2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
85
Texnologiyaning ilmiy asosi - uning jamiyat va taraqqiyot jarayoni, talabiga koʻra oʻzgarib,
yangilanib, takomillashib borishidir. Uning oʻzgarib borishi va undan oʻz vaqtida, oʻz oʻrnida samarali
foydalanish asosida mamlakatning xalq xoʻjaligi, ilm- fani, san’ati, madaniyati, maorifi va ma’naviyati
yangidan-yangi mazmunda, zamon talabiga koʻra takomillashib, yangilanib boraveradi.
Bugungi kunda jamiyat, uning ishlab chiqarish jarayoni va ilm-fan, san’at va madaniyatni talab
darajasida rivojlantirish uchun uning barcha sohalari texnologiyalarini yangilash, yangi tizim
texnologiyasiga olib oʻtish birinchi vazifasi boʻlib qolmoqda. Shunga koʻra, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim-
tarbiya va ma’naviyat masalasi boʻyicha qator qarorlar, qonunlar qabul qilinib, xalq ta’limi tizimini yangi
pedagogik tizimga oʻtkazish va uni amalga oshirishda yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga kiritishni
asosiy vazifalar qatoriga olib chiqdi.
Chunki mamlakatimizning ilm-fan, ta’lim jarayoni va pedagogik texnologiyasi mutaxassis pedagog
kadrlar tayyorlashda eng muhim vazifa boʻlib qolmoqda. Buning boisi, ta’lim tizimi bugungi kunda xalq
ta’limi oldiga qoʻyilayotgan vazifalarni bajara olmayotgani, shunga koʻra, mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridanoq, mamlakatimizda xalq ta’limini yangi pedagogik tizimga oʻtkazish, uni toʻla isloh qilish va
undagi oʻqitish texnologiyalarini yangi pedagogik texnologiya bilan almashtirish vazifasi jadal kirib borilyapti.
Pedagogik texnologiya masalasi va unga ta’rif berish XX asr oʻrtalarida paydo boʻlib, juda koʻplab
pedagog olimlar tasarrufidagi muhim vazifa boʻlib, unga turlicha qarashlar, fikrlar, mulohaza va ta’riflar
berilgan. Pedagogikaning bu masalasi bilan AQSH, Angliya, Yaponiya, Polsha, Italiya, Rossiya, Vengriya
kabi mamlakatlarda pedagog olimlar jiddiy shug‘ullanib, ular pedagogik texnologiyaning turli tomonlarini,
oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganib, uning takomillashuviga oʻz hissalarini qoʻshib kelishgan.
Bugunga kelib, pedagogik texnologiyani qoʻllashga kirishayotgan mamlakatlar ortib bormoqda. Ular
oʻqitilayotgan oʻquv fanlarining har birini oʻqitishdagi an’anaviy texnologiyalarni takomillashtirish va
yangilashga astoyidil kirishmoqda. Chunki bugungi jamiyat taraqqiyoti shuni talab qilayotir. Shu boisdan
pedagogik texnologiyani mukammal holda oʻrganib chiqish, unga ta ’rif berish, uni yanada takomillashtirib,
maktab faoliyatiga tatbiq etish har bir ilg‘or, jadal rivojlanayotgan mamlakatlar maktablarida oʻqitiladigan
oʻquv fanlarining pedagog olimlari zimmasiga muhim vazifa boʻlib tushmoqda.
Ma’lumki, pedagogik texnologiyaga dunyoning koʻplab taniqli pedagoglari ta’rif berib, uning oʻziga
xos xarakteri va ilmiy-amaliy xususiyatlarini koʻrsatib oʻtishgan.
Yaponiyalik pedagog olim T. Sakomoto “Oʻqitish texnologiyasi - bu oʻqitishning maqbulligini
ta’minlovchi yoʻl-yoʻriqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar sohasi” mazmunida ta’rif bergan. Mamlakatimizning
mustaqillikka erishishi va ta’limning yangi tizimga oʻtishi munosabati bilan oʻqitish texnologiyasini yangilash
zaruriyati paydo boʻldi.
Bu, oʻz oʻrnida, jahonning ilg‘or mamlakatlarida yaxshi samara berayotgan ta’lim texnologiyalarini
oʻrganib, ulardan ijodiy foydalanishni taqozo etmoqda.
Shuning uchun pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini, tarixini, mazmun-mohiyatini oʻrganib,
ularni bugungi maktablar faoliyatida qoʻllashning yoʻl-yoʻriqlari, metodlari, didaktik tamoyillari boʻyicha
pedagogik eksperiment, tajriba, kuzatishlar oʻtkazilib, ularning natija va ilmiy xulosalari mamlakatimiz
matbuotida e’lon qilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |