amal qiluvchi tizimi ishlab turganligi eng oqilona yechimlar izlashga intilishni
yuzaga keltirishga ko'maklashadi va mehnatni boshqarish samaradorligini
oshirish imkonini beradi.
Korxonada mehnatni boshqarishni tashkil
etish obyektiv va subyektiv
omillarga bog‘liq. Korxonaning miqyosi, ishlab chiqariladigan mahsulot,
texnologik jarayonning murakkabligi, ishlab chiqarishning xususiyatlari va
turi, boshqaruvchilaming malakasi va hokazolar obyektiv omillarga, rahbarlar
tomonidan mehnat muammolariga yondashilishi subyektiv omillarga kiradi.
Respublikaning aksariyat korxonalarida yaqin vaqtlargacha mehnatni
tashkil qilishni boshqarish asosan to'rt bo'limda: kadrlar bo'limi, mehnatni
tashkil qilish bo‘limi, mehnat va ish haqi bo'limi
hamda texnika xavfsizligi
va mehnat muhofazasi bo'limida jamlangan edi. Mazkur xizmatlar turlicha
tu z ila r edi. U lar b ir-b irla rid a n tu zilm asi, yuklatilgan funksiyalari,
bo‘ysunishlari va odamlar soni bilan farqlanar edi.
Yirik korxonalarda ko'rsatib o‘tilgan bo'limlar ichida byurolar, laboratoriyalar
ajratilar, shuningdek, mehnat fiziologiyasi, psixologiyasi va sotsiologiyasi bo'yicha
alohida bo'linmalar tashkil qilinar hamda sexlarda tashkilotchi-muhandislar va
me’yorlovchi muhandislar mustaqil lavozimlari kiritilar edi. O'rtacha korxonalarda
ko'pincha atigi bir mehnat va ish haqi bo'limi tashkil etilar, unga turli byurolar
(tarifli m e’yorlash byurosi, mehnatni tashkil qilish byurosi va boshqalar)
kirar yoki ularda me’yorlovchi, tashkilotchi lavozimlari kiritilar edi. FGchik
korxonalarda, odatda mehnatni boshqarish alohida
xizmatlari tashkil qilinmas,
ushbu masalalar bilan shug'ullanadigan shaxslar esa boshqa iqtisodiy yoki
texnikaviy xizmatlaming tarkibiga kiritilar edi.
Hozirgi sharoitda yirik korxonalaming mustaqil tuzilmalarga ajralishi
ro 'y berm oqda, kichik xususiy korxonalar tashkil qilinmoqda. Bunday
korxonalarda ishlash uchun keng ixtisosdagi mutaxassis tashkilotchilar tobora
tez-tez talab qilinmoqda.
Mehnatni boshqarish bilan shug'ullanuvchi xizmatlar turlicha bo'ysunuvda
bo'lishlari mumkin edi. Jumladan, kadrlar bo'limi direktoming yoki kadrlar
bo'yicha direktor o'rinbosarining bo'ysunuvida, mehnat va ish haqi bo'limi
direktor yoki iqtisodiy masalalar bo'yicha direktor o'rinbosari yoxud bosh
iqtisodchining buysunuvida edi. Ya’ni tuzilmaviy bo'linm alar m ehnatni
boshqarishga taalluqli bo'lgan o'zaro bog'liq masalalami hal
qilib borar ekanlar,
boshqaruvning turli pillapoyalaridagi shaxslaming bo'ysunuvida bo'lar edilar.
Keyingi vaqtlarda respublikada mehnatni boshqarishga yalpi yondashishni
ta ’minlash uchun xodimlami boshqarishning yangi tizimlari shakllantirila
boshlandi, ularda kadrlar, mehnat va ish haqi bo'limi, ijtimoiy rivojlanish
bo'limi xodimlami boshqarish bo'yicha direktoming o'rinbosariga bo'ysunadi.
Chet el korxonalarida ko'pincha inson resurslarini boshqarish yagona
xizmati ishlaydi va u kompaniya prezidentining o'rinbosarlaridan biriga
bo'ysunadi. Bunday xizmatning tarkibida turli bo'linmalar, masalan, ishga
230