Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Jamilova Bashorat Sattorovna



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Jamilova Bashorat Sattorovna, 
BuxDU professori 
N. A. Nishonova, 
BuxDUPI 1-kurs magistranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada innovatsiya va integratsiya tushunchalari, innovatsion metodlardan 
foydalanishning samaradorligi, fanlararo integratsiyaning ahamiyati. Bundan tashqari badiiy matn 
tahlilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion metodlardan tavsiyalar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: 
innovatsiya, integratsiya, metod, interfaol, badiiy matn. 
Bugungi kunga qadar an’anaviy ta’lim sistemasida o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga 
o‘rgatib kelingan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib noan’anaviy dars usullaridan foydalanish o‘quvchilarda 
mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbus ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirishga katta imkoniyat 
yaratadi. 
Endilikda fan texnika va innovatsion texnalogiyalarning rivojlanishi natijasida o‘quv-tarbiya 
jarayonida inerfaol uslublar(innovatsion pedagogik va axbarot texnalogiyalari) dan foydalanib darslarni 
samarali tashkil etishga bo‘lgan qiziqish ortib boryapti. Shu o‘rinda innovatsiya atamasi nima ekanligiga 
izoh keltirsak Innovatsiya(inglizcha innovation)-yangilik yaratish, yangilanish, nimanidir o‘zgartirish 
demakdir. 
Innovatsion pedagogik texnalogiyalar ta’lim tizimi, pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va 
o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritishni anglatib, bu jarayonni amalga oshirishda asosan 
interfaol uslublardan foydalaniladi. 
Interfaol ((Inter)-bu o‘zaro, (act) harakat qilmoq)-o‘zaro harakat qilish (yoki kim bilandir suhbatda 
muloqotda bo‘lish)ni anglatadi. Shunday ekan interfaol ta’limning mohiyati-o‘quvchilarni bir-birlaridan 
o‘rganishlariga yo‘naltirilgan ta’lim turi desak ham bo‘ladi. 
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim maqsadi o‘quv jarayonini samarali va sifatli 
tashkil etishdir. O‘qitishning yangi usul va metodlarini yaratish va qo‘llash o‘quv jarayonini samarali va 
sifatli tashkil etilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham innovatsion usul va metodlardan foydalanish, 
ta’lim samaradorligini oshirishda tinimsiz izlanish, o‘z ustida ishlash bugungi kunning ehtiyoji desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshirishda “Venn diagrammasi”, “Key stady”, “Aqliy 
hujum”, “BBB”, “Sinkveyn”, “Muzyorar” kabi interfaol metodlardan keng foydalanilmoqda. 
Bu kabi interfaol usul va metodlarni amaliyotda qo‘llashdan asosiy maqsad ta’lim sifatini 
oshirishga qaratiladi. Zero muxtaram Prezidentimiz o‘qituvchi va murabbiylar kunida so‘zlagan nutqida 
keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy ta’lim tizimini zarurati 
paydo bo‘ldi. 
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish maqsadida ilg‘or milliy 
va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari,o‘qitish 
metodikasi va ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilanib, bosqichma-boshqich 
amalga oshirilmoqda. 
Yangi milliy o‘quv dasturiga ko‘ra fanlar soni va o‘quv yuklamalari optimallashtirilib, o‘quvchilar 
qiziqishiga ko‘ra fanlarni tanlab o‘qish imkonini beruvchi variativ dasturlar asosida hayotga va kasbiy 
faoliyatga tayyorlash imkoni yaratildi. Milliy o‘quv dasturi asosida fanlar chiziqli emas, spiralsimon 
tarzda o‘qitiladi.Ya’ni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan 
murakkabga tomon yo‘naltirilgan tarzda kiritiladi. Bu o‘z navbatida fanlararo aloqadorlikni ya’ni 
integratsion bog‘liqlikni keltirib chiqaradi. Fanlararo aloqadorlik ta’minlangan sharoitda o‘quvchining 
egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari , 


53 
qiziqishlari, aqliy intelektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. “Integratsiya” so‘zi, lotincha integratio- 
tiklash, to‘ldirish “integer” butun so‘zidan kelib chiqqan. Boshlang‘ich sinflardagi yangi 1-2 sinf ona tili 
va o‘qish savodxonligi, matematika darsliklari mavzu va topshiriqlar ham asosan integratsiyalashuv 
asosida tuzulgan.Chet el ta’limi tajribasida asosiy e’tibor o‘quvchilarga boshlang‘ich ta’limda o‘quv 
predmeti asosida bilim berishgina emas balki, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. 
O‘qish darslariga qo‘yilgan zamonviy talablar o‘qituvchidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga 
jalb qilish, badiiy adabiyotni sa’atning bir turi sifatida qarashga, asarlarning badiiy mazmunini 
tushunishga e’tibor qaratishni talab etadi. 
Bugungi kunda o‘qish darslarida badiiy matnni tahlil qilish asosan izohli o‘qitish metodi asosida 
olib boriladi. 
1.
Izohli o‘qish asosan hayot bilan bog‘iq holda tashkil etiladi. 
2.
O‘qishning ongli va ta’sirchan bo‘lishi uchun o‘quvchilarning hayotiy tajriba va taassurotlariga 
asoslanish. 
3.
O‘qishni ko‘rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga sayohatlar uyushtirish, hayvonot 
olami va o‘simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish va o‘quvchini 
ifodali o‘qishi tarzida olib borish kabi tamoyillar asosida olib borilsa, izohli o‘qish to‘liq muvofaqqiyatli 
bo‘ladi. Ushbu metodga XX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D.Usheniskiy asos solgan, u o‘qishda 
o‘quvchilarni “ongli, tushunib, o‘ylab o‘qishiga” alohida ta’kidlaydi va uni «izohli o‘qish» deb nomlaydi. 
Badiiy asarni izohli o‘qishga yaqin bo‘lgan metodlardan biri ijodiy o‘qishdir. Atoqli metodis olim 
N.I.
Kudryashev quyidagi ish usullarini kiritdi. 
a)
o‘qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o‘qishi hamda o‘quvchilarning asarni tog‘ri va imkon 
qadar yanada chuqurroq emostional idrok etishlarini ta’minlash maqsadida ko‘zda tutuvchi so‘z. 
b)
o‘qilgan asaran o‘quvchilarning bevosita olgan tassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega 
bo‘lgan va ularning diqqatini matnning muhim g‘oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo‘naltiradigan 
suhbat uyushtirish yoki o‘qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy ,axloqiy, ijtimoiy -siyosiy muammoning 
qo‘yilishi. 
d)o‘qituvchining asar o‘qilganidan keyin o‘quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida to‘yingan 
badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko‘zda tutuvchi so‘zi [1]. 
Ko‘rinadiki, ijodiy o‘qish izohli o‘qishdan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan -to‘g‘ri matn mohiyatini 
ochishga ijodiiy yondashishni talab etadi. 
Ushbu metodlardan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiya 
usullaridan “Dumaloq stol metod”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Aqliy hujum”, “Disskussiya” [2] kabi 
usullardan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Avvalo darsda qanday usullarni qo‘llash o‘qituvchi 
tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi lozim. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish