H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
149
Genetik qatlamlar yaxshi rivojlanmagan. Tog‘larda, tundra tuproqlari
eng yuqori salbiy harorat hukm surgan joylarda rivojlanadi. Tog‘larning
1000-1500 m balandligida tog‘-o‘tloqi tuproqlar tarqalgan,
profilning
tuzilishi
Aa-A-AS-S.
Elyuviy-delyuviyda hosil bo‘ladi. Tog‘ o‘tloqi-cho‘l
tuproqlarining morfologik tuzilishi Ad-
A-As-
Cr, chim qatlami 5-10 sm.
Sinov savollari:
1.
Tog‘lardagi balandlikka nisbatan tabiiy tuproqlarning paydo bo‘lish
qonuniyatlarini tushuntiring?
2.
Tog‘
tuproqlarining
turli
mintaqalarda
joylashgan
tog‘
xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
3.
Tog‘ tuproqlarining morfologik tuzilishi qanday?
4.
Tog‘ tuproqlarining fizik xossalari va kimyoviy tarkibi qanday?
5.
Tog‘ tuproqlaridagi rivojlangan jarayonlar: eroziya va unga qarshi
kurash choralarini tushuntiring?
40-bob. Tuproq eroziyasi
Tuproq eroziyasi deb, mayda qum va
chang zarrachalarining suv
bilan yuvilish va shamol yordamida olib ketilishi jarayoniga aytiladi.
Eroziya ikki turga: geologik va tuproq yuvilishiga bo‘linadi. Birinchi
xili
,
ya’ni geologik eroziya muzliklar harorati, erishi, suv oqimi, havo
haroratining o‘zgarib turishi natijasida tog‘ jinslari yemirilib, maydalanib,
yonbag‘irlar,
daryo yotqiziqlari, pillapoyalar, vodiylar hosil qiladi.
Insonlarning o‘rmonlarni qirqishi, tabiiy
va lalmikor yerlarni haydashi,
yaylov sifatida chorvachilikda o‘tloq yerlardan foydalanishi, sugorishi
natijasida tuproq eroziyasi rivojlanadi.
Dunyo bo‘yicha quruqlikdagi yerning 31% i suv eroziyasi va 34% i
shamol eroziyasiga mubtalo bo‘lishi natijasida 430 mln. ga yerdan 60 mlrd.
tonna mahsulot tuproqdan olib chiqib ketiladi.
Shu davrgacha qishloq
xo‘jaligida foydalanilgan yerdan ikki milliard gektar va 2000-yil oxiriga
borib esa yana bir milliard gektar yer eroziya natijasida ishdan chiqishi
aniqlangan
.
Tuproqning suv va shamol ta’sirida yemirilishiga eroziya deyiladi.
Eroziya sodir bo‘lgan maydonlarda suv va
shamol tuproqning unumdor
qatlamni yemirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizadi. Natijada,
tuproqning unumdorligi pasayib, bu yerga ekilgan ekinlarning hosildorligi
nihoyatda kamayib ketadi. Eroziyalanish jarayoni butun dunyoda keng
tarqalgan bo‘lib, sobiq Ittifoq territoriyasida ham ancha maydonni tashkil
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
150
etadi. Shuning uchun ham bu jarayon xalq xo‘jaligiga,
jumladan, qishloq
xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: