Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


DARSDA QUSHLAR OBRAZINI YORITISHDA INTERFAOL USULLARNING



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

DARSDA QUSHLAR OBRAZINI YORITISHDA INTERFAOL USULLARNING 
AHAMIYATI 
Hayitov Hamza Ahmadovich, 
BuxDUPI dotsenti 
Temirova Muqaddas Azamatovna, 
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
 
Annotatsiya: 
Bu maqolada mumtoz adabiyotimizdagi qushlar obrazining innovatsion usullar 
orqali o‘quvchilarga o‘rgatish haqida so‘z yuritiladi. Bunda an’anaviylik va novatorlik metodidan 
foydalanildi. 
Tayanch so‘zlar: 
Hudhud, Qarg‘a, Lisotit tayr, Sharq, Avesto, Kalila va Dimna, Qur’oni Karim, 
Devonu lug‘otit turk, rivoyat, majoz, simvol, talqin. 


58 
Har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri qalb qo‘ri, 
butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoyi kasb egalaridir. Biz 
fikrimizni davlatimiz rahbarining yuqoridagi izohlari bilan boshladik, zero hozirgi zamon o‘qituvchisi 
chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lmog‘i davrimizning muhim talabidir. Ta’lim va tarbiyada yangicha islo- 
hotlar va ta’lim sifatini oshirish istiqbollari bugungi kun pedagoglari uchun asosiy qo‘yilgan shartlardan 
biri hisoblanadi. 
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida, mumtoz adabiyot va hozirgi zamon she’riyatida qushlar obrazi 
muhim o‘rniga ega. Biz qushlar simvolikasini nafaqat xalq og‘zaki ijodi namunalarida, balki o‘zbek 
adabiyoti tarixiga mansub bo‘lgan nodir asarlarda juda ko‘p uchratamiz. Ushbu asarlarning ham ildizlari 
xalq og‘zaki ijodi namunalari kabi bitta daryodan suv ichgandek. Fikrimizni asoslash maqsadida quyida 
dalillarni keltirishga harakat qilamiz. Avvalo mumtoz adabiyotda qushlarning majoziy tasviri haqida fikr
yuritar ekanmiz Shayx Fariduddin Attorning “Mantiqut tayr” va Hazrat Alisher Navoiyning 1498-yilda 
yozilgan “Lisonut tayr” asarlari darhol shuurimizda namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Anqo, 
Humo kabi afsonaviy va tovus kabi ming xil ranglarni o‘zida mujassam qilgan chiroyli qush yoxud 
bulbuldek xushovoz qushlar bo‘la turib, nega Fariddin Attor va Hazrat Alisher Navoiy qushlarga rahbar 
qilib Hudhudni tanladi!? Hudhud hayot mantiqiga ko‘ra qishloq yerlarida baland uchmaydigan qush 
bo‘lib, odatda xilvat joylarda inson ko‘zlaridan uzoqda, ko‘p holda binolarning ostki qismida yashaydi. 
So‘zlashuv uslubida uni “popshak” deb aytishadi.Biz ushbu tanlovning asosini muqaddas manbadan 
izlab ko‘rdik: “Sulaymon payg‘ambarlik va ilmda Dovudga voris bo‘ldi va aytdi: ey odamlar bizga 
qushlarning tili bildirildi hamda payg‘ambar va podshohlarga beriladigan barcha narsalardan berildi. 
Albatta bu ochiq fazlu marhamatning o‘zidir. Sulaymonning amri bilan uning ins, jin va qushlardan 
bo‘lgan lashkarlari to‘planib, tizilgan hollarda turdilar. U qushlarni ko‘zdan kechirib ularning orasida 
hudhudga ko‘zi tushmagach nega men hudhudni ko‘rmayapman, balki u mendan beizn g‘oyib 
bo‘lguvchilardandir!? Albatta men uni qattiq azob bilan azoblarman yo so‘yib yuborurman yoki u menga 
o‘z uzurini bayon qilib ochiq hujjat keltirur dedi. So‘ng uzoqqa qolmay hudhud kelib dedi. Men sen ogoh 
bo‘lmagan narsadan ogoh bo‘ldim va senga Yaman mamlakatidagi Saba’ shahridan aniq bir xabar 
keltirdim. Darhaqiqat men bir ayolni ko‘rdim. U Saba’ shahri aholisining malikasi ekan. Unga barcha 
narsadan ato etilgan bo‘lib, uning katta taxti ham bordir. Sulaymon alayhissalom zamonlarida miloddan 
ilgari taxminan X asrda Yaman mamlakatining Saba’ shahrida Bilqiys ismli ayol hukmronlik qilgan. [11] 
Mana shu ilohiy asosdan so‘ng Hazrat Alisher Navoiyning “Lisonut tayr” asarlaridagi hudhud 
obrazining aynan ta’rifini keltiramiz. “Hudhud (popushak) – aql nuridan bahramand va rahbarliq jig‘asi 
birla sarbaland qush. Uning zoti sharafli va izzati yuksak bo‘lib, boshini to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi toj 
bezaydi. U arsh oldida parvoz qiladi va Jabroil kabi unga ham yuzlab sirlar ayon bo‘lur.[12] 
Demak, Sharq adabiyotining o‘ziga xos ohanrabosi, sinoati, sehri shundan iboratki, undagi har bir 
tasvir, badiiy talqin o‘zining mustahkam va baqquvat ildiziga ega. Mana shu ilohiy kalomdagi iqtibosdan 
so‘ng Hazrat Alisher Navoiy nega shuncha mashhur, xalq og‘zida yuksak ta’riflarini topgan qushlar 
turganida hudhudni tanlaganini anglay boshlaymiz. Xalq og‘zaki ijodida Sharq hikoyat va rivoyatlarida 
Hind xalqining mashhur eposi Kalila va Dimnada, 1310-yilda musulmonlikni qabul qilgan hurmatli 
mo‘g‘ul begi Nosiriddin To‘qbug‘aning iltimosiga asosan yozilgan “Qissasi Rabg‘uziy” asarida Ibrohim 
Alayhissalom bilan bog‘liq voqealarda, 1366-yilda shomlik xattot Abu Bakr Damashqiyning say harakati 
bilan mukammal nusxasi tiklangan, hozirgi kunda Turkiya davlatining Istanbul shahrida joylashgan 
“Millat kutubxonasi”da saqlanayotgan “Devoni lug‘otit turk” kitobida ham, uch ming yil muqaddam 
Xorazm vohasi hududida yaritilgan Zardushtiylikning muqaddas kitobi ma’naviy obida “Avesto”ga 
“Varagi” nomi bilan kiritilgan qarg‘a ham o‘zining ma’naviy ildiziga ega. Bu qushni badiiy talqin qilish 
Qur’oni Karimdagi “Moida” surasi oyatlariga borib taqaladi. Buyuk bobokalonimiz va donishmand 
xalqimiz har bir badiiy tasvirda estetik mohiyatni, ma’naviy sarchashmani saqlab qolgan. 
Yuqoridagi iqtiboslardan ma’lum bo‘ladiki, xalq og‘zaki ijodida, mumtoz adabiyot namunalarida, 
hatto XX asr she’riyatida qushlar timsollari, majoziy tasvirlari ularga murojaatlar juda ko‘p uchraydi. 
Bularning asosida, negizida, albatta, ilohiy manba yotadi. Saba’ surasi 14-oyati karimasida aytilgan 
sharhda ham qushlarning o‘ziga xos estetik bahosi mavjud: “Alloh taolo Dovud alayhis-salomga shunday 
xush ovoz bergan ekanki u kishi Zaburni tilovat qilganliklarida osmonda uchib ketayotgan qushlar tek 
qotar va chor atrofdagi tog‘-u toshlar bilan birga u zotga jo‘r ovoz bo‘lib tilovat qilishar ekan. Millatimiz 
adabiyotida qushlar simvolikasini badiiy talqinini an’anaviylik va novatorlik aspektida o‘rganish bugungi 
davr fanining mas’ul vazifasidir. 
Biz qushlar obrazini talqin qilganimiz kabi izohlash ta’lim va tarbiya tizimida quyidagi ma’naviy 
manfaatlarga asos bo‘ladi. 


59 
1.
Beshta muhim tashabbusdan biri bo‘lgan kitobxonlik nuqtayi nazaridan ijobiy siljish paydo 
bo‘ladi. 
2.
Tarix, zoologiya, tarbiya va ma’naviyat darslari bilan uzviy bog‘liqlik ta’minlanadi. 
3.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari va badiiy merosimizga nisbatan o‘quvchilarda o‘zgacha ehtirom 
ruhi shakllanadi; 
4.
Matn va lug‘atlar bilan ishlash tartibi va ulardan unumli foydalanish tajribasi ortadi. 
5.
O‘quvchilar tasavvurida ilmiy axborot bazasi kengayadi. 
6. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish