‘yishi mumkin. Erkaklarga qilinadigan 
o‘zaro xushomad nafaqat qabul qilinmagan, hatto odobsizlik ham sanaladi, bunday 
xushomadgo‘y kulgiga uchraydi. Ayollar, shu bilan bir qatorda yosh qizlar ham 
erkaklarga xushomad qilishdan tiyilganlari ma’qul. Aks holda ular noqulay va 
kulgilik vaziyatga tushib qolishlari mumkin va o‘zlari, hamda maqtov egasini ham 
obro‘sini tushirib qo‘yishlari mumkin.
Erkak kishidan latif xushomadni eshitgan ayollar hissiyotlariga ishonchli tarzda 
sho‘ng‘ib ketmaganlari ma’qul. Barcha turdagi xushomadlarni yaxshi qabul 
qilaverishda ehtiyot bo‘lmoq lozim, chunki ba’zi mulozamatlarda ikkiyuzlamachilik 
va soxta muhabbat berkingan bo‘lishi mumkin. Tanimagan-bilmagan odamning 
xushomadiga qilingan juda «quyuq» javob, nafaqat noo‘rin baho, tasavvurni paydo 
qilish mumkin, balki g‘aliz niyatli kishilarning o‘yini qurboniga ham aylantirib 
ko‘yishi mumkin. Qanchalik zamonaviy olamda yashamaylik, insonning ori, nomusi, 
izzat-nafsi hamda qadr-qimmati birinchi navbatda turmog‘i lozimligini kishi 
unutmasligi joiz. 
“Boshqa odamlarning xotinlariga nisbatan iffatli bo‘linglar, shunda sizlarning 
xotinlaringizga nisbatan ham iffatli bo‘lurlar”, -
deyiladi sahih hadislarda. Iloji 
boricha begona ayolga xushomad qilishdan saqlangan ma’qul.


73 
Qanday qilib samimiy maqtovga javob berish lozim? Tashakkurni odatiy 
«rahmat»
so‘zi bilan kifoyalanmay chin dildan bildirmoq darkor. Sizni maqtagan 
odamga 
«teginish»
dan o‘zini tiygan ma’qul. Muloyim minnatdorchilik bilan 
cheklanib, izoh va savollarni o‘zimizda saqlaganimiz yaxshiroq. Xushomadni eshitib, 
qarshilik bildirish qadr-qimmatni tushirishi yoki riyokorlikni ko‘rsatib qo‘yishi 
mumkin. Agar sizning tashqi ko‘rinishingiz yaxshi ekanligidan shavq bilan 
gapirsalar, o‘zingizni noqulay his qilishingiz haqida aytish lozim.

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish