19
Televideniya ko‗rsatuvlarini va ovozli dasturlar olishda taqsimlash xizmati
vakil bo‗lib hisoblanadi.
1.8-jadval.
Xududiy foydalanishda shaxsiy boshqarishni taqsimlash xizmati
Ma’lumot turi
Keng yo’lakli xizmat
na’munasi
Qo‘llanish sohasi
Matnli, grafikli,
xarakatlanmaydigan
tasvir
Video grafikli kanalni
joriy qilish
O‗qitish va
shug‗ullanishda,
reklamada,
yangliklarda,
dasturlarda
Telekommunikatsiya kanallarida ma‘lumotni uzatishdan maqsad,
aloqani
tashkil etuvchi nuqtalarni aniqlab, ma‘lumotni shu nuqtalardan maxsus tuzilgan
qurilmalar majmuasiga uzatishdan iborat. Bu esa ma‘lumot uzatish tarmog‗i
deyiladi.
1.2. Ma‘lumot uzatish tarmoqlariga qo‗yiladigan talablar
Ma‘lumot uzatish tarmog‗iga va aloqaning boshqa tarmoqlariga qo‗yiladigan
talablar quyidagilar:
1. Ishonchlilikka bo‗lgan talab tarmoqning ma‘lum chegarasida oldindan
kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‗llab quvvatlovchi funksiyani ta‘minlash
kerakligini bildiradi.
2. Yashovchanlikka talab tarmoqning ma‘lum
chegarasida barcha oldindan
kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‗llab quvvatlovchi funksiyasi mavjud
bo‗lib, aniq sondagi ichki va tashqi buzilishlar yuz berganida tarmoqning ishlash
imkoniyatini saqlab qolishini bildiradi.
3. Iqtisodiyligi. Tarmoqni ta‘minlash shartlari bo‗lgan holda bunday
tarmoqni yaratish va amalda qo‗llash xarajatlarini optimallash.
20
4. Kelajakda rivojlana olish imkoniyati. Bu talab tarmoqni doimiy ravishda
yuklanishning oshib borishi bilan bog‗liq bo‗lib, ko‗p hollarda tarmoq yuklanishi
qay darajada ekanligini aniqlashning iloji yo‗q.
Tarmoq konfiguratsiyalarini amalga oshirish oddiy jarayon bo‗lmasligi va
tarmoq faoliyati boshidanoq samarali bo‗lishi kerak. Bu konfiguratsiyalar
kelajakka moslashuvchan etib yaratilishi kerak. Shu bilan birga ma‘lumot uzatish
tarmoqlarining yangi imkoniyatlari paydo bo‗lganda, tarmoq konfiguratsiyalari bu
imkoniyatlarni o‗zlashtirish qobiliyatiga ega bo‗lishi kerak.
Umuman olganda ma‘lumot uzatish tarmog‗i
quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
1.
Integrallik – tarmoq har xil turdagi axborotlarni ularning uzatilish
sifatiga mos kelgan holda uzatish imkoniyatini ta‘minlashi kerak;
2. Samaralilik – uzatishda tarmoq o‗z zahiralaridan samarali foydalanish
imkoniyatini ta‘minlashi kerak;
3. Axborotni yetkazib berishning ishonchliligi – tarmoq qurilmalari o‗rtasida
aloqa uzilganida ham tarmoq axborotni yetkazib berishni kafolatlashi kerak;
4. Yashovchanlik – tarmoq har qanday ko‗rinishdagi axborot uzatish
harakteristikasi bo‗yicha ishlash qobiliyatiga ega bo‗lishi shart. Faoliyatini ma‘lum
sabablar tufayli to‗xtatgan tarmoq qurilmalari sonining oshishi tarmoqning xizmat
ko‗rsatish
sifatini tushirib yuboradi, shunday bo‗lsa-da, tarmoqning ikki punkti
o‗rtasida biror ko‗rinishdagi axborotni yetkazib berish bajarilishi kerak;
5.
Mobillik – tarmoq har xil nuqtalarda joylashgan foydalanuvchilarning
tarmoqqa ulanishi va tarmoqdan chiqishi vaqtida boshqa foydalanuvchilarning
tarmoqdagi faoliyati buzmasligi va
normal ishlashi kerak;
6. Amalda qo‗llashning uzluksizligi – tarmoqda o‗z ishlash xususiyatini
yo‗qotmasdan o‗zining ishdan chiqqan qurilmalari va qurilmalararo aloqalarni
aniqlash, lokallash va bartaraf etish imkoniyati bo‗lishi kerak;
7. Rivojlanuvchanlik – tarmoq ham alohida guruh doirasida,
ham tarmoq
orqali birlashtiriladigan guruhlar soni bo‗yicha foydalanuvchilar sonini oshirish
imkoniyatini ta‘minlashi kerak;
21
8. Shovqindan himoyalanganlik – tarmoqda aloqa kanalining xatoliklar
ehtimoli katta bo‗lganda ham biror ko‗rinishli ma‘lumotni yetkazib berish xatolik
ehtimoli kichik bo‗lishi ta‘minlanishi kerak.
Tarmoqning alohida qismlarida qisqa muddatli shovqinlar, to‗siqlar
bo‗lganida ham o‗z faoliyatini davom ettira olishi kerak.
Tarmoq shovqinni
bartaraf etishda o‗z normal faoliyatini tiklay olishi kerak. Yuqoridagilarni hisobga
olib ma‘lumot uzatish tarmoqlarini yaratishda quyidagi talablarning qondirilishi
hisobga olinishi kerak:
1. Ko‗plab foydalanuvchilar va chiziqli interfeyslarga taqdim etilishi kerak
bo‗lgan mavjud aloqa tarmoqlari infratuzilishsidan foydalanish,
jumladan har xil
jinsli transport tarmoqlari mavjud bo‗lgan tarmoq qurilmalari o‗zaro ishlash
imkoniyati nazarda tutilgan;
2. Katta xarajatlar jalb etmasdan tarmoq zahiralarini oldindan taqsimlash
imkoniyati, buning uchun tarmoqning o‗zi bir turdagi
qurilmalarga asoslangan
bo‘lishi afzal, qurilmalar esa umumiy modullarning maksimal universalligi bilan
modulli tamoyil asosida qurilishi kerak;
3. Tarmoqning kengaya olish imkoniyati;
4.
Do'stlaringiz bilan baham: