Qishloq xo'jaligi yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi
yoki erdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib
ketgan) taqdirda, yer solig'i yerning sifatida yomonlashuviga qadar belgi
langan stavkalar bo'yicha undiriladi.
Shahar va shahar kuryoonlarining m a’muriy chegaralarida joylashgan
qishloq xo'jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig'i qishloq xo'jaligi
yerlariga belgilangan stavkalaming ikki baravari miqdorida undiriladi.
Jismoniy shaxslar yer solig'i bo'yicha imtiyozga egaligi yoki ega
emasligidan qat’i nazar, maydoni davlat hokimiyati organlari tomonidan
ajratilganidan ko'p bo'lgan yer uchastkalari uchun yer solig'ining 1.5
oshuvchi koeffitsiyenti bilan to'laydilar.
Yer uchastkasining joylashishiga qarab
qishloq joylari uchun yer
solig'i stavkasiga quyidagi koeffitsiyentlar qo'llaniladi:
- Toshkent shaxri atrofida 20 km radiusda - 1,3;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari 15 km radiusda 1,2;
- Tum anlar markazidan 10 km radiusda - 1,15;
- Boshqa shaharlar 5 km radiusda - 1,10.
Agar yerlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat
hokimiyati organlarining qaroriga muvofiq ijaraga olingan bo'ladi, jismoniy
shaxslar yer solig'i o'm iga ijara xaqi to'laydilar
Ijara haqi taraflaming kelushuvi asosida belgilanadi, lekin bu haq
qonun hujjatlarida belgilangan yer solig'ining bir stavkasidan kam va uch
stavkasidan ko'p bulmasligi, yerlardan qishloq xo'jalik
ehtiyojlari uchun
foydalanganda esa - bir stavka miqdorida bo'lishi lozim. Dehqon xo'ja-
liklaridan undiriladigan yer solig'ini hisoblab chiqarish chogida yer solig'i
stavkalariga yer sifatiga bog'liq holda quyidagi koeffitsiyentlar qo'llaniladi:
- tuproq boniteti 40 ballgacha bo'ladi - 0,75;
- tuproq boniteti 41 balldan 70 balgacha bo'ladi - 1,0;
- tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo'ladi - 1,25;
- jismoniy shaxslarga tadbirkorlik maqsadida foydalanilayotgan yerlar
uchun soliq stavkasi yuridik shaxslarga belgilangan stavkada qo'llaniladi.
Yer solig'idan imtiyozlar ikki guruhga bo'linadi:
1. Jismoniy shaxslaming soliq solinmaydigan yer uchastkalari;
2. Yer solig'i to'lashdan to'liq ozod etilgan jismoniy shaxslar.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagilar kiradi:
1. Yakka tartibda uy - joy qurish va shaxsiy yordamchi xo'jalik
yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan m e’yorlar doirasida berilgan
yerlar, yer berilgan paytdan boshlab ikki yil muddatga.
2. Yangi o'zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatni yaxshilash
ishlari olib borilayotgan sug'oriladigan yerlar-loyihada nazarda tutilgan
mtiddatga lekin ishlar, boshlangandan e’tiboran besh yilgacha.
3. Yangi tut ko'chati o'tkazilgan yer uchastkalari qator oralaridan
qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishdan q a t’iy
nazar uch yil
muddatga. Shu m unosabat bilan bahorda o'tkazilgan tut ko'chatlari
egallagan yerlar soliq tulashdan uch yilga ozod etiladi, bunga ko'chat
120
o'tkazilgan yil ham kiradi. K o'zda o'tkazilgan ko‘chatlar o ‘tkazilgan yildan
keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to'lashdan ozod etiladi. Soliq
kodeksining 101-moddasida soliqdan ozod etilgan boshqa yerlar bor.
Ammo ular jismoniy shaxsga tegishli ekanligi aytilmagan.
Agaryerlar o 'z o 'm id a foydalanilmasa imtiyoz yo'qoladi. Yer ko
deksining 55-moddasiga ko'ra qishloq xo'jaligi kooperativ a ’zolariga,
muassasalar va tashkilotlar xodimlariga, shu tashkilotlar yerlaridan dehqon
xo'jaligi yuritish uchun sug'oriladigan yerlardan 0,35 ga. gacha, lalmikor
yerlardan 0,5 gacha, yaylovlardan 1 ga. gacha m e’yorlarda yer ajratib be
riladi. Bu faqat qishloq joylarida yashovchi dehqon xo'jaliklariga beriladi.
Yer kodeksining 27-moddasiga binoan shahar va ko'rg'onlarda
yashovchilarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,06 ga yer ajratilib
beriladi.
Yer solig'idan to'liq ozod etiladigan jismoniy
shaxslarga quyidagilar
kiradi:
1. Yaylov chorvachiligining cho'ponlari, yilgiboqarlari, mexanizator-
lari, vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari.
2. «O'zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat
Qahramoni unvonlariga sazovor bo'lganlar, uchala darajali Shuhrat ordeni
bilan taqdirlanganlar, 941-1945-yilaridagi urush
nogironlari va qatnash-
chilari.
3. Xizmatni Afg'oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib
borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo'lgan qo'shinlam ing cheklan-
gan kontingenti tarkibida o'tgan harbiy xizmatchilar ham da o'quv va sinov
yig'inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar.
4. Haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmat-
chilam ing oilalari - xizmat muddatiga.
5. I va II guruh nogironlari.
6 . Yolg'iz pensionerlar; ularga bir o'zi yoki voyaga yetmagan bolalari
yoki nogiron bola bilan birga alohida uy,
kvartira yoki yotokxonada
yashaydigan pensionerlar kiradi.
7. Boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar; bularga ota- onadan biri
yoki ikkalasi vafot etgan va oilada 16 yoshga yetmagan besh nafar va
undan ko'p bolalari bo'lgan oilalar kiradi.
8. Konsentratsion lagerlaming sobiq yosh tutqinlari, Chemobil AES
dagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar;
9. Ko'chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari
bo'yicha - yer uchastkalari berilgan vaqtdan e’tiboran besh yilgacha.
10. Ilgari shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar.
Ushbu imtiyozlar yakka tartibda uy joy ko'rish
va shaxsiy yordamchi
xo'jalik yuritish uchun qonun huijatlarida nazarda tutilgan m e’yorlar
doirasida yer uchastkalari berilgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq
etiladi. M e’yordan ortiqcha yer maydonlariga ega bo'lganlar shu qismidan
yer solig'ini 1,5 oshuvchi koeffitsiyent bilan to'laydlar. Imtiyoz huquqi yer
solig'ini to'lashdan ozod etilgan shaxslar yashaydigan va birgalikda xo'jalik
yuritadigan butun oilaga tatbiq etiladi.
121