Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


MASOFAVIY O‘QITISHDA ELEKTRON O‘QUV ADABIYOTLAR



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

MASOFAVIY O‘QITISHDA ELEKTRON O‘QUV ADABIYOTLAR 
Sattarov Utkir Urazaliyevich, 
Samarqand davlat chet tillari 
Ta’lim faoliyatlarida elektron adabiyotlarni diagnostika qilish va qayta aloqa vositalari bilim 
darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bilan ishlab chiqish tahlil qilish natijadorlikni ashirish bugungi kun 
ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda axborot texnologiyalari amaliylikni 
anglatib, foydalanuvchilarga ushbu vositalar bilan faol aloqada bo‘lish imkoniyatini beradi. Interfaollik - 
bu axborotga ega kompyuter texnologiyalari vositasining ta’lim ishtirokchilarida ta’lim muloqoti uchun 
sharoitlarning mavjudligini anglatadi. 
Bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaralganda, interaktivlikni ta’minlash multimediyaning eng 
muhim afzalliklaridan biridir. Interaktivlik ma’lum chegaralar doirasida ma’lumotlarning taqdimotini 
boshqarishga imkon beradi, talabalar masofaviy ta’lim olishda natijadorlikni oshirish, shuningdek, 
elektron adabiyotlardan ma’lum foydalanuvchilarning foydalanishdagi muvaffqiyati to‘g‘risida 
dasturlarning so‘rovlariga javob berishi mumkin. Multimediya asosida dasturlashtirilgan o‘qitish 
vositalari o‘quvchilarga materialni o‘rganish tezligini va uning murakkabligi darajasini tanlashga imkon 
beradi. Bunga ta’limni individualizasiya qilish orqali ham erishiladi. 
O‘rganuvchilarni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy o‘quv multimedia resurslari materialni 
oddiy taqdim etish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning barchasi talaba bilan muloqot qilish - unga 
savollar berish, kompyuter ekranida bo‘lib o‘tadigan voqealar jarayonida ishtirok etishni taklif qilish, 
materialni o‘rganish trayektoriyasini tanlash, o‘quvchi va kompyuter o‘rtasida dialogik muhit ratish 
xususiyatlarini multimedia resursida mavjudligi odatda interaktivlik deb ataladi. 
Shuni yodda tutish kerakki, talabaning har qanday multimedia resursi bilan o‘zaro aloqasi dialog 
tushunchasida anglashilgan mohiyatga mos tushmaydi. Mavjud ta’riflardan biriga ko‘ra, dialog - bu 
ma’lum tafsilotlarda o‘zaro aloqada bo‘lgan ikki yoki undan ortiq odamning birgalikdagi sa’y-harakatlari 
bilan mavzuni, mavzusi bevosita suhbatdoshlarga tegishli bo‘lgan ikki tomonlama muloqotdir. Shu nuqtai 


359 
nazardan, talaba yoki o‘qituvchining multimediya resursi bilan aloqa qilish jarayoni, bu ko‘p jihatdan 
insonning odam bilan aloqasi bilan kesishadi. 
Talabaning multimedia resursi bilan ishlash jarayonida aqliy faoliyatning shaxsiy regulyasiyasi 
o‘zgaradi va shaxsning mudofaa mexanizmlarining roli oshadi, sub’yektiv muvaffaqiyat darajasi oshadi, 
faoliyatni boshqarish mexanizmlari qayta quriladi hamda motivasiya o‘zgaradi. Ta’lim jarayonida eng 
yangi axborot va telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish vositachiligida ta’lim jarayoni 
ishtirokchilari o‘rtasida yangi aloqa shakli vujudga kelmoqda deb taxmin qilish mumkin. Ta’lim tizimida 
qo‘llaniladigan multimedia manbalarining interaktivligi o‘quvchiga bunday vositalar bilan faol aloqada 
bo‘lish imkoniyatini beradi. 
Sifatli o‘quv multimedia resurslaridan foydalanish o‘quv axborot manbalariga O‘qishning 
ko‘rinishini ta’minlash talabi, o‘quv qo‘llanmalari, ularning maketlari yoki modellari va talabalarni 
shaxsiy kuzatuvini hisobga olish zarurligini anglatadi. Multimedia resurslaridan foydalangan holda 
aniqlikni ta’minlash talabi tubdan yangi, yuqori darajada amalga oshirilishi kerak. 
Multimedia resurslaridan foydalanganda o‘qitishning tizimli va ketma-ketligini ta’minlash talabi 
o‘qishda ma’lum bir bilim tizimi talabalarini izchil o‘zlashtirishda, talabalarning zaruriy bilimlari, zarur 
bo‘lgan talabalarning ehtiyojlarini qondirishni anglatadi. 
Maqola tadqiqoti o‘rganilgan jarayonda metodik ta’minotni amalga oshirish va masofaviy o‘quv 
jarayoniga joriy etish tamoyillari natijasida: 
a)
Tilni o‘rganishda kompetensiyalarni qo‘llash; 
b)
Talabalarning til bilish kompetensiyasi o‘sish dinamikasi; 
v) Yangi o‘quv adabiyotlaridan foydalanish va materiallarni o‘zlashtirish darajasining oshishi; 
g) Masofaviy o‘rganishning va so‘zlashuv nutqining o‘sishiga; 
Shunday qilib, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida elektron darslikning quyidagi 
ta’rifini berishga imkon berdi: 
Elektron darslik - bu yuqori ilmiy, uslubiy va texnik darajada yaratilgan, mutaxassislik bo‘yicha 
davlat ta’lim standartining talablari va asosiy didaktik birliklariga to‘liq mos keladigan, illyustrativ 
materialning yuqori dinamikasiga ega bo‘lgan, o‘quv intizomi bo‘yicha asosiy o‘quv elektron nashrdir. 
Unda asosiy material bilan bir qatorda interfaol kirish vositalari, animasiya va uning vositalari, 
shuningdek individual jarayonlar va hodisalarni amalga oshirish tamoyillari va usullarini dinamik 
ravishda namoyish etadigan video tasvirlar mavjud. U shaxsiy kompyuterlarda yoki jamoat kompyuter 
tarmoqlarida ishlatiladi va DVD-ROM, flesh card axborot tashuvchi vositalar tarqatiladi; tashqi ma’lumot 
manbalariga ochiq havolalarga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan darslik qismi, global kompyuter tarmog‘ining 
serverlaridan birida joylashgan ma’lumotlar bazasidir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish