mehnatni boshqarish nsullari deyiladi.
Mehnat jarayonlari uchta asosiy usul bilan boshqariladi:
1) boshqaruvchining boshqariluvchilarga va ular orqali boshqarilayotgan
jarayonga bevosita ko‘rsatmalar asosida ta’sir etish usuli;
2) boshqaruvchining boshqariluvchilari va ular orqali boshqarilayotgan
jarayonga bilvosita manfaatlar orqali ta ’sir etish usuli;
3) jarayon ishtirokchilarining o ‘zlari qaror qabul qilib, o‘zlari ijro
etadigan o ‘z-o‘zini boshqarish usuli.
Mehnatni boshqarish turi bilan mehnatni boshqarish usullari o‘rtasida,
tabiiyki, aloqa mavjud. Bu diktatura boshqarishning turi go*yoki faqat direktiv
usullaridan, demokratiya turi faqat bilvosita usullaridan foydalanishida va shu
kabilarda ifodalanmaydi. Boshqaruvchining har qanday turida turli usullardan
foydalaniladi. Faqat ulaming nisbati va ommaviy kombinatsiyasi boshqaruv
va hokimiyatning har xil turlarida turlicha boiadi.
Mehnatni boshqarishning direktiv usullariga misol— mehnat to‘g‘risidagi
qonunlarda aks ettirilgan har qanday taqiqlovchi normalardir. Mehnatga haq
toiashning eng kam miqdori qonun y o ii bilan ish kuni, ish haftasi, ish
yilining davomiyligini belgilash, ishdan tashqari ishlar davomiyligining
yig‘indisi, mehnat shart-sharoitlari standartlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Bilvosita usullar ishlovchiga turli variantlardan tanlash biroz tezroq yoki
biroz sekinroq ishlash, ko'proq yoki kamroq hafsala bilan ishlash, ilg'or
tajribani o'rganish yoki o ‘rganmaslik va boshqa hollarda qoilaniladi. Mehnatni
boshqarish shakllariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
— mehnatni boshqarishning davlat shakllari;
— mehnatni boshqarishning shartnoma shakllari;
— ijtimoiy m ehnat munosabatlari u yoki bu subyektining ijtimoiy
faollik shakllari.
Mehnatni boshqarishning davlat shakllari.
Davlat mehnatni boshqarish
subyekti sifatida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari
ko‘rinishida chiqadi. Bu shakllarga ko‘ra davlatning ijtimoiy mehnat sohasidagi
boshqaruvchilik ta ’siri qonunlar, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari,
hukumatning qarorlari orqali hal qilinadi. O'zbekiston Respublikasida maxsus
m ehnat sudi yo‘q b o ig a n lig i sababli m ehnatni boshqarish sohasida
konstitutsiyaviy, fuqaro, m a’muriy va jinoiy sud ishidan foydalaniladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan mamlakatda xalqaro
huquq normalari tomonidan tan olingan tamoyillami va shartnomalarini
respublikada tan olinishi va ulami huquqiy tizimining tarkibiy qismi maqomini
berishi keng amalga oshirilmoqda. SHu orqali insonning va fuqaroning ijtimoiy
mehnat sohasidagi huquq va erkinliklari eng katta huquqiy himoyaga ega boidi.
Mehnatni boshqarish qonunlar normalarini konkret muammolar va
ulaming hal etilish bosqichlari bilan muvofiqlashtirib, zarur hamda keraidi
darajada aniqlashtirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |