M a’lumki. EIHlarni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq iq
tisodiyot tam oyillarini amalga oshirishdagi ahamiyati kattadir.
Ularning faoliyat ko'rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish
va erkinlashtirish bilan bog'liqdir. U yoki bu davlatlar iqtisodiyotini
tashqi dunyoga ochiqligida EIHlarni ahamiyati EIHlar bojxona,
soliq va investitsion rejimlami o'rnatishda va shuningdek, tashqi va
ichki investitsiyalar faoliyati uchun qulaydir. EIHlar jahon xo'ja
ligida kapital migratsiyasi uchun qopqon hisoblanadi. M amlakatlar
ichidagi iqtisodiy jarayonlam i faollashtirishda
xorijiy kapitalni jalb
qilish bilan bir qatorda sanoat sohasida erkin iqtisodiy hududlar
faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida uchta muhim vazifani
ko'rishimiz mumkin:
— sanoat eksportini rag'batlantirish asosida valuta mablag'larini
jalb qilish;
— aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish;
— milliy xo'jalikni rivojlantirish maqsadida EIH larni xo'jalik
yuritish sohasidagi yangi usullarni amaliyotda qo'llash.
E IH larni tashkil qilishning eng
m uhim sabablaridan biri
shundaki, jahonning ko'pgina mamlakatlari iqtisodiyotda kapital va
shuningdek, o'ziga xos investitsiya oqimini hamma joyda to'liq
ochishni istamaydi. Shuning uchun ham EIH lar maxsus hudud
sifatida u yoki bu davlatlarning ma’lum bir rivojlangan mintaqalarida
tashkil topadi.
EIHlarning tashkil topgan va faoliyatining jahon tajribasi shuni
ko'rsatmoqdaki, jahon xo'jaligida integratsiyani
chuqurlashtirish,
xalqaro iqtisodiy aloqalarni rag'batlantirish maqsadida tuzilgan
hududlar (erkin savdo hududi, eksport ishlab chiqarilishi,
bojxona
va boshqa hududlar) jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega
bo'lmoqda (masalan, qoloq tumanlarni rivojlantirish, qoloq tu-
manlarni sanoatlashtirish, savdoni rivojlantirish va boshq).
Shuning
uchun ham erkin iqtisodiy hududlami tashkil topishini sabablari
va maqsadlari har bir mamlakatda o'zgacha bo'lib, bir-biriga mutlaqo
o'xshamasligi ham mumkin. Masalan, AQSH, Buyuk Britaniya
kabi sanoati rivojlangan m am lakatlarda E IH lar depressiyaga
uchragan hududlarda kichik va o 'rta
biznesni rivojlantirishga
qaratilgan m intaqaviy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan.
Ushbu maqsadda tadbirkorlarga (kichik va o 'rta) m am lakatning
boshqa m intaqalaridagiga nisbatan ko'proq faoliyat erkinligi va
shuningdek, sezilarli moliyaviy im tiyozlar berildi (ularni rivoj
lantirishda xorijiy kapital jalb qilishga qaratilm agan).
137
Xuddi shu maqsadda rivojlanayotgan mamlakatlarda ham EIHlar
tashkil topadi. Bu esa qoloq rivojlanmagan hududlarni dinamik
ravishda rivojlanayotgan hududlarga
aylantirish imkonini beradi
(sanoati rivojlangan davlatlardan farqli ravishda bu davlatlarda
ko'proq xorijiy kapitalni jalb qilishga harakat qilinadi).
Erkin iqtisodiy hududlarning tashkiliy, huquqiy tizimi turli-
tumandir. Ayrim hollarda u yoki bu YelHni aniq tasnifi murakkab.
Rossiyalik mutaxassislar xo'jalik ixtisoslashuvini
hududda faoliyat
ko‘rsatayotgan asosiy firmalaming ixtisoslashuvi bo'yicha klassifi-
katsiyasini ishlab chiqishgan (chizmaga qarang). YelHlar klassifikat-
siyasidagi markaziy o ‘rin va qayta ishlash hududlarga berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: