Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


O‘QITUVCHILIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA INDIVIDUALLIKNING



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

O‘QITUVCHILIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA INDIVIDUALLIKNING 
AHAMIYATI 
Fayziyeva Marjona Aminjonovna, 
BuxDUPI 1- kurs magistranti 
Anotatsiya: 
Ushbu maqolada o‘qituvchi o‘z faoliyatini samarali tashkil etishi uchun individual 
uslub hamda individuallikning ahamiyatli jihatlari haqida so‘z boradi. 
Tayanch so‘zlar: 
Pedagogik faoliyat uslubi, individual uslub xususiyatlari, individual topshiriq, 
faoliyat uslubi. 
Bugungi kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun ilk tamal toshini qo‘yuvchi o‘qituvchi, 
murabbiylarimiz doimo bir qadam oldinda bo‘lishlari, o‘quvchilarni eng so‘nggi samarali bilim
ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishlari talab etiladi. Mana shundagina ko‘zlangan maqsadga 
erishish mumkin. Marraga erishishning o‘ziga xosligi sifatida biz har bir pedagogning individual uslub 
xususiyatiga to‘xtalamiz. 
O‘qituvchi individualligini to‘g‘ri uslubda tanlash, demokratiyaga, o‘quvchilarga pedagogik 
ta’sirning samaradorligiga, ushbu jarayon ishtirokchilarining samarali muloqotiga va har bir o‘quvchining 
individual imkoniyatlarini maksimal darajada ochib berishga yordam beradi. 
Faoliyat uslubi - bu uning mavjudligining turli sharoitlarida o‘zini namoyon qiladigan barqaror usul 
va usullar tizimi. U faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, uning subyektlarining individual psixologik 
xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Pedagogik faoliyatning individual uslubi quyidagicha namoyon bo‘ladi:
1.
Temperamentda (reaksiya vaqti va tezligi, ishning individual sur’ati, hissiy sezgirlik); 
2.
Muayyan pedagogik vaziyatlarga reaksiyalar xarakteri; 
3.
O‘qitish usullarini tanlash; 
4.
Ta’lim vositalarini tanlash; 
5.
Pedagogik muloqot uslubi; 
6.
Harakatlarga, o‘quvchilarning harakatlariga munosabat; 
7.
Xulq-atvori; 
8.
Mukofot va jazolarning ayrim turlariga ustunlik berish; 
9.
O‘quvchilarga psixologik va pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalaridan foydalanish. 
S.I. Arxangelskiy pedagogik faoliyatning individual uslubi xususiyatlarining uchta guruhini ko‘rib 
chiqadi 
1.
Ma’lumot beruvchi 
2.
Dinamik 
Pedagogik faoliyatning individual uslubida, avvalo, o‘qituvchining moyilligi hisobga olinadi. Turli 
xil xarakterga ega bo‘lgan o‘qituvchilar turli xil o‘quv va tarbiyaviy vazifalardan bir xil vazifalarni 
tanlashlari mumkin, lekin ularni turli yo‘llar bilan amalga oshiradilar. 
Individual uslubni rivojlantirish muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining kasbiy rivojlanishining 
muvaffaqiyati, uning ishidan qoniqishi, malakasining o‘sishi va faoliyatining obyektiv samaradorligini 
belgilaydi. 
Individual uslubni qarzga olish yoki takrorlash mumkin emas, u shaxs va tananing xususiyatlari
asab tizimining turi va temperamenti bilan belgilanadi. 
Pedagogik faoliyatning individual uslubini shakllantirishga o‘qituvchining boshqa shaxsni 
rivojlantirishga qaratilganligi, uning shakllanishiga yordam berish istagi yordam beradi. Ushbu sohada 
eng yaxshi yechimlarni topish istagi pedagogik mahoratni oshirish jarayonini tezlashtiradi, bu o‘z-o‘zini 
bilish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, zaif tomonlarini zararsizlantiradi, liderni kasbiy va pedagogik jihatdan 
aniqlaydi. Muhim xarakter xususiyati va individuallikning etakchi omilini aniqlashda yordam beradi. 
Pedagogning individual xususiyatlarining ahamiyatli jihatlarini darslarda tatbiq etamiz va 
individuallikni biz dars jarayoni bilan bog‘lab, individual topshiriqlarga qaratamiz. O‘zida individual 
xususiyatlarni shakllantira olgan pedagog har bir o‘quvchiga individual yondasha olgan holda agar 
individual topshiriqlar tayyorlasa, ya’ni bu topshiriqlarni tayyorlashda guruhlashi, o‘quvchilarning bilim 
darajasidan kelb chiqqan holda qilishi ham mumkin. Topshiriqlarni tayyorlashda o‘quvchilarning 
qizizqish va qobilyatlari albatta inobatga olinib, rangli, didaktik o‘yin tarzd, test, keyslar orqali tayyorlash 
lozim. 
Pedagogik mahoratni o‘rgatishda oliy asabiy faoliyat turini ma'lum bir standart yo‘nalishiga 
aylantirmaslik kerak, balki o‘qituvchining individual psixologik xususiyatlariga qarab o‘z uslubini 
shakllantirish kerak. Agar pedagog o‘ziga, har bir darsiga individual yondashadigan bo‘lsa, u holda u 
darslarda ham ma’lum bir individual topshiriqlarni qo‘llashga ham harakat qiladi. Individual topshiriqlar 


337 
bilan tashkil etilgan darslarda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor qaratish, bir vaqtning o‘zida butun sinfni 
baholash, bir vaqtning o‘zida bir xil ta’lim samaradorligiga erishish, vaqtni tejash mumkin. Bugungi 
ta’limning bosh maqsadlaridan biri ham shu, ya’ni har bir o‘quvchiga individual yondashgan holdan 
ta’limni tashkil etishdir. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har bir pedagog samarali ta’lim faoliyatini tashkil etish 
uchun o‘zida ma’lum bir individual xususiyatlarni shakllantirishi lozim bo‘ladi. Undagi bu jihatlar uning 
o‘ziga xosligini, kreativ fiklashni, yangicha va ijodiy fikrlash qobilyatini shakllantirish bilan birga
o‘quvchilarga ham xuddi shu xususiyatlarni shakllantirishi uchun xizmat qiladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish