H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
145
uchun asosiy xususiyat: 1) SiO2, Al2O3 loy qismida 2,0 yoki undan
kichik; 2) chang zarrachalari 5 % dan kam bo‘lib, birlamchi yemirilish
holatida; 3) loy zarrachalar tarkibida kaolinit minerali asosiy o‘rinni
egallaydi. Tuproq profili qalin bo‘lib, loy zarrachalari serob,
rangi qizil
yoki sariq va singdirish sig‘imi 5-10 mg.ekv/100 g ni tashkil qiladi.
Ferralit tuproqlar profili uch qismdan iborat: gumus akkumulyativ A
qatlam, juda kam bo‘lgan loy-metamorfik V
ox
qatlami o‘zgargan tog‘ jinsi
bo‘lakchalaridan tashkil topgan. Bu tuproqlardan ferrallitizatsiya
jarayonida birlamchi minerallar gidrolizga uchrashi natijasida ishqoriy
materiallar va kremniy gidrooksidlari ajralib, loy mahsulotlari –
montmorillonit minerallari hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu mineral doimo
metamorfik jarayonda ishtirok etadi.
Ferrallitizatsiya jarayoni bir necha bosqichda amalga oshirilib, oxirgi
hosil bo‘lgan montmorillonit mahsulotlari denudatsion kuchlar yordamida
yoki pastqam joylarda to‘planib, vertikal qatlamlarni hosil qiladi.
Minerallar debazatsiya va aralashma birikmalar
orqali kaolinitlarga
aylanadi. Natijada, kvars, kaolinit, gibbsit va getitga boy loyli mahsulot
shakllanadi. Ferrallitizatsiya jarayonida tuproq qoplami yaxshi yuviladigan
va amorf holatdagi yemirilgan mineral mahsuloti chiqib ketadigan joylarda
rivojlanadi. Ferromagnezial minerallarning yemirilishi tufayli temirga boy
mahsulot paydo bo‘lib, oksidlanish va qaytarilish sharoiti rivojlangan
joylarda
organik kolloidlar yordamida, ferralit tuproqlarda mahlum
geokimyoviy muhitda temir oksidlari bilan boyib, temir qatlamlar lateritlar
hosil bo‘ladi.
Laterit qatlami ingliz geologi F.Byukenen (1807) tomonidan
Hindistonning Malabar qirg‘og‘ida o‘rganilgan bo‘lib, tuproqning ichida
gidrogen usulda temir oksidiga boy, quruq holatda zarang – pishiq g‘ishtga
o‘xshagan mahsulot. Lateritlar ikki xil bo‘lib: 1) pizolit no‘xotsimon temir
birikmalarining yumaloq shakli; 2) vermikulyar
temirdan tashkil topgan
g‘ovaksimon kaolinitdan iborat bo‘lgan birikmalardan tashkil topgan.
laterit qatlamlari yer relyef iga bog‘liq bo‘lib, yuvilish jarayoni natijasida
turli shakldagi qatlamlarni hosil qiladi. Ferrallit tuproqlar doimo nam
subtropi yoki tropik yashil o‘rmonlar tagida hosil bo‘ladi. Biomassaning
miqdori 500 t/ga ni tashkil qiladi. Afsuski, barcha biofil va oziq moddalari
shu yashil biomassa tarkibida bo‘lib, tuproq tarkibiga kirmaydi va
singdirilmaydi. Shuning uchun ham ferrallitlarni
doimo unumdor deb
bo‘lmaydi. Ferrallit tuproqlar uch toifaga bo‘linadi: 1) ferrallit
tabaqalanmagan (ferrasollar YUNESKO/FAO bo‘yicha) yoki V
ox
qatlamli
tipik ferrallitlar; 2) tabaqalangan ferrallitlar (FAO bo‘yicha nitosoli) aniq
Vt, Ox, ammo noaniq oqargan ellyuvial Ye qatlamlardan tashkil topgan; 3)
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
146
kuchli tabaqalangan kvars kaolinitli (akrisol yoki ferrakrisol) Ye qatlami
aniq oqarib turgan ellyuvial qatlami mavjud tuproqlardir.
Birinchi toifadagi tuproqlar G‘arbiy Gruziya,
Amerikaning janubiy
va markaziy Florida shtatida, Afrika, Janubiy Xitoy, Okeaniya orollari,
Avstraliya va Yangi Zellandiyada tarqalgan. Gruziyada A.N.Krayanov
(1894), V.V.Dokuchayev (1899), K.D.Glinka (1906), A.I.Romashkevich
(1979) tomonidan chuqur tekshirilgan.
O‘rmonlar tagida hosil bo‘lgan ferrallit tuproqlarda gumus 10%,
uning tarkibini gumin va fulfokislotalar bilan birikkan oksidlar va
kalsiydan iborat moddalar tashkil qiladi. Singdirish sig‘imi
tarkibida
kalsiy, magniy kam, natriy bilan kaliyning miqdori juda kam bo‘ladi.
Bu toifadagi tuproqlar donador, g‘ovak, yumshoq bo‘lib, ulardan
sitrus ekinlarini o‘stirishda foydalaniladi.
Ferrallit tabaqalangan podzollashgan qizil va qizil-sariq tuproqlar
G‘arbiy Gruziya, Efiopiya, Zair kabi mamlakatlarda keng tarqalgan.
G‘arbiy Gruziya tuproqlari M.N.Sabashvili (1936, 1945), B.B.Polinov
tomonidan o‘rganilgan. Bu tuproqlar boshqa
tabaqalanmagan toifalaridan
profilida aniq loy-akkumulyativ Vt, Ox o‘rta qatlam mavjudligi, loyliligi,
unumdorliligi, zichligi bilan ajralib turadi.
Ferrallitli kuchli tabaqalangan tuproqlar temir moddalarining
kamligi, kislotaliligi va oqish rangi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar Afrika
va
Osiyo
qit’alarida
S.V.Zonn
(1964),
V.M.Fridland
(1964),
V.V.Dobrovolskiy tomonidan o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: