2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
86 
beradi. Chunki dars texnologiyasi - ta’lim berish didaktikasiga va uning prinsiplariga amal qilish bilan 
oʻz mazmun-mohiyatini koʻrsata oladi. Shundagina u oʻquvchiga dars materialining 
oson, qisga, asosli, qiziqarli 
yetkazilishi bilan, dars texnologiyasi samaradorligi ortadi va uning oldindan belgilangan maqsadlarining 
kafolatlari ta’minlanadi. Chunki dars materialini oʻquvchilarga oson, qisqa, asosli yetkazilishining asosiy 
ilmiy-pedagogik qonun-qoidalarini oʻqitish didaktikasi va uning prinsiplari ta’minlaydi.
Didaktik dars materialini belgilangan vaqt ichida (45 minut) oʻquvchilarga ma’lum didaktik qonun-
qoidalar asosida yetkazishni ta’minlay oladigan yagona dialektik yoʻldir.
Shuning uchun oʻqituvchi didaktik jarayonni va uning qonun-qoidalarini, prinsiplarini juda mukaminal 
holda bilishi zarurki, busiz pedagogik texnologiyani tushunib, undan samarali foydalanib boʻlmaydi. 
Bu masalada N. Sayidahmedov oʻz ustozi V.P. Bespalko bilan boʻlgan bir munozarani keltiradi. Bu 
suhbat bizning fikrimizga ham ancha aniqlik kiritadi. Chunki bu munozarada akademik V.P. Bespalko 
didaktik jarayonning oʻqitish jarayoni bilan bog‘liqligi va ular oʻrtasidagi farqni koʻrsatib beradi. 
Suhbatda “Oʻqitish jarayoni bilan didaktik jarayon oʻrtasidagi farq nimadan iborat?” mazmunidagi 
savolga akademik Vladimir Pavlovich Bespalko shunday javob beradi: “Oʻqitish jarayoni “Klassik qoida”ga 
boʻysunadi. Ya’ni oʻqituvchi sinf (auditoriya)ga kirib, dars mavzusini e’lon qiladiyu, darhol uning 
mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir dars (ma’ruza)ni boshlashdan oldin 
oʻquvchi (talaba)lar diqqatini dars materialiga jalb qila oladigan faoliyat bosqichi motivatsiyani vujudga 
keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivatsiya bosqichi oʻquv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi”. 
Haqiqatan ham dars jarayoni yoki dars texnologiyasiga darsning boshlanishidan uning tugashigacha boʻlgan 
jarayon kiradi desak, oʻquv materialini qisqa, oson, asosli tushuntirib, oʻquvchilarga yetkazilishining asosiy 
vositasi va qonun-qoidasini uning didaktikasi hamda uning prinsiplari ta’minlaydi. 
Dars texnologiyasiga darsning boshlanishidan uning tugashigacha boʻlgan 45 daqiqali davriga kiradi 
desak, uning didaktikasiga esa darsdagi oʻqituvchi dars materialini oʻquvchiga qiziqarli, oson va asosli 
yetkazib berish jarayonining hammasi kiradi. Shuning uchun ham V.P. Bespalko “Motivatsiya” davrini ham 
didaktik jarayonga kiritgani mutlaq asoslidir. Chunki oʻquvchiga dars materialini yetkazish dars 
materialini bayon etishdan emas, balki oʻquvchini yangi dars materialini qabul qilishga tayyorlashdan 
boshlanadi, desak ma’qulroq boʻladi. N. Sayidahmedov oʻzining “Yangi pedagogik texnologiya” asarida 
“Motivatsiya” jarayonini asosli sharhlab bergan. Unga koʻra, oʻqituvchi oʻz darsining mazmun-mohiyatiga 
asosan, “Motivatsiya” me’yorini aniqlab, undan ijodiy foydalanishi zarur. 
Xullas, ta’lim-tarbiyaning pedagogik texnologiyasi oʻzining qurilishi va tuzilishi yoki ish faoliyati 
mazmuniga koʻra: 
1. Dars texnologiyasi. 
2. Oʻqitish texnologiyasi. 
3. Ma’lumot-bilim berish texnologiyasi koʻrinishlarida namoyon boʻladi. 
“Dars texnologiyasi” — bu 45 minutli darsning umumiy qurilishi, tuzilishi va tashkil etilishining 
umumiy-pedagogik texnologiyasida ifodalanadi. Ya’ni sinf-dars sistemasi boʻlib, u: 

yangi bilim berish darsi; 

oʻtilgan materialni mustahkamlash darsi; 

oʻquvchilar bilimini tekshirish darsi; 

takrorlash va umumlashtirish darslariga boʻlinadi. 
Aralash tipdagi darslarning har biri oʻziga xos pedagogik texnologiyasiga ega. 
1. “Oʻqitish texnologiyasi” — pedagogik texnologiyaning eng asosiy turlaridan biri boʻlib, u ma’lum 
bir oʻquv fanini oʻqitish, oʻquv materialini oʻzlashtirish yoʻlida, qoidalarni ifoda etuvchi texnologiya 
mazmunida ifodalanadi. Koʻrinib turibdiki, pedagogik texnologiyaning bu turi koʻproq ma’lum bir oʻquv 
predmetini oʻqitish didaktikasi va metodikasi jarayonida ta’riflangan holda ularni fanlar boʻyicha oʻzgartirib 
turadi. Ya’ni, avvalo, gumanitar fanlarni oʻqitish texnologiyasida, soʻngra tabiiy fanlarni oʻqitish 
texnologiyasida oʻziga xos talab, oʻzgarishlar sodir boʻladi. 
2. “Ma’lumot berish”, ya’ni bilim-malaka berish texnologiyasi - bu texnologiya oʻqituvchi va 
oʻquvchilarning ijodiy muloqoti texnologiyasini, oʻqitish didaktikasi va metodlarining umumlashgan 
faoliyatini ifoda etadi.
Ya’ni oʻquvchilarga beriladigan ma’lum sohadagi bilim-malakalarni ularga yetkazish texnologiyasi 
mazmunida aks etadi. Yuqoridagi holatlardan shu narsa koʻrindiki, maktab oʻquv fanlarining har biri oʻziga 
xos pedagogik texnologiya prinsiplariga amal qiladi. 
Xulosa
oʻrnida shuni aytish joizki, pedagogik texnologiya - ta’lim-tarbiya berishning didaktik asoslarini, 
prinsiplarini, ma’lum ma’nodagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, imkoniyatlarini birlashtirgan holda 
oldindan belgilangan maqsad, rejaning bajarilishini, shaxs sifatlarining shakllanishi va rivojlanishini kafolatlay 
oladigan pedagogik jarayon ekanligini koʻramiz. 



Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish