Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1.
I.A. Karimov. “O‘zbekistonning o‘z istiqbol va taraqqiyot yo‘li”, Toshkent, “O‘zbekiston” 
nashriyoti, 1994-yil. 
2.
T.Madumarov, M.Kamoldinov , “Innovatsion pedagogic texnologiya asoslari va uni ta’lim- 
tarbiya jarayonida qo‘llash”, Toshkent, “Talqin” nashriyoti, 2012. 
3.
A.SH.Daliyev, B.J.Boltayev, “Maktabda kompyuterdan foydalanish”, Toshkent, “O‘qituvchi” 
nashriyoti, 1995. 
4.
Ruzieva 
S. 
MAKTABGACHA 
TA’LIM TASHKILOTLARIDA LUG ‘AT ISHI 
MUAMMOLARI VA ULARNI YECHISHNING INNOVATSION YO ‘LLARI //Buxoro davlat 
universitetining Pedagogika instituti jurnali. – 2021. – Т. 1. – №. 1. 
5.
Ruzieva 
S. 
MAKTABGACHA 
YOSHDAGI 
BOLALARNI 
TARBIYALASH 
VA 
RIVOJLANTIRISHDA FAOLIYATNING O ‘RNI //Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti 
jurnali. – 2021. – Т. 1. – №. 1. 
6.
Ruzieva S. MOHIR-U MEHR-U MAHORAT //Buxoro davlat universitetining Pedagogika 
instituti jurnali. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
Elektron ta’lim resurslari 
1.
http: // www.uzedu.uz
 
2.
http://www.ziyonet.uz
 
3.
http://www.lex.uz
 
XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARINING DIDAKTIK AHAMIYATI 
Amonov Ulug‘murod Sultonovich, 
BuxDUPI dotsenti 
Tohirova Risolat Rahmatullayevna, 
Buxoro shahar 35-maktabi oʻqituvchisi 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada yosh avlodni yuksak axloqli, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda 
muhim vosita boʻlib xizmat qila oladigan xalq ogʻzaki ijodi namunalarini maktabdan boshlab 
oʻquvchilarga oʻrgatish haqida fikr-mulohaza yuritilgan. 
Tayanch so‘zlar: 
doston, ertak, maqol qoʻshiq, topishmoq, afsona, rivoyat va askiya. 


394 
Xalq ogʻzaki badiiy ijodiyoti millat poetik tafakkurining oʻziga xosligini koʻrsatuvchi qadriyatlar 
tizimi boʻlishi bilan birgalikda, uning ma’naviy-ruhiy komillikka erishuvida muhim rol oʻynagan 
manbalardan biri ham hisoblanadi. Folklor asarlarida mujassamlashgan ulugʻvor gʻoyalar zamiridagi 
hayotsevarlik tuygʻusi koʻp asrlar mobaynida xalqimiz taraqqiyotining eng kuchli va oʻziga xos jihati 
boʻlib kelgan. Shuning uchun hozirgi yosh avlodni har tomonlama barkamol inson qilib voyaga 
etkazishda, yoshlar qalbida milliy tuygʻularni uygʻotishda folklor asarlarining alohida oʻrni bor. Shu 
boisdan oʻrta umumta’lim maktablari uchun tuzilgan darsliklarda folklor asarlarining oʻrni va roliga katta 
ahamiyat beriladi. 
Respublikamiz milliy istiqlolga erishganidan keyin xalq ta’limi tizimida istiqbolli islohotlar amalga 
oshirildi. Bu bilan milliy pedagogikamiz ham yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi. 
Yosh avlodning ma’naviy va madaniy kamolotini ta’minlash shu jamiyatning kelajagi 
ta’minlanganligining kafolatidir. Shuning uchun istiqlolimizning dastlabki kunlaridan boshlab ushbu 
muammoga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Avvalo, ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi oshirildi, ta’limda 
umuminsoniy va milliy-ma’naviy qadriyatlarning ustuvorlik qilishiga erishildi. Oʻquvchi-yoshlarning 
bilimdonligini va iste’dodini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. 
Ta’lim tizimidagi islohotlarning bosh gʻoyasi eng birinchi oʻrinda, milliy maktabni shakllantirishga 
qaratildi. Buning uchun “Ta’lim toʻgʻrisida” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va 
amalga joriy etildi. Ularning mazmunidan kelajagimiz vorislari boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalash 
ta’lim-tarbiyadagi islohotlarning bosh mezoni ekanini bilib olish mumkin. 
Xalqning akq-zakovati, qalb qoʻri bilan yaratilgan ogʻzaki va yozma badiiy asarlar ham yoshlarni 
tarbiyalashda muhim dasturulamal boʻla oladi. Ular vositasida tarbiya ta’sirchanligi oshadi. Ta’lim- 
tarbiya tizimimiz takomillashib, uning milliy zamini mustahkamlanadi. Agar ular zamon talablari bilan 
uygʻunlashtirilsa, samaradorligi yanada oshadi. Shuni inobatga olib, boshlangʻich sinflarning oʻqish va 
ona tili darslarida folklor asarlarini oʻqitish va oʻrgatish, ular vositasida oʻquvchilarning bogʻlanishli 
nutqini oʻstirish usuliyotini tadqiq qilish dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlashga toʻgʻri 
keladi. 
Folklor qadimiy soʻz san’ati sifatida nafaqat chuqur gʻoyaviyligi, balki yuksak badiiyligi bilan ham 
ajralib turadi. Unda voqelikni ifodalashning doston, ertak, maqol qoʻshiq, topishmoq, afsona, rivoyat va 
askiya singari xilma-xil janrlari shakllangan. 
Folklor asarlari tili – jonli soʻzlashuv tili, shu bilan birga arxaik ifodalar va dealiktizmlar ular 
uchun norma sanaladi. Bu xususiyati bilan folklor tili adabiy jihatdan sayqallangan badiiy adabiyot tilidan 
farq qiladi. Folklor tili – muttasil harakatdagi jonli soʻzlashuv tili boʻlib, hamma zamonlarda ham adabiy 
tilning boyish manbai boʻlib keldi va shunday boʻlib qoladi. 
Folklor xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, maishiy turmush tarzi, kundalik 
hayoti va ijodkorlik faoliyati bilan mahkam bogʻlangan, oʻziga xos gʻoyaviy-estetik tizimga ega ogʻzaki 
badiiy ijod sifatida yuzaga keldi va rivojlanishda davom etayotir. Oʻzbek folklori xalqimiz badiiy 
faoliyatining tarkibiy qismi, soʻz san’atining ogʻzaki turi sanaladi. U uzoq va murakkab tarixga, 
taraqqiyot bosqichlariga ega. 
Inson nutqi shakllanishi bilan ogʻzaki ijod ham yuzaga kelgan. Xalq poetik ijodining dastlabki 
bosqichi ibtidoiy inson faoliyatining turli shakllari bilan mahkam bogʻlangan boʻlib, qadimiy kishilarning 
diniy, mifologik qarashlarini, boshlangʻich ilmiy bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks 
ettirganligi bilan xarakterlanadi. 
Mustaqillik yillarida istiqlolga tashna xalqning orzusi ushaldi. Barcha sohada – ilmda, ijodda, 
mehnatda milliy hurlikka, ijodiy erkinlikka erishildi. Azaliy urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz tiklana 
boshlandi. Uning bir qismi boʻlgan xalq marosimlari, xalq ijodi namunalariga ham e’tibor kuchaytirildi. 
Ularni toʻplash, oʻrganish, ommalashtirish ishlari yanada jonlantirildi. Ularni ommalashtirishda 
nashriyotlarning, radio, televidiniening roli yanada oshirildi. Darsliklarda ham ularga keng oʻrin ajratildi. 
Hozirgi paytda folklor merosimizning bugungi hayotimiz bilan hamnafasligini namoyish etishga 
jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 
Xullas, istiqlol yillarida folklor namunalarini tashviq va targʻib etishga jiddiy e’tibor qaratildi. 
Folklor – milliy qadriyatimizning tarkibiy qismi sifatida yuksak qadr topdi. Xalqning barcha janrlardagi 
ogʻzaki ijodi durdonalari ijroda saqlanib qolmoqda. Shoʻro davrida kam e’tibor qaratilgan ayrim janrlar 
qayta tiklanmoqda. 
Istiqlol yillarida nafaqat xalq badiiy ijodiga, balki xalq ommaviy dekorativ san’ati, xalq musiqasi 
va raqsiga nisbatan ham e’tibor kuchaytirildi. Xalq ijodi bilan bogʻliq barcha sohalarga milliy 
qadriyatlarimiz sifatida keng yoʻl ochib berildi. 


395 
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari yosh avlodni yuksak axloqli, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda 
muhim vosita boʻlib xizmat qila olishini inobatga olib, maktabdan boshlab oʻquvchilarga xalq ogʻzaki 
ijodi namunalarini oʻrgatish koʻzda tutildi. 
Bugungi kunning barcha jabhalarida boʻlgani kabi ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda oʻqish va 
oʻqitish ishlarida ham yangilanish jarayoni avj olgan. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayonida 
yangi pedagogik texnologiyalarni va ilgʻor oʻqitish usullarini, ilm-fan yutuqlarini qoʻllashga e’tibor 
kundan-kunga kuchaytirilmoqda. Ayniqsa, oʻquv dasturlariga kiritilgan materiallarni yoshlarning har 
tomonlama chuqurroq oʻzlashtirib olishlariga yordam beradigan vositalarni aniqlashga ehtiyoj ortmoqda. 
Folklor shunday vositalardan biri ekanligi bilan alohida e’tiborni tortadi. 
Xalqimizning ma’naviy mulki boʻlgan folklor asarlari yoshlarni hamisha imon-e’tiqodga, insof- 
diyonatga, Ona Vatanni e’zozlash va uni koʻz qorachigʻiday saqlashga da’vat etib kelgan. 
Iqtidorli va iste’dodli ijodkorlar tomonidan yaratilib, asrlar osha kuylanib kelingan bu ma’naviy 
meros eng olijanob his-tuygʻularni, ezgu gʻoyalarni hamisha oʻz ajdodlari qalbiga jo qilib kelgani va 
kelayotgani bilan nihoyatda qadrlidir. 
Zamonaviy pedagogika pedagogik madaniyatni egallash uchun pedagogik tarixiy merosni yaxshi 
bilishi talab etadi. Asosida umuminsoniy gʻoyalar, ta’limiy-axloqiy qarashlar, farzandni har tomonlama 
kamol toptirish muammosi, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik, 
oqillik, himmatlilik va muruvvatlilik fazilatlarini insonda tarbiyalash oʻgiti, ta’lim-tarbiya tizimini 
zamonaviylashtirish, bu sohada ilgʻor mamlakatlarning tajribasidan foydalanish, til bilishning foydasi 
talqin etilgan folklor asarlari pedagogik meros sifatida tarbiya sohasida oʻz oʻrni va qimmatiga egadir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish