Asosiy qism.
“Texnologiya” soʻzi va tushunchasi insoniyat, uning jamiyati hayotida texnik jihozlaming,
narsa va predmetlarning yuzaga kelishi hamda takomillashuvi natijasida qadimgi yunonlarda paydo boʻla
boshlagan edi. Shu boisdan bu kategoriya yunoncha “
techne”
“texnos” va
“logos” –
“logos” soʻz oʻzaklaridan
kelib chiqqan boʻlib, u “
Hunar fani”
yoki
“Texnika fani”
mazmunida talqin etiladi. Yana “texnologiya”
soʻzini yunoncha
“techne” -
san’at va mahorat fani
mazmunida ham ishlatiladi. Bu biron faoliyatni bajarish
“san’ati va mahorati” mazmunini anglatadi. “Texnologiya” tushunchasi ancha qadimdan shakllangan boʻlsada,
u XIX asrga kelib, ishlab chiqarishning maxsus toifasi sifatida (1872-yildan) qoʻllanila boshlandi.
Davrlar oʻtishi, jamiyat va ulardagi ishlab chiqarish jarayonining takomillashuvi (XIX-XX
asrlar), odamlar dunyoqarashi, hayot, turmush tarzining juda tezlik bilan oʻzgarishi natijasida
“texnologiya” tushunchasi qoʻllanish geografiyasi juda kengayib ketdi.
Jamiyatning barcha sohalarida texnik jihozlar koʻpayishi, yangilanishi (dizayn san’atining rivojlanishi)
bilan ularning hayotda, turmushda va ishlab chiqarishda qoʻllanish texnologiyasiga murojaat ham oʻz
mazmunini tobora kengaytirib boraverdi. XIX-XX asrlarga kelib yangi, mukammal, tayyor mahsulotlar olish
uchun xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari sohalarida metod, uslub, yoʻl yoʻriq, qonun-qoidalarni yaratib
beradigan fanga zarurat paydo boladi. Shunga koʻra, jamiyat va uning ishlab chiqarish hamda yaratish qonun-
qoidalarini, metod, uslublarini ishlab chiquvchi va takomillashtirib boruvchi yangi “Texnologiya” fani
vujudga keldi. Texnologiyaga - ishlab chiqarish jarayonlarini oʻrganish, ularni bajarish, boshqarish,
oʻzgartirish, yangilash boʻyicha loyihalar, konstruksiyalar, texnik qoida, talablar, grafik tasvirlar, dizaynerlik
rasmlar va boshqa standart dastur, metod, uslub, qoidalar kiradi. Texnologiya oʻzining ish mazmuni va
qoʻllanish obyektiga koʻra turlanadi. Masalan, materialshunoslik, mashinasozlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi,
fan, san’at, maorif, madaniyat kabi juda koʻplab tarmoqlar texnologiyasi mavjudki, ularni yaratish, yangilash,
takomillashtirish jarayonida qoʻllaniladi.
Texnologiya qaysi sohaga, tarmoqqa xizmat qilsa, u shu sohani oʻzgartiradi, yangilaydi, pirovard
natijada yangi, qulay, samarali mahsulot yaratiladi.
Texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi eng samarali, tejamli ishlab chiqarish faoliyatini qisqa vaqt
ichida, kam kuch va material sarflab yuqori natijaga erishish yoʻllarini, qonun-qoidalarini, metod, uslublarini
ishlab chiqishdan iborat boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |