Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISIНИНГ INNOVATSION



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISIНИНГ INNOVATSION 
PEDAGOGIK FAOLIYATI MAZMUNI 
Masharipova Umida Abduvoxidovna, 
Toshkent davlat pedagogika universiteti 
dotsenti, PhD 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada hozirgi paytda eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyatining mazmini bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar: 
ta’lim texnologiyasi, innovatsion faoliyat, pedagogik professionalizm, innovatsion 
salohiyat. 
Ta’lim tizimidagi islohotlar hamda qadriyatlarning o‘zgarishi pedagogik jarayonlarga innovatsion 
yondashuv va texnologiyalarni faol joriy etishni taqozo etmoqda. Respublikamizda oliy ta’lim tizimi 
rivojlanishining hozirgi bosqichi ta’lim mazmuni va metodikasiga, uning samaradorligini oshirishga sifat 
jihatdan yangi talablar qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini 
oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
siyosatini davom ettirish”
1
muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Pedagogik kadrlarni innovatsion 
pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga 
innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish mazkur jarayonning samaradorligini oshishiga xizmat qiladi. 
O‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy sharti ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis 
kadrlarning bilim darajasi, ilmiy dunyoqarashining shakllanganligi hamda kasbiga xos ko‘nikma va 
malakalarni tarkib topganligi bilan ham belgilanadi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ta’lim 
insonning umumiy madaniyati va kasbiy tayyorgarligi darajasiga emas, balki uning shaxsiy kamolotga
erishishiga ham bog‘liq bo‘lgan muhim sohadir. O‘quvchi shaxsini o‘qitish, tarbiyalash va rivojlan- 
tirishda ma’lum qoliplarni, stereotiplarni rad etish bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion pedagogik faoliyat 
mavjud standartlar doirasidan tashqariga chiqadi, o‘qituvchi faoliyatining shaxsiy-ijodiy, individual 
yo‘nalishini, ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi yangi pedagogik texnologiyalar uchun yangi me’yorlarni 
yuzaga keltiradi. Unda o‘qituvchi o‘zini ijtimoiy innovatsiyalar tashuvchisi sifatida chuqurroq namoyon 
etadi. 
Innovatsion faoliyatni ta’minlash bir qator muammolarni o‘rganishni, shu jumladan innovatsion 
faoliyatni kengaytirish zaruriyatini belgilab beruvchi ijtimoiy-madaniy va ma’naviy omillarni va uni 
amalga oshirishga qodir o‘qituvchi shaxsining yangi ijtimoiy turini tadqiq etishni o‘z ichiga oladi; shu 
munosabat bilan pedagogik professionalizm rivojlanishining xususiyatlari va ommaviy amaliyotda uning 
innovatsion salohiyatini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, ilmiy yangiliklarni ommaviy amaliyotga 
o‘tkazish bo‘yicha metodologik tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Innovatsion faoliyat – amalda 
mavjud bo‘lgan va endigina paydo bo‘lgan amaliyot normalarining to‘qnashuvi yoki an’anaviy 
talablarning yangi umidlarga mos kelmasligi natijasida yuzaga keladigan murakkab muammoni hal 
qilishga qaratilgan faoliyat. Bu holda innovatsiya o‘zini oqlaydi, qolaversa, zarur sanaladi. Ushbu 
faoliyatning innovatsion tajribasidan boshqalar ham foydalanish imkoniga ega bo‘lgach, innovatsion 
tajriba e’tirof etilib, uning madaniy rasmiylashtirilishi va uzatish mexanizmlari vujudga keladi. 
Innovatsion faoliyat to‘laqonli rivojlanish jarayonida unga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan faoliyat turlarini 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida»gi Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. –T.: 2017. – B.39. 


51 
tizimini taqozo etadi, ular jamuljamlikda chinakam innovatsiyalar paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Ta’lim 
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyatining mazmuni jiddiy farqlarga 
ega. 
Birinchidan, yo‘nalishlarni ishlab chiqish faoliyati ancha murakkab, chunki uning texnologik 
asoslari jadal rivojlanmoqda. Bu o‘qituvchidan maxsus mahorat, o‘qitish usullarini rivojlantirishni talab 
qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari asosan o‘quvchi va mutaxassislar tomonidan 
tayyorlanayotgan o‘quv materiallari sifatiga qo‘shimcha talablar qo‘yadi, bu esa ushbu materiallar sifatini 
nazorat qilishni kuchaytiradi. 
Ikkinchidan, zamonaviy pedagogik jarayonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, an’anaviy 
o‘qitishdan farqli o‘laroq, o‘qituvchi markaziy figura bo‘lmay, yangi axborot texnologiyalaridan 
foydalanganda og‘irlik markazi asta-sekin rivojlangan o‘quv muhitida muayyan yo‘nalishlarni tanlab, 
o‘quv jarayonini faol ravishda shakllantirayotgan o‘quvchiga beriladi. O‘qituvchining muhim vazifasi 
o‘quvchini o‘z faoliyatida qo‘llab-quvvatlash, uning behisob ma’lumotlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, 
yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda yordam berish, keng va turli xil ma’lumotlarni 
o‘zlashtirishga yordam berishdir. Shuning uchun, dunyo ta’lim hamjamiyatida yangi atama qo‘llanilib, 
o‘qituvchilar – facilitator – fasiliteytor – (hissa qo‘shadigan, o‘qitadigan, o‘rganishga yordam beradigan) 
ushbu funksiyaning muhimligini ta’kidlagan. 
Uchinchidan, o‘quv materialini taqdim etish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotni o‘z 
ichiga olgan holda, sinfda o‘qituvchilarning butun sinf bilan umumlashtirilgan mulohazasi ustun bo‘lgan 
zamonaviy o‘qitishda emas, balki ular o‘rtasidagi faolroq va intensiv o‘zaro munosabatlarni talab qiladi, 
o‘qituvchining alohida o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlashuvi esa anchayin zaif. Zamonaviy axborot 
texnologiyalari bunday o‘zaro munosabatlashuvni ancha faollashtiradi, ammo bu o‘qituvchidan maxsus 
qo‘shimcha sa’y-harakatlarni talab qiladi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyatiga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: yangi tasavvurlar va g‘oyalarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati, eng muhimi 
– ularni amaliy shaklda loyihalashtirish va modellashtirish; shaxsning bag‘rikenglik, moslashuvchanlik va 
xilma-xil fikrlashga asoslangan g‘oyalardan farqli ravishda yangiliklarga ochiqligi; madaniy va estetik 
rivojlanganligi va ilmliligi; o‘z faoliyatini takomillashtirishga tayyorlik, ushbu tayyorlikni ta’minlaydigan 
ichki vositalar va usullar mavjudligi; pedagoglarning o‘quv jarayoniga innovatsiyalar kiritilganda yuzaga 
keladigan psixologik to‘siqlarni yengib o‘tish qobiliyati; rivojlangan innovatsion ong (an’anaviy, 
innovatsion ehtiyojlar bilan taqqoslaganda innovatsion faoliyatning ahamiyati, innovatsion xatti- 
harakatlar motivatsiyasi). 
O‘qituvchining innovatsion xulq-atvorining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan madaniyatning ma’lum 
darajada rivojlanishiga, ijtimoiy va pedagogik muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish qobiliyatiga 
bog‘liq. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion madaniyatini shakllantirish jarayoni bir 
necha bosqichlardan iborat bo‘lib, ijodiy xulq-atvor namunalariga taqlid qilib, innovatsion faoliyatni 
ustalik bilan amalga oshiradi. Bunday taqlid qobiliyatining mavjudligi pedagogik faoliyatga kirishni 
osonlashtiradi, uning rivojlanish darajasini oshiradi, samaradorlikni va o‘ziga xoslikni belgilaydi. 
Shunday qilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyati nafaqat kasbiy 
kompetentlikning axborot tarkibiy qismini kengaytirishga, balki o‘qituvchining ta’lim pozitsiyasini 
o‘zgartirishga, balki o‘zini rivojlantirishni rag‘batlantirishga ham qaratilgan bo‘lib, bu innovatsion 
madaniyatni shakllantirishda juda muhim sanaladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish