Ключевые слова: искусство пения, перформанс, хафиз, искусство хафизов, газелей и былин,
голос, память, дыхание, произношение, музыка.
The article discusses the development of national classical singing traditions as the basis of traditional
Uzbek singing, the most skillful and knowledgeable level of singing today, the art of singing, the art of
memorization as an example of traditional singing. It is argued that as a comprehensive and complex step, it
requires representatives to meet a number of “Security Requirements”.
Key words: the art of singing, performance, hafiz, the art of hafiz, ghazals and epics, voice, memory,
breath, pronunciation, music.
Kirish.
Musiqa sanʼati insoniyatning maʼnaviy boyligi, boy dunyoqarashi va kelajak kamolotini
belgilovchi mezonlardan biri sifatida ardoqlanib kelinadi. Unda har bir xalqning milliy anʼanalari, urf-odatlari,
marosim va qadriyatlari munosib oʻrin olgan. Milliy mumtoz ashulachilik anʼanalari oʻzbek anʼanaviy
xonandalik sanʼatining asosi boʻlib rivojlandi.
Asosiy qism.
Xonandalik sanʼati musiqa talqinida birinchi omil hamda juda qamrovi keng boʻlgan,
uslublarga boy, turli yoʻnalishlarda shakllanib rivojlanib kelganligi bilan ahamiyatlidir. Unda soʻz bor, musiqa
bor, muloqot bor, ruhiyat bor va shu kabi qator omillar borki, ijodiyotda ular befarq qolmasligi kerak. Zero,
mukammal aytimlarda, yaʼni mumtoz xonandalikda talqinning har bir tarmog’i raso, sof, zabardast, mahoratli
va salohiyatli boʻlmog’i kerakdir.
Xalqimiz hayotida mavjud anʼanalarning avloddan-avlodga oʻtishi koʻproq bir umumiy jarayon (jonli
jarayon), yaʼni ijro talqini (ijrochilik) bilan xarakterlanadi. Yaratilgan har bir sanʼat namunasining anʼana
tizimida shakllanishi, uning umr davomatida “ijrochilik” omili muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Musiqa
sanʼati namunalarining talqini ovoz vositasi, cholg’u talqini, raqs harakatlari, imo-ishora kabi bir qator
ijrochilik turlaridan iboratdir. Bevosita talqin jarayoni ham ijrochi namoyandalar tomonidan yakka, juft,
guruhiy yoki ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ovoz vositasi asosida talqin etuvchi namoyandalarni
xalqimiz orasida ijro dasturlariga binoan qoʻshiqchi, laparchi, termachi, navokash, navoog’oz, mutrib,
mug’anniy, xonanda, ashulachi, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, g’azalxon, qissaxon, maddoh, zokir, talqinchi,
masnaviyxon, savtxon, nasrchi va hofiz kabi nomlar bilan atab kelishgan.
Bizning davrga kelib, xonandalikning eng mahoratli va bilimli darajasini, “hofizlik sanʼati” deb yuritish
odat boʻldi. Hofizlik sanʼati anʼanaviy xonandalikning ibratli namunasi sifatida amaliyotda qoʻllanila
boshlandi. Eng nufuzli anʼanaviy xonanda namoyandalariga esa “Xalq hofizi” faxriy unvoni berish taʼsis etildi.
Xonandalik sanʼatining eng yuqori darajasi sifatida va bizning musiqa ijrochilik amaliyotimizda
mumtoz va bilimli xonandalar “hofiz” atamasi bilan yuritilar ekan, biz bu iboraning tarixiy va nazariy
tomonlari bilan yaqindan tanishishni lozim deb hisoblaymiz. Zero, har qanday xonandalikda ham mumtozlik
xususiyat kasb etishi muqarrar. Shu bilan birga, xonandalik yoʻnalishlarini “anʼanaviy hofizlik sanʼati”ning
ichki xususiyat va sifatlari boyitadi va ularning zabardastlik sifatlar kasb etishlarida oʻz taʼsirini
koʻrsatadi.“Hofiz” - arabcha “hifz” (ﺣﻔﺰ) soʻzidan olingan boʻlib, aslida “asrovchi”, “yodda saqlovchi”
maʼnolarini anglatadi. Shu bois boʻlsa kerak, oʻtmishda ijro talqini bilan bog’liq kasb egalari hamda amallarida
hifz, yaʼni esda saqlash muhim hisoblangan va talqin etish jihatlarini oʻzida mujassam etganlari bu nom bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |