Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 Dunyo aholisi takror barpo bo‘lishining geografik xususiyatlari



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
5.3. Dunyo aholisi takror barpo bo‘lishining geografik xususiyatlari 
 
Tug‘ilish,  o‘lim  va  aholi  tabiiy  o‘sishi  past  bo‘lgan  huddlarda  aholi  takror 
barpo  bo‘lishining  1  turi  kuzatiladi.  Xozirgi  davrga  kelib,  aholi  takror  barpo 
bo‘lishining  1  turi  Yevropa,  Shimoliy  Amerika  davlatlarida  kuzatilmoqda.  Aholi 
takror barpo bo‘lishining 1 turida har bir oiladagi farzandlarning o‘rtacha soni 2,5 
tadan  kamdir.  Ilmiy  manbalarda  har  bir  oila  o‘rtacha  2  tadan  farzand  ko‘rsa  o‘z 
ota-onalari  o‘rnini  to‘ldiradilar.  Agar  oilada  3  tadan  farzand  bo‘lsa  uchinchi  bola 
turli  sabablar  (baxtsiz  hodisalar,  kasalliklar)  bilan  hayotdan  ko‘z  yumgan  bolalar 
va farzandsiz oilalarni “qoplaydi”, ya’ni o‘rnini bosadi. Shuning uchun ham aholi 
sonini  bir  me’yorda  saqlanishi  uchun  oiladagi  farzandlar  soni  o‘rtacha  2,5  bolani 
(demak oilalarning yarmi 2 bolali, yarmi esa 3 bolali) tashkil yetishi lozimdir. Agar 
oilada farzandlar soni 2,5 tadan kamayib borsa, aholi soni kamayadi va demografik 
inqiroz  sodir  bo‘ladi.  Oiladagi  farzandlar  soni  tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti 
(har  bir  15-49  yoshdagi  ayolga  to‘g‘ri  kelgan  bolalar  soni)  yordamida  aniqroq 
ifodalanadi.  2009  yilda  tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti  dunyo  bo‘yicha  2,6  ni, 
Afrika qita’sida 4,6, Amerikada 2,2, Osiyoda 2,3, Yevropada 1,5 va Avstraliya va 
Okeaniyada 2,5ni tashkil etgan.  


 
130 
Demografik  inqirozga  yuz  tutgan,  aholi  takror  barpo  bo‘lishining  1  turi 
kuzatilayotgan davlatlarda demografik siyosat “depopulyasiya” ya’ni, aholi sonini 
kamayib  ketish  jarayonini  to‘xtatishga  qaratilmog‘i  lozimdir.  Bunday  siyosatning 
asosiy  maqsadi  oilada  ikkinchi,  uchinchi  farzandlarni  ko‘rish,  davlat,  jamiyat 
tashkilotlari  tomonidan  ham  iqtisodiy,  ham  ma’naviy  qo‘llab  quvvatlashga 
qaratiladi.  Aholi  takror  barpo  bo‘lishining  2  -  turi,  aholining  tug‘ilishi,  tabiiy 
o‘sishi  juda  yuqori,  o‘limning  esa  nisbatan  kam  bo‘lgan  holatlarida  kuzatiladi. 
Bunday  holat  Afrika  qit’asidagi  deyarli  barcha  davlatlarda,  Avstraliya  va 
Okeaniyada, Osiyodagi ba’zi davlatlarda kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo‘lishi 
2  turi  bo‘yicha  eng  yuqori  ko‘rsatkichlar  G‘arbiy  Afrikadagi  Nigyer  davlatida 
(tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti-7,4;  tug‘ilish  umumiy  koeffitsienti-53;  o‘lim-
14  va  tabiiy  o‘sish  39  promille)  Sharqiy  Afrikadagi  deyarli  barcha  davlatlarda 
(tug‘ilish  30-47  promille;  o‘lim  3-18  promille,  tabiiy  o‘sish  10-34  promille) 
kuzatiladi.  
Aholi  takror  barpo  bo‘lishining  2-turi  kuzatilayotgan  qator  davlatlarda 
aholining  haddan  oshib  ko‘payib  borishi,  ya’ni  “demografik  portlash”  jarayonini 
oldini  olish  muammosi  mavjuddir.  Ushbu  muammoni  bartaraf  etishda  tug‘ilishni 
nazorat  etish  uslubidan  foydalaniladi.  Davlat  siyosati  oilani  demografik  nuqtai-
nazaridan  rejalashtirishga  qaratiladi.  Bunday  siyosat  Xitoy,  Xindiston  va  qator 
rivojlanayotgan  davlatlarda  olib  borilmoqda.  Hozirda  yer  shari  aholisi  tug‘ilish 
umumiy  koeffitsienti  har  ming  kishiga  20  promillega,  aholi  o‘limi  8  promillega, 
tabiiy ko‘payish 12 promillega (2017 y.) teng bo‘lmoqda.  
XVIII  asr  oxirlariga  qadar  yer  yuzining  barcha  mintaqalarida  tug‘ilish 
ko‘rsatkichi  yuqori  bo‘lgan,  XX  asrga  kelib,  aksariyat,  rivojlangan  davlatlarda 
industrlashtirish,  urbanizatsiya  jarayonlarining  jadallashuvi,  ayollarning  ishlab 
chiqarishda  faolligining  avj  olishi,  fan-ta’lim  sohasidagi  rivojlanishlar, 
madaniyatning  taraqqiy  yetishi,  nikoh  qurish  yoshining  ko‘tarilishi  natijasida, 
tug‘ilish  bir  muncha  pasaydi.  XIX  asr  oxirida  Yevropa  davlatlarida  tug‘ilish 
yuqori,  o‘lim  past  bo‘lib,  aholi  takror  barpo  bo‘lishi  intensiv  holatda  bo‘lgan 
bo‘lsa,  XX  asrda  huddi  shu  ahvol  Lotin  Amerikasi  davlatlarida  kuzatilgan. 


 
131 
Yevropada bu vaqtda tug‘ilishning pasayishi ahamiyatli tus olgan va hozirgacha bu 
jarayon davom etmoqda. 
Tug‘ilish  darajasidagi  o‘zgarishlarni  eng  aniq  ifodalovchi  demografik 
ko‘rsatkichlardan biri tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti bo‘lib, u ma’lum avlodga 
tegishli  har  bir  ayolning  farzand  ko‘rish  davrida  (o‘rtacha  15-49  yosh)  tug‘ilgan 
bolalarining o‘rtacha sonini bildiradi. Agar mazkur koeffitsient qaysi bir hududda 
4,15  dan  yuqori  bo‘lsa,  shu  hududda  aholi  soni  tez  sur’at  bilan  ko‘payib  boradi, 
aholi  tarkibida  bolalar  (0-14  yosh)  salmog‘i  yuqori  bo‘lib,  qariyalar  (65  yosh  va 
undan kattalar) salmog‘i past bo‘ladi. Agar tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti 2,15 
dan kichik bo‘lsa, aholi juda sekin o‘sib boradi, aholi tarkibida bolalarga nisbatan 
qariyalar  salmog‘i  yuqori  bo‘lib,  aholining  demografik  “qarish”  jarayoni  ro‘y 
beradi.  Bu  ko‘rsatkich  2,15  dan  4,15  gacha  bo‘lsa  tug‘ilish  darajasi  me’yorda 
hisoblanib, aholi o‘rtacha darajada ko‘payib boradi. 
Tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti  dunyo  bo‘yicha,  2,5  ga  teng  (2017  y). 
Demak, aholi takror barpo bo‘lishda davom etmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 
bu  raqam  1,7  ga,  rivojlanayotgan  davlatlarda  3,0  ta,  o‘rtacha  darajadagi 
rivojlanayotgan davlatlarda esa 2,6 ga teng (2017 y). Afrikada tug‘ilishning ushbu 
koeffitsienti eng yuqori ko‘rsatkichga ega, ya’ni 4,7, Amerikada 2,2, AQSHda 2,0, 
Osiyoda  2,2  va  Yevropada  1,6  ni  tashkil  etadi.  Dunyo  bo‘yicha  Angola, 
Kamyerun,  Brunda,  Malavi  davlatlari  (5,7-6,5)  aholisi  o‘ta  yuqori  tug‘ilish 
darajasiga  ega.  Yevropa  aholisi  demografik  inqirozga  yuz  tutgan,  bironta  davlat 
aholisida  tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti  2,0  dan  oshmaydi.  Bunda  albatta 
mamlakatlar  aholisining  yosh,  jinsiy,  milliy  tarkibi,  hududiy  joylashuvi, 
ayollarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  o‘ta  yuqori  darajada  bandligi  kabi 
xususiyatlari alohida o‘rin tutadi.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish