2
Tuzuvchilar
:
U.A. Maxmonov, R.E.Yusupov
Taqrizchilar:
t.f.n., dots. Eshkabilov X.K.,
Qashqadaryo SSM Davlat
korxonasi Metrologiya bo‘limi
xodimi,
mutaxassis Azizov R.Q.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan
ma’ruzalar matnlari to‘plami: – Qarshi, QarMII, 2010 y. – 116 b.
Ushbu ma‘ruzalar matnlari to‘plami 5520100 – «Issiqlik
energetikasi», 5520200 – «Elektr energetika» va 5442200 – «Neft va gaz
geologiyasi», 5542000 – «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan
foydalanish» 5541900 – «Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash» ta‘lim
yo‘nalislari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavrlar tayyorlash
bo‘yicha fanning namunaviy dasturi asosida yozilgan.
Ma‘ruzalar matnlari to‘plami Qarshi Muhandislik – iqtisodiyot
institutining uslubiy kengashi (Bayon № __, “__”____2011 y.),
Energetika fakulteti uslubiy komissiyasi (Bayon №__ , “___”____ 2011
y.) hamda «Fizika va mexanika» kafedrasi (Bayon №__, “__”_____2011
y.) tomonidan muhokama qilinib, o‘quv jarayonida foydalanish va chop
etishga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani bo‘yicha
ma’ruza matnlari to‘plamida xalq xo‘jaligining, sanoatning barcha
tarmoqlarida ishlatiladigan metrologik tushunchalar va ta’riflar, ishlab
chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan zaruriy metrologik faoliyat
turlari, o‘lchash, o‘lchash usullari va turlari, o‘lchovlar, o‘lchash vositalari,
o‘lchashdagi xatoliklar, kattaliklar, metrologik xizmat va metrologik
ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikatlashtirish,
sifat tizimlari va sifat boshqaruvi kabilar haqidagi zarur ma’lumotlar
keltirilgan. Ma’ruzlar matnlarini bayon qilishda sxematik ifodalashlardan,
yangi pedagogik texnologiya usullaridan, jumladan, “klaster” usulidan
ham foydalanishga harakat qilindi.
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fani uzoq
tarixga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy – falsafiy nuqtai nazardan
iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va
uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi fanlar turkumiga kiradi.
Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasiga oid turli
kattaliklarni
va
parametrlarni
o‘lchash usullarini, o‘lchashda
qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini va asboblarini, ularning metrologik va
texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika
yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni
nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni ham bilmog‘i zarur.
Ilmiy – texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri
kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan mukammal nazorat – o‘lchash
asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini
o‘rganish talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
bo‘yicha qoidalarni, talablarni, me’yorlarni standartlashtirish va sifatni
boshqarishdagi davlat bayonnomalarini, me’yoriy hujjatlarni bilishini
taqozo etadi. Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos
keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini
ta’minlashda, eng muhimi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini
oshirishda o‘ta muhim masalalardan biri sanaladi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |