Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


O‘QUVCHILARNING BILUV FAOLLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN DARSDAN



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

O‘QUVCHILARNING BILUV FAOLLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN DARSDAN 
TASHQARI ISHLAR VA ULARNI TASHKIL ETISH METODIKASI 
Hayitov Hamza Ahmadovich, 
BuxDUPI dotsenti 
Temirova Muqaddas Azamatovna, 
BuxDUPI 1-bosqich magistiri 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada o‘quvchilarning biluv faolligini oshirishga qaratilgan darsdan 
tashqari ishlar va ularni tashkil etish metodikasi ilmiy jihaddan tahlil qilingan. 
Тayanch so‘zlar: 
O‘qituvchi, o‘quvchi, o‘quv-biluv faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar , xulq- 
atvor, mehnatsevarlik, mustaqillik. 
O‘rta maktab o‘quvchilari bilish faolligini oshirishga qaratilgan sinfdan tashqari tadbirlarning eng 
asosiylaridan biri-bu o‘quvchilarning mustaqil ta’limi yoki o‘z-o‘zini boshqarishini tashkil etish bo‘lib 
hisoblanadi. Albatta, o‘rta maktab o‘quvchilarida mustaqil ta’lim olish yoki o‘z-o‘zini boshqarish 
Я сегодня опять услышал, Как тяжелый якорь ползет, И я видел, как в море вышел 
Пятипалубный пароход.
РЕКОМЕНДАЦИИ
 


356 
ko‘nikmalarini shakllantirish biroz murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi. Chunki o‘rta maktab 
o‘quvchilari hali maktab sharoitiga, o‘qish faoliyatini unchalik moslashmagan bo‘lishadi. Ammo bola 
maktabga moslashishning muayyan davrini o‘tagandan keyin unda o‘quv-biluv malakalarini rivojlantirib 
borishga e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi. Chunki agar o‘quvchida o‘rta maktabdan boshlab mustaqil 
o‘quv-biluv ko‘nikmalari shakllantirilmasa, yuqori sinfda bunga erishish qiyinrog‘ kechadi. 
O‘qituvchi mustaqil tayyorgarlik davrida o‘quvchilar bilan ishlashni tabaqalashtirilgan tarzda olib 
boradi, ularni guruhlarga taqsimlaydi, ayrimlari bilan esa yakka tartibda ish olib boradi. Pedagog mustaqil 
sistemasini ishlab chiqadi, muntazam ravishda o‘qishning borishini nazorat qiladi, o‘quvchilarning kitob, 
aspoblar, qo‘llanmalar, o‘quv teleko‘rsatuvlari, qo‘shimcha adabiyotlar va boshqalar bilan ishlash malaka 
va ko‘nikmalarini muntazam shakllantirishni ta’minlaydi. 
Mustaqil mashg‘ulotlarda o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlik qilishi zarurligi bekor 
qilinmaydi, lekin u darsdagiga nisbatan boshqacha-asosan bevosita, o‘quv materiali (sxemalar, jadvallar, 
yo‘l- yo‘ruqlar, maxsus tuzilgan ma’lumotnomalar va hokazolar) ni tegishli tarzda tashkil etish orqali 
amalga oshiriladi. 
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, ishning yangi shakllariga o‘tish butun pedagoglar jamoasining kuch 
g‘ayratlarini birlashtirishni, bo‘sh xonalarni taqsimlashda, tartib va intizomga rioya etishini nazorat 
qilishda alohida aniqlikni talab etadi. 
Mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish jarayonida o‘quvchilarning zo‘riqishiga yo‘l qo‘ymaslik 
muhimdir. Shu maqsadda o‘quvchilarda o‘quv ishining oqilona usullarini, ilmiy va ijtimoiy- siyosiy 
axborot oqimida yo‘l topa olish, mustaqil tajribalar qilish va kuzatish olib borish ko‘nikmalarini 
shakllantirish zarur. 
Fanlararo aloqalar g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun: dars va darsdan tashqari o‘quv ishlari- 
mustaqil tayyorgarlikni uyg‘un birlashtirish; mustaqil tayyorgarlik davrida turli fan o‘qituvchilarining 
o‘zaro aloqasi; fan o‘qituvchisi bilan tarbiyachining hamjihatligi; тurli rejim paytlarida yagona talablarni 
amalga oshirish kabi yangi imkoniyatlar vujudga keladi va hokazo. 
O‘quvchilarning barcha fanlar yuzasidan mustaqil ishlashi faqat darsdan tashqari faoliyatdagina 
emas, shu bilan birga darsda ham boshqacha sifat kasb etadi. Dars va mustaqil tayyorgarlikning bir-biriga 
singib ketishi, o‘quv va qo‘shimcha adabiyotlardan, qomuslardan, ma’lumotnomalardan va boshqalardan 
keng foydalanish imkoniyati ob’ektiv tarzda o‘quv materialini eng ko‘p darajada o‘zlashtirishga, mustaqil 
ishni jadallashtirish hisobiga (uni birmuncha qisqartirgan holda) o‘quv vaqtidan samarali foydalanishga, 
eng muhimi talabalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, mas’uliyatni tarbiyalashga ko‘maklashadi. 
O‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo‘lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi 
mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta, bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas, chunki bunday holat tarbiyalanuvchilarning 
mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir. 
Tarbiyachining to‘la raxbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o‘quvchilar toifasida majburiy- 
ijro etish holati paydo bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar ular ko‘pincha 
tarbiyachining yordamini so‘rab murojaat qiladilar, kuchli o‘quvchilarning qo‘llab-quvvatlashidan 
faydalanishga intiladilar, agar bunday qullab-quvvatlash bo‘lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini 
ishga solmaydilar. Bunday bolalarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odatiy 
mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo‘lib qolsa, u talabaning faqat aqliy emas, shu bilan birga 
ma’naviy rivojlanashiga ham , to‘sqinlik qilishi mumkin. 
Mustaqil tayyorgarlikning nazoratsiz – ijro etish holati rasmiy ijrochilik bilan, ishtiyoq va havas 
bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o‘quvchilarda kuzatiladi. Bunda u holatning 
uzoq vaqt mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda o‘quvchilarda ishga nisbatan rasmiy 
munosabat jihatlari paydo bo‘ladi, bu esa ularning mehnatdagi tashqi faolliklarini yuqqa chiqaradi. 
Va, nihoyat, beixtiyor hosil bo‘ladigan holat ham ro‘y berishi, bunday holat “xohlasam-o‘ynayman, 
xohlasam-o‘ynamayman”; “yoqsa ishlayman, yoqmasa - ishlamayman”; “oson bo‘lsa-bajaraman, qiyin 
bo‘lsa-bajarmayman” degan so‘zlarga rioya etadigan o‘quvchilar faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bunday 
bolalar tarbiyachiga yuqorida qayt etilgan o‘quvchilar guruhiga nisbatan kam qiyinchilikiva tashvish 
keltirmaydi. Ularning mustаqil tayyorgarligidagi beixtiyor holatni boshqa holatga aylantirish ancha qiyin 
ishdir. Bu bolalarning faqat o‘z shaxsiy istaklari bo‘yicha ish bajarishga doir noxush mayllarini bartaraf 
etish uchun uzoq vaqt ter to‘kib mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan hollarning har birida o‘quvchilarni bilish jarayoniga jalb etish, ularning 
qiziqishlariga tayanish, o‘quvchilarga o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishni his etish imkonini 
berish, ularni rag‘batlantirish va albatta, o‘qishga o‘rgatish kerak. 


357 
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, tarbiyachilarning o‘zlari, ko‘pincha shaxslarning mustaqil 
tayyorgarligi, ularning ishga munosabatidagi holatning xilma-xilligini bilmaydilar. Pedagog esa ana 
shunday holatlarning namoyon bo‘lishiga tayanib, уakka tartibda yaxshiroq, yondoshishni amalga 
oshirish mumkin, mustaqil tayoyorgarlik davrida tarbiyalanuvchilarga o‘z ta’sirini muvofiqlatirishi va 
taqqoslashi, uni shaxsni shakllantirishning samarali vositasiga aylantirishi mumkin.bunda unga 
o‘quvchilarning fe’l-atvoridagi o‘zgarishlar jarayonini va o‘z tarbiyaviy faoliyatining provard natijalarini 
oldindan ko‘ra bilish, har bir o‘quvchining xususiyatlarini, uning shaxsiy sifatida mehnatga munosabatini 
yaxshi bilish yordam beradi. 
O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etganda, uning mustaqilligini pasaytiruvchi ortiqcha 
vasiylik qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Kuzatishlarning ko‘satishicha, tarbiyachilar mustaqil 
tayorgarlikning turli bosqichlari (bo‘lajak ishning borishi tushuntiriladi, uy ishi, uning mazmunini 
o‘quvchi faoliyatining tartibini to‘la tushuntirib berish hollari uchraydi va hokazo) da o‘quvchilarning 
ishida aralashib, ko‘pincha ular mutaqqilligining rivojlanishiga xalaqit beradilar, mustaqil faoliyat 
ko‘nikmalari shakllanishiga to‘sqinlik qiladilar. Mustaqil tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar mustaqilligi 
muntazam oshib borishi va yordam berish muntazam kamayib borishiga erishish muhimdir,albatta. 
Ta’lim muassasalari talabalarining mustaqilligi haqida gapirar ekanmiz, biz bu jarayonning ikki 
tomonini ifodalaydigan tushunchalardan: talabalar faoliyatida-mustaqillik darajasidan, tarbiyachi 
faoliyatida-yordam berish darajasidan foydalanamiz. Mustaqillik darajasi deganda biz o‘rta maktab 
o‘quvchilarining o‘qituvchi yordamiga bo‘lgan ehtiyojini nazarga tutamiz. Yordamga bo‘lgan ehtiyoj 
qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilarning mustaqilligi shunchalik past bo‘ladi. Bolalarga yordam 
ko‘rsatish darajasini mezoni sifatida biz o‘rta maktab o‘quvchilarining topshiriqlarning bajarish 
jarayoniga tarbiyachining aralashuvini qabul qilamiz. 
Ayni vaqtda shuni hisobga olish muhimdir, mustaqil tayorgarligi mustaqil faoliyati shakli bo‘lib, u 
o‘rta maktab o‘quvchisini o‘qishga o‘rgatar ekan to‘liq; ravishda tarbiyachining rahbarligisiz, muayyan 
darajadagi tarbiyaviy kuch-g‘ayrat o‘rta maktab o‘quvchilarning ruhiy-fiziologik kayfiyatiga 
mutanosibdir. Agar shaxslar mustaqil tayyorgarligini o‘z faoliyati zanjiridagi tabiiy bo‘g‘in sifatida qabul 
qilsalar, o‘qituvchi tomonidan ham, o‘quvchi katta kuch-g‘ayrat sarflash talab etilmaydi. Aksincha, 
mashg‘ulotga yomon tayyorgarlik ko‘rish hamma uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Har qanday 
holatda o‘qituvchi tomonidan ham, o‘quvchilar tomonidan ham ko‘p yoki oz miqdorda kuch g‘ayrat sarf 
etishni talab etadigan vaziyatlar vujudga keladi. Mustaqil tayyorgarlik davomida o‘rta maktab 
o‘quvchilari mustaqil faoliyatining u yoki bu ko‘nikmasi shakllanayotganda ham xuddi shunday 
vaziyatlar vujudga keladi. Bu vaziyatni zarur tarbiyaviy maqsadni amlga oshirishga yordam beradigan 
pedagogik jig‘atdan maqsadga muvofiq holatga aylantirish o‘qituvchining mahoratini bildiradi. 
O‘rta maktab o‘quvchilarida bilish faolligini oshirish vositalaridan biri-bu darsdan tashqari 
tarbiyaviy tadbirlar bo‘lib hisoblanadi. Muayyan o‘quv predmeti yuzasidan o‘tkaziladigan tarbiyaviy 
tadbirlar, masalan, fan bo‘yicha viktorinalar, “zakovat”, “mo‘zizalar maydoni”, “bilimdonlar bahsi” 
singari tadbirlar bolalarning u yoki bu fan bo‘yicha chuqurroq tayyorgarlik ko‘rishi, shu fanda bo‘lgan 
qiziqishni, iqtidorini namoyon etishi, muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan 
tanishib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Albatta, o‘quv predmetlari uchun faqatgna o‘quv rejasida 
ajratilgan sinf soatining o‘zi shu predmetga bo‘lgan o‘quvchining qiziquvchanlik ehtiyojini qondirish 
uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuningdek darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarda faqat ijtimoiy 
munosabatlar yoki ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarinigina shakllantirib qolmay, ularning o‘quv-biluv 
malakalarini ham shakllanib borishiga yordam beradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish