8.3 – rasm. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish bosqichlari.
O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy shartlarning loyihalari va
ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar standartlashtiriash texnika qumitalari
(bundan keyin – TQ) tomonidan ishlab chiqiladi. Asoslangan hollarda
texnikaviy shartlar loyihalarini vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar,
konsernlar yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, davlat,
kooperativ,
ijara,
aksionerlik
korxonalari,
qo‘shma
korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar tegishli TQlar bilan kelishib ishlab chiqadilar.
Texnikaviy shartlarning amal qilish muddatini uzaytirish, cheklash va
cheklovni bekor qilish haqidagi qaror texnikaviy shartlarni tasdiqlagan
idora tomonidan mazkur texnikaviy shartlarning amal qilish muddati
tugashidan kamida 3 oy muqaddam qabul qilinishi kerak.
Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‘rniga boshqa
me’yoriy hujjat ishlab chiqilayotganda yoki uni qo‘llanishi bundan buyon
maqsadga muvofiq bo‘lmay qolganda, yoki mahsulotni ishlab chiqarish
to‘xtatilganda bekor qilinadi. Texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora
ularni bekor qiladi.
Texnikaviy
shartlar
ishlab
chiqaruvchi
(tayyorlovchi)ning
buyurtmachi bilan kelishuviga muvofiq, yoki ishlab chiqaruvchi
(tayyorlovchi) tomonidan buyurtmachi bilan birgalikda, yoki buyurtmachi
tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlash uchun ushbu texnikaviy shartlarning 4 – bo‘limiga
muvofiq manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan texnikaviy shartlar
taqdim qilinishi kerak.
91
Texnikaviy shartlar texnika qumitasi raisi yoki ishlab chiquvchi
rahbariyati imzolagan ilova xati, texnikaviy shartlar kelishilganini
tasdiqlovchi hujjatlar, qabul komissiyasi, davlat sinovlari va boshqa sinov
bayonnomalari, texnologiya yo‘riqnomasi yoki ishlab chiqarish qoidalari
(oziq – ovqat va kimyo sanoati mahsulotlariga) bilan birga taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarni (texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni)
tasdiqlash hujjatning titul varag‘idagi «Tasdiqlayman» grifi ostiga korxona
rahbari (rahbar o‘rinbosari) qo‘yadigan imzo bilan rasmiylashtiriladi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni (texnikaviy hujjatlar
kompleksini topshirish haqida shartnomada boshqa shart qo‘yilmagan
bo‘lsa) texnikaviy shartlar asl nusxasini saqlovchi tasdiqlaydi.
Texnikaviy shartlar buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib,
amal qilish muddati ko‘pi bilan 5 yilga tasdiqlanadi. Asoslanilgan taqdirda
amal qilish muddati cheklanmaydi.
Texnikaviy shartlar «TSH (Tsh)» indeksidan, O‘zbekiston
Respublikasining qisqartirilgan nomi “O‘z”dan, texnikaviy shartlarni
tasdiqlaydigan tashkilotning shartli raqamli ifodasidan, texnikaviy shartlar
tartib raqamidan va tasdiqlanish yilining 2 oxirgi raqamlaridan iborat
bo‘ladi.
Masalan: O‘zTSH 205 – 150 – 92
Bu yerda: 205 – OKPO bo‘yicha «Mahalliy sanoat» birlashmasining
shartli raqamli ifodasi,
150 – Texnikaviy shartlar tartib raqami, 92 – Tasdiqlangan yili.
Texnikaviy shartlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnikaviy
shartlarni tasdiqlagan korxona joylashgan hudud bo‘yicha texnikaviy
shartlar davlatlararo standartlarning va O‘zbekiston Respublikasi
standartlarining majburiy talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligini
nazorat
qilish
maqsadida
hamda
texnikaviy
shartlar
xususida
markazlashgan axborot vujudga keltirish maqsadida standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston davlat markazi
(O‘zdavstandart) ga taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar O‘zstandart Agentligi
idoralarida texnikaviy hujjatlar asl nusxasini saqlovchi korxona joylashgan
hudud bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun texnikaviy shartlardan ko‘chirma unga bundan avval
kiritilgan o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi.
92
Ishlab chiquvchi korxonalar texnikaviy shartlarni (ularga doir
o‘zgartirishlarni) tasdiqlangan paytidan kechi bilan bir oy ichida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
– Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar)ning asl nusxasi, 2
– nusxasi va ko‘chirmasini;
– «A» ilovasiga muvofiq katalog varag‘ini;
– Texnikaviy shartlar (o‘zgartirishlar) kelishilganini tasdiqlovchi
hujjatlar nusxasini taqdim etadi.
Mabodo katalog varag‘i mazmuni o‘zgaradigan bo‘lsa, mahsulotning
katalog varag‘i texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar bilan taqdim
etiladi.
Texnikaviy shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uni tikilgan
holda taqdim qilinadi, muqovada mahsulot nomi va texnikaviy shartlar
belgichi ko‘rsatiladi.
O‘zstandart Agentligi idoralari texnikaviy shartlarni (ularga doir
o‘zgartirishlar) ular olingan paytdan boshlab 15 kun ichida O‘zstandart
Agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda
texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar) ko‘chirmasini ro‘yxatga
olgan idora nomi, davlat ro‘yxatiga olingan sana va tartib raqamini
ko‘rsatgan holda korxonaga qaytaradi.
Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar), mahsulotning
katalog varag‘i ro‘yxatga olgan idorada qoladi.
Texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi yoki asl nusxasini saqlovchi
korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlarni asl nusxa
varagiga o‘tkazadi.
Quyidagi mahsulotlarning texnikaviy shartlari davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilmaydi:
– tajriba namunalari (tajriba turkumlari);
– esdalik sovg‘alari va xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari
(qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bundan mustasno);
– xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarning texnologiya sanoat
chiqitlari, mustaqil ravishda yetkazib berilishi mo‘ljallanmagan yoki bitta
korxonaning bevosita buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadigan buyumlar,
yarim fabrikatlar, moddalar va ashyolarning tarkibiy qismlari;
– alohida birlik yoki arzimagan bir to‘p tarzida har zamonda ehtiyoj
to‘g‘ilganda ishlab chiqariladigan texnologik jihatdan qurollanish
vositalari (o‘lchash vositalari bilan sinash vositalari bundan mustasno).
93
Do'stlaringiz bilan baham: |