R
o
= RL
x
R
o
– netto koeffitsienti ifodasi
R – brutto koeffitsienti
L
x
– ona yoshigacha yashagan qizlar
1
Nemis statistic demografi R.Кuchinskiy tomonidan qo‘llanilgan.
126
Agar R
o
>1 aholi soni muntazam ko‘payib boradi, R
o
<1 bo‘lsa esa aksincha
kamayadi.
Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyat davomiyligini ta’minlovchi asosiy
jarayon bo‘lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir. Inson dunyoga
kelib yashaydi, balog‘at yoshiga etib, farzand ko‘radi, nasl qoldiradi. Bu uzviy
jarayon tufayli, jamiyatda avlodlar almashadi, aholi takror va takror barpo
bo‘lavyeradi. Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyatning mavjudligini, aholi
sonini o‘sib borishini ta’minlovchi jarayondir, lekin, u bevosita ijtimoiy-iqtisodiy
muhit bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
Insonlar o‘z hayotlari davomida boshqa insonlarni dunyoga kelishiga omil
bo‘ladi. Aholining takror barpo bo‘lish jarayoni ijtimoiy muhit uchun ham muhim
omil sanaladi. Ayni vaqtda, insonlar o‘z hayotlari uchun zarur narsalarni (oziq-
ovqat, turar-joy va kiyim-kechak va h.k.) yaratib, ishlab chiqarishni
rivojlantiradilar. Bu jarayonda insonning bilim, ilm darajasi, malakasi, hayotga,
uzoq umr ko‘rishga bo‘lgan intilishi, harakati kuchayib boradi. Demak, dunyoga
kelgan inson jamiyatda yashashi bilan uning sifatiy xususiyatlari ham rivojlanadi.
Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining uch asosiy: tabiiy,
hududiy (migratsiya) va sotsial harakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadilar.
Aholining takror barpo bo‘lishida uning tabiiy harakati, ya’ni tug‘ilish va
o‘lim asosiy omil hisoblanadi. Tug‘ilishning yuqori bo‘lishi aholi takror barpo
bo‘lishi jarayonini kuchaytiradi va aholi sonini ko‘payib borishiga olib keladi.
Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aholi takror barpo bo‘lishining asosi bo‘lgan
tug‘ilish, shahar turmush tarzi ta’sirida kamayib borgan. Aksincha, qishoq turmush
tarzi ta’siri tug‘ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishga olib kelgan.
Aholining shahardan qishloqqa yoki qishloqdan shaharga kelib yashashi bevosita
uning reproduktiv mayliga ta’sir etib, tug‘ilishni kamayishi yoki ko‘tarilishiga olib
keladi. Xuddi shunday aholining sotsial harakati uning ma’lumotlilik darajasini
oshib borishi, ilm malaka talab etgan xizmat doirasida faoliyat ko‘rsatishi, tibbiy
bilimlardan ko‘proq xabardor bo‘lishi, uning uzoq umr ko‘rishiga, nasl qoldirish-
farzandlar ko‘rishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
127
Insoniyatning paydo bo‘lishi va jamiyatning rivojlanishi davomida aholi
takror barpo bo‘lishini boshqarish tizimida katta o‘zgarishlar kuzatilgan. Aholining
takror barpo bo‘lishi, tug‘ilish va o‘lim jarayonlarini boshqarish orqali ma’lum
maqsadga yo‘naltiriladi. Aholining tabiiy harakati, aholi tabiiy o‘sishi
ko‘rastkichlari orqali ifodalanadi.
1> Do'stlaringiz bilan baham: |