82
qilayotgandek tutishingiz lozim. Chunki chaqirgan mehmoningiz o‘zini komfort,
yanikim qulay his qilishi kerak.
Stol atrofida biznes aloqalar
haqida
gaplashmoqchi bo‘lsangiz
suhbatdoshingizni izzat nafsoniyatiga tegmaslikka harakat qiling.
Tushlik vaqtida 2 holatda ovqatni buyurtma berishingiz mumkin. Birinchidan,
buyurtirilgan ovqatlarni istemol qilish, yoki
menyuga qarab har bir inson
buyurtmasiga qarab.
Agar tushlik vaqtida buyurtirilgan ovqat sog‘lig‘ingizga to‘g‘ri kelmasa yoki
yoqmasa, hammaga eshittirib “Meni yazvam bor, men buni yemayman!”
deb aytish
kerak emas. Astagina ofitsantni chaqirib astagina aytish joiz. Butun stol atrofidagi
odamlarga achchiq qilib, yoki dasturxon oldida kasalligingizni fosh qilish odobsizlik
sanaladi.
Agar tashrif byuradigan mehmon chet eldan kelishi kerak bo‘lsa,
taklif
qiluvchi tushlik joyini Shunga qarab belgilashi kerak.
Tashrif buyuruvchi nimaga taklif qilinganini so‘ramasdan oldin taklif qiluvchi
taklifini boisi nimaligini gapirmasligi lozim.
Qabul
Kimdir yoki nimadir uchun nishonlanadigan yig‘ilish qabul deb ataladi. Qabul –
odamlar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi muloqot shaklidir. Uning sabablari
va sababchilarining darajasiga qarab
qabul rasmiy
va
norasmiy qabul
larga ajratiladi.
Chet el vakillari uchun yoki ularning ishtirokida tashkil qilinadigan qabullar
odatda
diplomatik qabul
deb atashadi. Bu qabullarning turli usullari mavjud.
«Shampan bokali»
– qabuli milliy bayram yuzasidan,
delegatsiya sharafiga,
elchining kyetishi va h.k da uyushtiriladi. Qabulda mehmonlarga shampan vinosi,
qovurilgan yong‘oqlar, shokolad, ba’zida esa mayda pishiriqlar tarqatiladi.
«Vino bokali»
qabulida mehmonlarga vino,
turli kanape, tartaletkalar, mevalar
tortiladi.
«Jurfiks»
fransuzchadan olingan aniq vaqt deb
tarjima qilinadigan qabulda
ma’lum bir paytda va kunda qish yoki kuz fasli davomida o‘tkaziladi.
«Jurfiks»
tipiga
qarab odatda simpozium, konferensiyalar o‘rtasidagi tanaffusda xizmat ko‘rsatiladi.
Mehmonlarga gazaklar, sharbat, suv va issiq ichimliklar tarqatiladi.
«Barbekyu»
nomli qabulda esa yoz paytlarida, ochiq havoda (odatda yakshanba
kunlari) o‘tkaziladi. Mehmonlarga aylanma sixda qovurilgan go‘sht, vino va salqin
ichimliklar tortiladi. Bu qabul odatda 12-13 soatlarda o‘tkaziladi.
Ko‘p hollarda
diplomatik qabullar nonushta, tushlik yoki choyga, ba’zida esa
kechki ovqatga ham taklif qilish orqali amalga oshiriladi. Nonushta uchun 12 dan 13
gacha, undan 45-60 daqiqasini mehmonlar stol atrofida o‘tkazadilar. Tushlik 19 dan
83
21 gacha davom etib, mehmonlar bir soatcha stol atrofida o‘tiradilar. Choyga 15-16
larga taklifqilinadi, ular ham bir soatcha stol atrofida o‘tiradilar. Kechki ovqat odatda
21 dan keyin uyushtiriladi.
Bu qabullarning har biri ikki qismdan iboratdir. Birinchisi – uchrashuv,
ko‘rishuv hamda mehmonlarning yig‘ilishi, shahsiy va umumiy suhbatlar, kelganlarni
banket stolidagi o‘z joylari
bilan oldindan tanishtirish, aperitiv. Ikkinchisi – banket
(ko‘p hollarda to‘liq xizmat bilan).
Do'stlaringiz bilan baham: