Borliq va rivojlanish falsafasi


Sistema, struktura, element



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/36
Sana07.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#880462
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
2.BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

Sistema, struktura, element
falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib 
hisoblanadi. Sistema – grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, 
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. 
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy 
munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, 
nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy 
izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional 
faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, 
chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning 
mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni 
maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning obyektiv reallikni nazariy 
bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari 
samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan 
xarakterlanadi. 
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining 
tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, 
aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan 
sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan 
ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, 
aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani 
sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning 
strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab 
turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, 
moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro ichki 
munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. 
Ular umumlashgan xolda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, 
moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan 
elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki 
struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. 


Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, 
munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda 
element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. 
Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida 
individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga 
tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa 
munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha 
bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida 
tahlil qilishni taqozo etadi. 
Shuni alohida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan 
manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil 
sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil 
qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa 
sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil 
sistemaligini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, 
kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. 
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa 
va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining 
umummetodologik asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va 
muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida 
ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon 
xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida 
ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib, 
muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, 
konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati 
strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, 
sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma’lum vaqtga kelib 
muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. 
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va 
hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. 
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o‘quv qo‘lanmalaridan farqli 
o‘laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft 
kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va 
hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va 
voqyelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko‘rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» 
«umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan 
uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, 


nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. 
Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish