REJA:
1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
2. Annotatsiya so’zining ma’nosi.
3.Annotatsiyaga namuna.
Аnnоtаtsiya – bаdiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhinin maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.
Mazmunni to’liq qamrab olishi bo’yicha
|
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
| |
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan jihatlardagi tavsifini beradi)
| |
- guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
|
Mazmuni va maqsadli vazifasi bo’yicha
|
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi)
| |
- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan
|
Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertatsiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.
Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashdagaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!
Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!
Ortiqcha narsalar: kirish so’zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!
“Klishelashtirilgan” iboralardan foydalanib, bir qator maqolalarga annotasiyalar tuzing:
Annotasiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so’z birikmalari:
Maqolada…lar ko’rib chiqilgan.
…ko’rsatilgan.
…ning tavsifnomasi katta o’rin egallaydi.
…keng material keltirilgan.
Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko’rib chiqish orqali yuritiladi.
… ning mohiyatini ochishda
Muallif …ning ilmiy ta’rifini birinchi marta beradi va hokazo.
Annotatsiya
Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |