soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;
tijorat xoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;
maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari
agentliklari;
savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma
(uyushma)lari;
bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
konsalting (maslahat) kompaniyalari;
ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat
fondlari;
maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.
Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni
haridor va
sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi
operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek barcha
bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va
boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga
soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning
savdo-sotiq,
moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga
koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga
oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning
bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va
uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng dastlabki qadam bozor
munosabatlariga asoslangan iqtisodiѐtga o‘tish, ya’ni xo‘jalik yuritishning barcha
shakllari uchun teng iqtisodiy
shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkchilikni
shakllantirish va rivojlantirish hamda mulkdorlar mustaqil faoliyat yuritishi uchun
zarur tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni va institusional tuzilmalarni barpo
etish ishlari boshlangan va hozirgi damda o‘z rivojini topmoqda. Agrar sohada
bosqichma-bosqich
olib borilgan islohotlar, xususan, ana shu amalga oshirilgan
ishlar natijasida xususiy mulkchilikka asoslangan turli toifadagi xo‘jaliklar tashkil
etildi va faoliyat yurita boshladi. Ta’kidlash joizki, oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida fermer xo‘jaliklarining o‘rni tobora oshib bormoqda va ularni
rivojlantirish uctuvor vazifaga aylandi.
Shu nuqtai nazaridan respublikamizda fermer xo‘jaliklarini har tomonlama
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni davriy
statistik ma’lumotlar, fermer xo‘jaliklariga yer maydonlarini maqbullashtirish, ular
faoliyatini rag‘batlantirish va uyg‘unlashtirish, ularga xizmat ko‘rsatuvchi
infratuzilma muassasalarini tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy
hujjatlar dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Respublikamiz Birinchi Prezidenti
Islom Karimov O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisidagi
ma’ruzasida ta’kidlaganidek: “... mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki
bosqichida, ya’ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davrda ulkan o‘zgarishlarni
amalga oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik
tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining
yangi mexanizmlarini joriy
etishdan iborat”.
Do'stlaringiz bilan baham: