6-mavzu.
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi.
O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo‘nalishlari, bosqichlari va хususiyatlari.
2. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
3. Pul islohotlarining o’tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
4. Soliq tizimidagi islohotlar.
Tayanch so’z va iboralar:
Bozor munosabatlariga o‘tish. Strategiya va
yo‘nalishlar. “O’zbek modeli”. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Barqaror
o‘sish sur’atlari. Ko‘p tarmoqli iqtisodiyot. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik.
Fermer xo‘jaliklari. Qulay investitsiya muhiti. Avtomobilsozlik. Bank, moliya va
soliq tizimi. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Modernizatsiya jarayonlari. Xalq
farovonligi. Ijtimoiy dasturlar. Dunyo jamoatchiligi e’tirofi.
1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo‘nalishlari, bosqichlari va хususiyatlari
.
O‘zbek xalqining demokratik jamiyat qurishdan ko‘zlagan maqsadi, shu
yurtda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’i nazar,
munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi
kabi kafolatlangan yuqori va yangi sifatdagi turmush darajasi hamda erkinliklami
ta’minlashdan iboratdir. Bunday strategik maqsadni amalga oshirishning iqtisodiy
asosi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Qadimlan ajdodlamiz
ishlab chiqargan mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyo bozorlariga chiqargani,
mol almashganliklari bozor munosabatlari o‘zbek xalqi uchun yangilik emasligini
ko‘rsatadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o‘tish
uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik
jamiyat qurishning asosiy yo‘nalishlari O’zbekiston Prezidenti I. Karimov
tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlaming yirik
mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi.
Mazkur taraqqiyot modelini ishlab chiqishda aynan Prezident tomonidan
milliy davlatchilik asoslarini qayta tiklash va yangicha asosda shakllantirish,
mamlakatni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, milliy qadriyatlar va g‘urur-iftixor
tuyg‘usini yuksaltirish, jamiyatni tubdan yangilash, zamonaviy dunyoqarashga,
yuksak ma’naviyatga ega shaxsni tarbiyalash kabi dolzarb masalalarga alohida
e’tibor qaratildi. Buning natijasida faqat iqtisodiy sohani emas, balki davlat
qurilishi, ijtimoiy va ma’naviy jabhalari qatori jamiyat hayotining barcha
sohalarini qamrab olgani bilan jahondagi boshqa milliy modellardan farq qiladigan
taraqqiyotning o‘zbek modeliga asos solindi.
Islom Karimovning mustaqillikning dastlabki yillarda nashr etilgan asarlari
va ma’ruzalaridayoq bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan ko‘zlangan maqsadni aniq
belgilab berdi. Xususan, 1992-yil 2-3-iyulda XII chaqiriq O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qilgan nutqida Prezident “Bozor
munosabatlariga o‘tish - ko‘r-ko‘rona maqsad emas, balki iqtisodni o‘nglash,
jamiyatni yangilash yo‘li. Demokratik davlat qurmoqchi ekanmiz, eng avval,
ijtimoiy adolat prinsiplariga sodiq bo‘lib qolishimiz kerak”... “Agar bozor yetim-
yesirlarning, qariyalar va kambag‘al-nochor odamlaming ko‘z yoshi evaziga
quriladigan bo‘lsa, bunaqa bozoming uyi kuysin” degan edi. Prezident tomonidan
ishlab chiqilgan “o‘zbek modeli” tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan
iborat:
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy
tazyiqlardan xoli bo‘lishi va o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i
kerak;
– davlat bosh islohotchi bo’lib, u islohotlaming ustuvor yo‘nalishlarini
belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
– bozor munosabatlariga o‘tishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan
Konstitutsiya va qonunlarga hamma amal qilishi shart;
– bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya
qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;
– bozor iqtisodiyotiga o‘tish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yo‘l
bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida o‘tmish madaniyati va qadriyatlarini
tiklash, yetim-yesir, qariya va kambag‘al, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini
himoya qilish, qoilab-quvvatlash, kishilami ruhiy va ma’naviy jihatdan yuksaltirish
kabi vazifalar bosh maqsad qilib qo‘yildi. Yurtboshining O’zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashi X sessiyasi (1992) da qilgan nutqida “Bozor iqtisodiyoti deb inson
ma’naviyatini unutish gunoh bo‘ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo
odamlarimiz ruhan qashshoq bo‘lib qolishsa - bunday jamiyatning hech kimga
keragi yo‘q”', deb qayd etgan edi.
Shu tariqa hayotga joriy etila boshlagan “0‘zbek modeli” mamlakatda
jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlarini o‘zida aks ettirdi. Jamiyat
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
– iqtisodiy siyosatda dehqonchilik, umuman, qishloq xo‘jaligi yetakchi
tarmoq hisoblanadi;
– rubl amal qiladigan sharoitda iste’mol bozorini himoya etish, davlat
mustaqilligining asosiy belgisi hisoblanadigan milliy valyutaga o‘tish;
– bozor infrastrukturasini shakllantirish, avvalo, maishiy va boshqa turdagi
xizmat ko‘rsatish hamda savdo sohasidan boshlanib, asta-sekin banklami,
birjalami, auditorlik firmalari, sug‘urta kompaniyalarini qamrab olishi;
– iqtisodni jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish ishiga jiddiy
kirishish;
– iqtisodni to‘g‘ri yo‘lga solishda ishlab chiqaruvchining iste’molchiga
nisbatan zo‘ravonligini tugatish uchun monopolizmga qarshi choralar belgilash,
erkin raqobatni vujudga keltirish uchun shart-sharoitlami yaratish.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra, ustuvor vazifalar
bosqichma- bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga
o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi:
ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni
barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu
bosqichda iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O’zbekiston Prezidenti
tomonidan belgilab berildi. Bular quyidagilar:
– o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning
qonuniy- huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
– qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
– ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Iqtisodiy islohotlami huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar
va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari
tomonidan quvvatlanib tan olindi. Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy
munosabatlaming huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun
hujjatlari qabul qilindi. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari
bo‘yicha esa Prezident huzurida maxsus idoralararo kengash tuzildi.
Prezident Oliy Kengashning X sessiyasi (1992)da qilgan ma’ruzasida
oldinda turgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning xo‘jalik ishlariga
aralashuvini kamaytirish lozimligi xususida “Yana takror aytaman: odamlarga,
xo‘jaliklarga iqtisodiy erkinlik berish kerak. Iqtisodiy erkinlik diyorimizda tezroq
qaror topsin”, - deb bozor munosabatlariga o‘tishdan ko’zlangan maqsadning
mohiyatini ochib berdi. Ushbu nutqda iqtisodiy islohotlarning butun dasturida
aytib o‘tilgan eng asosiy ustuvor vazifalar bilan bir qatorda quyidagi:
– ta’lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish;
– aqliy va ma’naviy salohiyatni mustahkamlash;
– aholini ijtimoiy himoya qilish kabi ustuvor yo‘nalishlar ham aniq-ravshan
ko‘rsatib berildi.
I.A.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo‘lida” nomli asarida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning
strategik maqsadlari, ustuvor vazifalari ishlab chiqilib, strategik maqsadlar
mohiyati ochib berildi:
1. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich
shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini,
kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlami ta’minlaydigan iqtisodiy
tizimni barpo etish.
2. Ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum
bo‘lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan
rivojlantirish negizi bo‘lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini
ta’minlash.
3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning
xo‘jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni
boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar
va rag‘batlantirish vositalaridan keng foydalanish.
4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali
foydalanishni
ta’minlaydigan
chuqur
strukturaviy
o‘zgarishlar
qilish,
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib
borish.
5. Odamlarning har biriga o‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini
mustaqil belgilash imkonini berish, kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni
shakllantirish, ularning dunyoqarashini 0‘zgartirish1 lozim edi. Shuningdek,
mazkur asarda mamlakatning bozor islohotlarini amalga oshirish dasturi to‘g‘risida
fikr yuritilib, dastur ustuvor vazifalami bosqichma-bosqich hal qilinishiga
asoslanishini alohida qayd etib o‘tildi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishdagi birinchi bosqichda ikki muhim vazifa:
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka
barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va respublikaning o‘ziga xos
sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining
negizlarini shakllantirishni hal etishga to‘g‘ri keldi. Mamlakat taraqqiyot yo‘lining
afzalliklari o‘zbek modelida har tomonlama o‘z aksini topgan quyidagi omillar:
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga o‘tish borasida jahondagi rivojlangan
mamlakatlarning O’zbekiston uchun maqbul bo‘lgan tomonlari, ilg‘or tajribalari,
usul va vositalarining samarali yo‘llari belgilanib olingani; xalqning o‘ziga xos
milliy mentaliteti, milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari, madaniy merosi to‘liq
e’tiborga olingani;mamlakatda vujudga kelgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy shart-
sharoitlar, aholining turmush darajasi hisobga olingani islohotlami amalga
oshirishda xalqning bunyodkorlik va yaratuvchanlik kuchiga tayanildi.
Shuningdek, o‘zbek modelining amaldagi muvafaqqiyatini ta’minlashda xalqning
vatanparvarlik va fidoiylik fazilatlariga ham muhim e’tibor qaratildi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. Bu davlat
monopoliyasi tugatilishiga, ma’muriy buyruqbozlik tizimining buzilishiga va bozor
iqtisodiyotiga
asos
solinishiga,
xususiy
mulkdorlar
keng
qatlamining
shakllanishiga va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qilar edi.
Mulkni xususiylashtirish va ko‘p tarmoqli iqtisodni shakllantirish 0 ‘zbekistonda
o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishdan maqsad:
1) Davlat monopoliyasini tugatib, ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham
berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish;
2) Xususiy mulkdorlikning keng qatlamini shakllantirish;
3) Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish bilan birgalikda aholining turmush tarzini yuksaltirishdan
iborat edi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida (1992-1993-yillar) “kichik
xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan maishiy xizmat va
savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va
mahsulotlami qayta ishlash korxonalarining mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular
mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng
miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa
arzon narxda xususiy mulk etib berildi. Qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat
xo‘jaliklari xususiylashtirilib, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin
qishloqda bu jarayon sekin kechdi va qiyinchiliklami bartaraf etishga to‘g ‘ri keldi.
Mamlakatda mulkdorlar sinfi kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng
rivojlantirish, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklarga qo‘yish,
qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish y o’li bilan shakllana boshladi. Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa
mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab
chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan odamlar ruhiyati va munosabatini
o‘zgarishi bo’ldi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va
tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib
borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyati qurish, korxonalar
aksiyasini chiqarish, kim oshdi savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish,
qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish
uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.
1994-yil oxirigacha 54 000 korxona mulk shaklini o‘zgartirdi. Xususan, 34
% xususiy, 48 % aksiyadorlik, 16 % jamoa, 1 % ijara xo‘jaligiga aylandi. Iqtisodiy
islohotlarning borishi, uning muvaffaqiyatlari va muammolari respublika Oliy
Majlisining IV sessiyasi (1995-yil dekabr)da va Vazirlar Mahkamasining majlisida
(1996-yil fevral), Prezident I.A.Karimovning nutqlarida keng yoritildi.
Shu bois, 1995-yil mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish
yili deb e’tirof etildi. Ikkinchi bosqichda Prezident I.A.Karimovning “O’zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” (1995-yil) asarida qo‘yilgan
masalalar, xususan, xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish
jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy
valyutani mustahkamlash, iqtisodiyot tarkibiy strukturasini tubdan o’zgartirish
chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000-yilda xususiylashtirish davlat dasturi
bo‘yicha ko‘zda tutilgan 167 obyekt o‘rniga 374 ta obyekt xususiylashtirildi.
Ularning negizida 152 ta hissadorlik jamiyati, 103 ta xususiy korxona tashkil
etildi. Shu yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14,3 milliard
so‘m mablag‘ tushdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatkichdan 1,6 barobar ko‘pdir. 2000-
yilning boshlariga kelib 87,4 foiz mulk nodavlat, 12,6 foizi davlat mulki
ko‘rinishida ish yuritmoqda edi. Respublikadagi jami 60 mingga yaqin korxonadan
50,5 mingga yaqini xususiylashtirilgan korxonalar edi. Bugungi kunda erishilgan
muvaffaqiyat va natijalarning bahosini anglab yetish, olib borilayotgan iqtisodiy
siyosatning naqadar to‘g‘ri va asosli ekanini tushunish uchun mustaqil
taraqqiyotning dastlabki pallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yana bir bor esga
olish o‘rinli bo‘lur edi. Bu haqda Prezident Islom Karimovning “O’zbekistonning
16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” risolasida batafsil bayon qilingan. Bu kitobda,
jumladan, o‘tgan asming 90-yillari boshida mamlakatda bor-yo‘g‘i o‘n-o‘n besh
kunga yetadigan bug‘doy va un zaxirasi qolgan paytlar ham bo‘lib, yurt amalda
ocharchilik ostonasiga kelib qolgani, iqtisodiyotning asosan xomashyo
tayyorlashga yo‘naltirilib, bir yoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga
tushib qolgani; hali yangi milliy valyuta joriy etilmagan sharoitda iqtisodiyotning
fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi va inflyatsiyaning keskin o‘sib ketishi; paxta
yakkahokimligining ekologik va ijtimoiy vaziyatni jar yoqasiga olib kelib
qo‘ygani; ommaviy ishsizlikning kuchayib, aholi turmush darajasining haddan
tashqari pasayib ketgani kabi holatlar zudlik bilan iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirish hamda iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatgani bayon
etilgan. Shu bois, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini tubdan o‘zgartirishga
qaratilgan tarkibiy islohotlar markaziga mamlakat aholisi farovonligini ta’minlash
va eng awalo aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
masalasi asosiy vazifa qilib qo‘yildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1990-yili O‘zbekistonga 454,8 ming tonna un,
183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabi hayotiy
zarur tovarlarni qo‘shni respublikalardan olib kelishga majbur bo‘lingan. Bunday
holat sobiq sovet davrida yuritilgan bir yoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi.
Ana shunday mahsulotlar evaziga O’zbekistonasosan paxta xomashyosini yetkazib
berishi talab qilinar edi. Bunday siyosat, hech shubhasiz, mamlakat iqtisodiy
xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar, milliy manfaatlarga
mutlaqo javob bermas edi.
Bunday o‘ta qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakat rahbari
tomonidan aholini eng avvalo oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan
ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligida davom etib kelgan paxta
yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don
mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda paxta maydonlari
umumiy ekin maydonlarining 75 foizidan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa,
keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari
tarkibini optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida 2008-yilda paxta
maydonlari deyarli 39,5 foizga qadar qisqartirildi. Natijada mamlakatda g‘alla
importiga qaramlik barham topib, tez orada g‘alla mustaqilligiga erishildi. Agar
1991 -yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini chetdan olib kelingan
bo‘lsa, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4
barobar qisqartirishiga erishildi. Keyinchalik esa g‘allachilik sohasini jadal
rivojlantirish hisobidan bu mahsulotga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘la qondirishga
muvaffaq bo‘lindi. Shu tariqa mamlakatda g‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990-
yildan 2012-yilgacha deyarli 3,5 baravardan ko‘proq o‘sdi. Mamlakatda 2000-
2011-yillarda g‘allachilik bilan birga qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida
ham tub sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Jumladan, shu davrda don ishlab chiqarish
hajmi 3929,4 ming tonnadan 7747,1 tonnaga yoki 197,1 foizga, sabzavotlar 2644,7
ming tonnadan 6218,2 tonnaga yoki 253,1 foizga, poliz mahsulotlari 451,1 ming
tonnadan 1246,8 ming tonnaga yoki 276,4 foizga, meva 790,9 ming tonnadan
1696,4 ming tonnaga yoki 214,5 foizga, chorvachilik mahsulotlaridan go‘sht ishlab
chiqarish 501,8 ming tonnadan 1461,4 tonnagayoki 291,2 foizga, sut 3632,5 ming
tonnadan 6169,0 ming tonnaga yoki 169,8 foizga va tuxum 1254,4 million
donadan 3058,8 million donaga yoki 243,8 foizga oshdi. Bu davrda mamlakatda
oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va tayyorlashdek g‘oyat muhim strategik
vazifaning muvaffaqiyatli hal etilganini umumiy hajmi 706 million dollardan ortiq
bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarining eksport qilingani ham isbotlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |