5.2. Aholi takror barpo bo‘lishining turlari va o‘tish bosqichlari
Insoniyat jamiyati tarixida aholi takror barpo etilishida ma’lum o‘zgarishlar
sodir bo‘lgan va bo‘lmoqda, oqibatda, hozirgi davrda dunyo aholisining takror
barpo yetishining quyidagi tiplari paydo bo‘ldi:
1)arxetip, 2) an’anaviy tip, 3) zamonaviy tip.
Arxetipga xos aholining tabiiy o‘sishi insoniyatni demografik rivojlanishida
uzoq davom etgan davri bo‘lib, aholining yuqori darajadagi tug‘ilishi yuqori
darajadagi o‘limi ko‘rsatkichlari bilan kuzatiladi. Bunday, tabiiy o‘sish hozirgi
davrda Afrikaning ko‘pgina qoloq mamlakatlariga xos. Turli ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitda aholining takror barpo bo‘lishining turli ko‘rinishlari mavjud. Jumladan,
rivojlanayotgan yoki iqtisodiy nochor davlatlardagi aholi o‘rtasida erta oila qurish,
ko‘p farzandlilik, ayollar ahvolini yaxshi himoyalanmaganligi, ma’lumotlilik
darajasining pastligi, sog‘liqni saqlash tizimining yetarli yo‘lga qo‘yilmaganligi
tug‘ilishning juda yuqori bo‘lishiga, o‘lim darajasining, ayniqsa, bolalar va ayollar
o‘limining ko‘pligiga sabab bo‘ladi. Aholining turmush darajasi baland, madaniy
saviyasi yuqori bo‘lgan aksariyat, rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo
bo‘lishida tug‘ilish darajasining pastligini, o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi eng
balandni tashkil yetishini ko‘ramiz.
Angliyalik iqtisodchi Semyuel Leng “agar hamma yetarli, qulay, yaxshi
sharoitda yashaganda edi, hozir dunyo odamsiz qolgan bo‘lur edi”, deydi. Bundan
aholining moddiy ahvoli, ma’naviy turmush darajasi yuksalib borar ekan, o‘z
navbatida, inson psixologik nuqtai-nazardan ko‘p farzand ko‘rishni istamaydi,
degan fikr tug‘iladi.
128
B.S.Urlanis “Moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarning farzandlari
kam sonlidir”, deb iqtisodiy omilning demografik omilga ko‘rsatayotgan ta’sirini
ifodalab beradi. Shuningdek, u moddiy omil bilan ma’naviy omilning avlodlar
almashinuviga hamisha bir hil yo‘nalishda ta’sir etmasligini ham aytib o‘tadi.
Aholi takror barpo bo‘lishi, ushbu omillar ta’sirida bir-biridan farq qiluvchi tiplari
vujudga keladi.
Birinchi tip-bu guruhga kiruvchi davlatlarda yashovchi aholi o‘rtasida
tug‘ilish va o‘limning yuqori darajasi va bunga mos ravishda, aholining kam
miqdorda ko‘payishi xos bo‘lib, hozirda ushbu tipga kiradigan davlatlar yer
sharida juda kam miqdorda uchraydi.
Ikkinchi tip - davlatlariga tug‘ilish miqdori yuqori, o‘lim ko‘rsatkichi
tibbiyotdagi erishilgan yutuqlar evaziga keskin kamayib boradi. Aholi yosh tarkibi
progressiv, keksa va qariyalar salmog‘i kam sonli, bolalar, yoshlar ko‘pchilikni
tashkil etgan holda, aholi takror barpo bo‘lishi ijobiy baholanadi, “demografik
portlash” kuzatiladi. Aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan ushbu tipiga
Afrikaning barcha davlatlari, Xorijiy Osiyo, Janubiy Amerikaning qator davlatlari,
Avstraliya va Okeaniya, O‘rta Osiyo davlatlarini kiritish mumkin.
Uchinchi tip-bu tipdagi davlatlarda aholi o‘limining kam miqdori ushlanib
turgan holda, tug‘ilish darajasi qisqarib boradi. Aholi soni haddan tashqari
ko‘payib yoki kamayib ketmaydi. Aholining ma’lum bir miqdorda o‘sishi
kuzatiladi. Ushbu tipdagi davlatlar aholi takror barpo bo‘lishining oddiy tipiga
kiruvchi davlatlar, deb ataladi.
To‘rtinchi tip - davlatlari aholisi o‘z-o‘zini qayta tiklamaydi. O‘lib
ketayotganlar mutloq miqdori hayotga yangi kelayotganlar miqdoridan ortiq
bo‘ladi. Mazkur guruh davlatlarida “depopulyasiya” ro‘y beradi, qisqargan aholi
takror barpo bo‘lishiga olib keladi. Bularga, Yevropa, Boltiqbo‘yi davlatlari,
Shimoliy Amerikadagi ma’lum bir davlatlarni, Yaponiya, Gruziya, Armaniston,
Rossiyani kiritish mumkin.
129
Jamiyat taraqqiyoti davomida aholi takror baro bo‘lish turlari muntazam
o‘zgarib kelgan. Hozirgi davrga (XXI asr boshi) kelib, mutaxassislar tomonidan
aholi takror barpo bo‘lishini asosan 2 turi mavjudligi ta’kidlanmoqda.
1 tur-aholi takror barpo bo‘lishining qisqargan turi. Bu turdagi avlodlar
almashinuvi jarayonida aholi soni ko‘paymaydi, chunki, tug‘ilganlarga nisbatan
o‘lganlar soni yuqori bo‘ladi.
2 tur- aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan turi, bunda aksincha
tug‘ilganlar soni o‘lganlar sonidan yuqori bo‘ladi va natijada, keyingi avlod
vakillarining soni oldingi avlod vakillari sonidan ko‘p bo‘ladi. Bunday holda aholi
muntazam ko‘payib boravyeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |